Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Berdimuradov A.Sh
Bir hafta muddatda
|
Institutdagi barcha talabalarning holati Ishchi guruh tomonidan oʻrganib chiqildi. Oʻrganish natijalariga koʻra 81 nafar talabalar 1, 2, 3 toifaga mansub deb topildi. Mazkur 81 nafar talabalarning
2 nafari jinoyatchilikka moyil talabalar, 23 nafari yod g‘oyalar ta’siriga tushush arafasidagi talabalar, 55 nafari tartib qoidalarga rioya etmaydigan talabalarga ajratildi. Ushbu 81 nafar talabalar institut rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari, dekan oʻrinbosarlari hamda tegishli kafedra mudirlariga
5 nafardan biriktirildi.
Biriktirilgan mas’ullar tomonidan talabalarning oʻzlari hamda ota-onalari bilan individual suhbatlar olib borilmoqda.
|
Rektorlar, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlar, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlar, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar, hamda rektor maslahatchilari ikki oy muddatda:
Oliy ta’lim muassasalarida “Talabalar va vazirning ochiq muloqati” uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil qilish bo‘yicha ishchi guruhlarni tashkil etsin;
|
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Berdimuradov A.Sh
fevral-mart oylari
|
Institutda “Talabalar va vazirning ochiq muloqoti” uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil qilish bo‘yicha Ishchi guruh tashkil etilgan. Mazkur Ishchi guruh raisi etib Ilmiy va innovatsiyalar bilan ishlash bo‘yicha prorektor D.Aslanova, a’zolari etib yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Berdimurodov, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i R.Isakova, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i D.Abduraimov, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi B.Burxonov kiritilgan.
|
Talabalar o‘rtasida vazir bilan uchrashmoqchi bo‘lgan, kelajakka katta ishonch bilan qarab turgan talabalar o‘rtasida institut ichida guruh-guruh bo‘lib delegatlar saylovini o‘tkazsin. Bunda, ushbu talabalar tomonidan bugungi kunda o‘z hissasini qo‘shishga tayyor yigit-qizlarni tanlab olib (yo‘nalish bo‘yicha, yosh kategoriyasida va boshqa har bir qator e’tibordan chetda qolmasdan), ular bilan “Talabalar va vazirning ochiq muloqati” uchrashuvlari yo‘lga qo‘yilsin;
|
Institutda oʻqishi davomida yuqori natijalarga erishayotgan, aʼlochi hamda tadqiqotchilik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan 100 nafardan ortiq talabalar ichidan delegatlik uchun 20 nafari saralab olinib, ularning roʻyxati shakllantirilgan. Mazkur talabalarga institut rahbar-xodimlari, kafedra mudirlari hamda professor-oʻqituvchilar biriktirilgan.
Vazirlik tomonidan belgilangan muddatda “Vazir va talabalarning muloqot uchrashuvi”ni tashkil etishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
|
Mazkur uchrashuvda talabalarga erkinlik berilishi, ochiq muloqat bo‘lishi, savol-javoblar qilinishi, har bir talaba kamida 2 tadan taklif tayyorlab kelishi inobatga olinsin;
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri va oliy ta’lim muassasalari yoshlarining muloqot uchrashuvida ishtirok etuvchi 2 nafar delegatlar (Mirzo Ulug‘bek vorislari respublika tanlovi g‘olibi Narzullayev Jasurbek hamda yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetkchisi Burxonov Begzod) saralab olingan hamda ularning 2 tadan takliflari vazirlikka taqdim etilgan.
|
“Talabalar va vazirning ochiq muloqati” uchrashuvlari puxta tayyorlanib, Prezident uchrashuviga olib chiqish choralari ko‘rilsin.
|
Institut talabalari bilan “Talabalar va vazirning ochiq muloqoti” uchrashuvlari tashkil etilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rilgan. Uchrashuv vazirlik tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
|
|