Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instuti Moliya va moliyaviy texnika kurs ishi topshirdi Qo'nishov Doston Qabul qildi Xolboyev Umid


Download 0.72 Mb.
bet3/21
Sana12.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1767889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Qo\'nishov Doston kurs ishi

Mulk shakli bo`yicha firmalar quyidagicha guruhlanadi:

  • yakka mulk egaligi (yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo`jaliklari, fermer xo`jaliklari, xususiy firmalar);

  • hamkorlikdagi mulk egaligi (xo`jalik shirkatlari (to`liq va kommandit), mas'uliyati cheklangan va qo`shimcha mas'uliyatli jamiyatlar, qishloq xo`jaligi shirkatlari, kooperativlar boshq.);

  • korporasiya (aksiyadorlik jamiyati).

Yakka mulk egaligi o`z manfaatlari yo`lida biznesni mustaqil tashkil etish imkonini beradi. Yakka mulk egaligidagi firmalarning mulki bir kishiga tegishli bo`lib, bo`linmasdir.
Afzalliklari:

  • yakka mulk egaligiga asoslangan tadbirkorlikni tashkil etish nisbatan oson kechadi, ya'ni ularni davlat ro`yxatidan o`tkazish va hisobga qo`yish hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi yengil;

  • yakka mulk egasi o`z biznesiga o`zi xo`jayin va mustaqil xo`jalik yuritish hamda qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega;

  • olinadigan foyda bir kishiga tegishli ekanligi biznesni samarali yuritishga kuchli iqtisodiy rag`batni vujudga keltiradi.

Nuqsonlari:

  • ko`p holatlarda yakka tadbirkorning keyinchalik o`z biznesini kengaytirish va ko`proq daromad topish imkoniyatlari moliyaviy jihatdan cheklangan bo`ladi;

  • moliyaviy resurslarning cheklanganligi sababli tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalar ko`p holatlarda yakka tadbirkorlar bilan hamkorlik qilishga moyil bo`lmaydi;

  • yakka mulk egasi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish bilan bog`liq barcha vazifalarni (xodimlarni yollash va boshqarish, moddiy ta'minot, mahsulotni sotish, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini tashkil etish, mablag`larni jalb etish, buxgalteriya hisobi va hisobot shakllarini yuritish va boshq.) bir o`zi bajarishiga to`g`ri keladi va bular uning ko`p vaqtini band etadi; - yakka tadbirkorlik sub'ekti cheklanmagan moddiy javobgarlikka ega bo`ladi, ya'ni noto`lovlar vujudga kelganda kreditorlar uning shaxsiy mulkiga ham da'vo qo`zg`atishi mumkin.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling