Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instuti Moliya va moliyaviy texnika kurs ishi topshirdi Qo'nishov Doston Qabul qildi Xolboyev Umid


Download 0.72 Mb.
bet9/21
Sana12.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1767889
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Qo\'nishov Doston kurs ishi

Naflilik funksiyasi. Avstriya iqtisodchilar maktabi namoyondalari K.Menger, E.Bem-Baverk, F.Vizerlar birinchilar qatorida talab bilan narx, tovar zaxirasi va uning miqdori o`rtasidagi bog`liqlikni aniqlashga o`ringanlar. Aniqlanishicha, cheklangan resurslar sharoitida ularning hajmi narxiga ta′sir qiluvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ular ketma-ket iste′mol qilinadigan biror ne′matdan olinadigan nafning iste′molchi uchun kamayish xususiyati mavjudligi to`g`risidagi qonuniyatni aniqlashgan. Masalan, chanqagan inson bir stakan mineral suvni zo`r qoniqish bilan ichadi, ikkinchi stakan suv birinchi stakan suvga nisbatan kamroq, uchinchisi esa - ikkinchisiga nisbatan kamroq naf beradi. Bu holat toki oxirgi stakan suv beradigan naf nolga teng bo`lguncha davom etadi. Bunda umumiy naf (total utility) ortib boradi, lekin har bir keyingi stakan suvdan olinadigan qo`shimcha, ya′ni chekli naf (marjinal utility) kamayib boradi. Iste′molchi harakatini aniqroq tahlil qilish uchun naflilik funksiyasidan foydalanamiz. Naflilik funksiyasi - iste′molchining iste′mol
qiladigan ne′matlar hajmi bilan, uning ushbu ne′matlarni iste′mol qilish

natijasida oladigan naflilik darajasini ifodalaydi:
TU =
f (x1, x2 ,..., xn ), bu

yerda TU- umumiy naflilik darajasi; hajmi.
x1 , x2 ,..., xn - 1, 2, ..., n - ne′matlar

Naflilik nazariyasi ilgari surilgan davrda ko`pchilik iqtisodchilar
ne′matlar narxini shakllanishi asosida ularning nafliligi yotadi degan fikrda bo`lishgan. Unga ko`ra ne′matning iste′molchi uchun nafliligi qancha yuqori bo`lsa, narxi shuncha qimmat va aksincha nafliligi qancha past bo`lsa, narxi ham shuncha arzon bo`ladi. Ammo naflilik nazariyasi tanqidchilari XVIII asrdayoq bu g`oyaga qarshi ―suv va olmos paradoksi‖ni ilgari surishgan. Unga ko`ra, barcha uchun hayoriy zaruriyat sanalgan suv - eng maksimal, hayot kechirish uchun unchalik zarur bo`lmagan olmos esa – minimal naflilikka ega. Shunga mos suvning narxi maksimal darajada qimmat va aksincha olmosning narxi minimal darajada arzon bo`lishi kerak. Ammo amaliyotda buning aksini ko`rish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, ne′matlar narxi bilan naflilik o`rtasida bog`liqlik mavjud emas. Bu savolga to`g`ri javob keyinchalik naflilikning ikki darajasi, ya′ni umumiy va chekli naflilik farqlangan hamda narx bilan ne′matning zaxirasi o`rtasidagi bog`liqlik aniqlangandan so`ng topildi.

Hamma gap shundaki, suv zaxiralari tabiatda mo`l, olmos esa juda kam uchraydigan noyob va taqchil resurs sanaladi. Shunga mos suvning narxi arzon, olmosniki esa esa qimmat. Buni quyidagi rasmdan ham ko`rish mumkin (6.3-rasm).

P P


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling