Samarqand qishloq xo‘jalik instituti
Xalk iste’mol tovarlarini kodlash
Download 485.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Duskulov tarqatma 2021-2022-yil
3. Xalk iste’mol tovarlarini kodlash
Keyingi paytlarda xalk iste’mol tovarlarini tamgalashda shtrix - kodlashga katta e’tibor berilmokda. Xush, shtrix-kodlar nima va kachon paydo bulgan. SHtrix-kodlarni maxsulotlarga nisbatan tadbik etish goyasi ilk bor 30- yillarda AQShning Garvard biznes maktabida yaratilgan bulib, undan amalda foydalanish bir necha un yillardan sunggina, ya’ni 60- yillardan boshlangan. SHtrix kodlarni dastlabki kullovchilar temir yulchilar bulib, shu usul orkali temir yul vagonlarini identifikatsiyalashgan. Mikroprotsessor rivojlanishi 70-yillardan boshlab shtrix-kodlardan keng ravishda foydalanish imkonini yaratdi. Universal kodi (IPC) kabul kilinib, 1977 yildan boshlab esa Evropa Kodlash Tizmimi EAN (European Articli Numbering) ta’sis etildi va xozirda undan nafakat Evropada, balki boshka mintakalarda xam keng ravishda foydalanilmokda. SHtrix-kod ketma-ket almashinib yuruvchi kora (shtrix) va ok, (probel) rangli, turli kalinlikdagi chiziklardan iborat bulib, bu chiziklarning ulchamlari standartlashtirilgan. SHtrix-kodlar maxsus optik kurilmalar - skanerlar yordamida ukishga muljallangan. Uning vositasida, mikroprotsessorlar orkali shtrixlar rakamlarga dokoderlanib, maxsulot xakigi ma’lumotlar kompyuterga uzatiladi. Kupgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarda maxsulotlning uramida (upakovkasida) shtrix-kodning bulishi majburiy sanaladi. Aks xolda savdo tashkilotlari maxsulotdan voz kechishlari mumkin. Bu xalkaro savdoga xam tegishlidir. Ushbu tizimning iqtisodiy jixatdan samaradorligi maxsulotning 85 foizidan kupi kodlashtirilganda namoyon buladi. Bundan tashkari, maxsulotga nisbatan bulgan talab va extiyojlarni shakllantirish, jamlash, xisobga olish, maxsulotning kelib- ketishini xisob kilib borish, muxosiblik xisoblarida va xujjatlarni rasmiylashtirishda xamda maxsulotlarni sakdash va sotuvdagi nazoratlarni amalga oshirishda aloxida urin tutadi. 12 Asosan EAN ning ikki xil kodlashidan foydalaniladi: 13 razryadli va 8 razryadli kodlar. Bunda eng ingichka shtrix birlik sifatida olinadi. XaR bir rakam (yoki razryad) ikki shtrix va ikki probeldan iborat buladi. 13 razryadli kodning tarkibidagi quyidagilar ko‘rsatiladi: Davlat kodi (“davlat bayrog‘i”) – ikki yoki uch raqamli sonlarda. Korxona (firma)-tayyorlovchi kodi- 5 raqamli sonlarda. Mahsulot kodi- 5 raqamli sonlarda. Nazorat soni- 1 raqam bilan. EAN assotsiasi turli davlatlar uchun kodlar ishlab chiqqan bulib, ushbu kodlardan foydalanish uchun markazlashgan tarzda litsenziyalar tavsiya etadi. Masalan, Fransiya uchun davlat kodi sifatida 30-37, Italiya uchun 80-87 oraliqlari tavsiya etilgan. Ba’zi davlatlarning kodlari uch xonalari sondan iborat. Masalan, Gretsiya -520, Rossiya -460, O‘zbekiston-478. Braziliya-789. Mahsulotlarning shtrixli kodlanishi uchun ayrim davlatlarning EAN kodini quyidagi jadvalda keltiramiz. Tayyorlovchi korxonaning kodi har bir davlatda tegishli organlar tomonidan tuziladi. Odatda, bu kod beshta raqamdan iborat bo‘lib, dovlat kodidan keyin keladi. Mahsulot kodi tayyolovchi tomonidan tuziladi va u ham beshta raqamdan iborat bo‘ladi. Bu kodning rasshifrovkasi standart emas, u mahsulotga taallqli bo‘lgan muayyan xususiyatlarni yoki faqat tayyorlovchining o‘zigagina ma’lum bo‘lgan va shu mahsulotning qayd etish tartib raqamini ifodalash mumkin. Nazorat soni EAN algoritimi bo‘yicha kodni skaner vositasida to‘g‘ri o‘qilganligini tekshirish uchun xizmat qiladi. EAN-8 kodi uzun kodlarni belgilab bo‘lmaydigan kichik o‘ramlar (upakovkalar) uchun mo‘ljallangan. EAN-8 kodi quyiagi kodlar tartibidan iborat: A) davlat kodi (“davlat kodi”); B) korxona (firma)-tayyorlovchi kodi; V) nazorat soni. Ba’zan, tayyorlovchi korxona kodining o‘rniga maxslotning qayt etish tartib raqami keltirilishi ham mumkin. 1-jadval Davlat kodi Davlat nomi Davlat kodi Davlat nomi 93 Avstraliya 750 Meksika 90-91 Astriya 87 Niderlandiya 779 Argentina 64 YAngi-Zelendiya 54 Belgiya va Lyuksemburg 70 590 Norvegiya Polsha 380 Bolgariya 560 Portugaliya 13 460-469 Rossiya 789 Braziliya 00-09 AQSH va Kanada 50 Buyuk-britaniya 869 Turkiya 599 Vengriya 64 Finlyandiya 759 Venesuela 30-37 Fransiya 400-440 Germaniya 859 CHexiya 489 Gongkong 780 CHili 520 Gretsiya 73 SHvetsiya 57 Daniya 76 SHvetsariya 729 Isroil 860 YUgoslaviya 539 Irlandiya 880 Janubiy Koreya 569 Islandiya 45-49 YAponiya 80-83 Italiya 80-83 Italiya 529 Kipr 529 Kipr 690 Xitoy 690 Xitoy 850 Kuba 850 Kuba Raqamlar qatori skaner uchun emas, balki xaridorlariuchun mo‘ljallangan. Talabgor (xaridor) uchun ma’lumot faqat maxsulot tayyorlangan davlatni bildiradi, chunki davlat kodi maxsus nashrlarda va ma’lumotnomalarda keltirib turadi yoki ma’lumot bazalarda va banklarida saqlanishi mumkin. Hozirgi kunda Respublikamiz ham shtrix kodlaridan keng foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. 1999 yil O‘zdavstandart qoshida metrologiya standartlashtirish va sertifakatlashtirish sohasidagi mutaxassislarlarni tayyorlash va malaka oshirish institutida shtrix-kodlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi markaz tashkil etildi. Ushbu markazning ta’sis etilishidan maqsad-mahsulotlarni avtomatlashtirilgan tarzda identifikatsiyalash borasidagi muammolarni hal etish va bu faoliyat keng ravishda targ‘ib etishdir. Albatta, bunda xalqaro me’yoriy xujjatlarni hisobga olgan holda kodlashning standartlashtirilishi alohida ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasida shtrixli kodlashning tadbiq etilishi eng avvalo, 1996 yilning 29-aprelida qabul qilingan “Istemolchilarning xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” nomli qonunning 4-moddasida ko‘rsatilgan –iste’molchining xarid qilinayotgan mahsulot haqida zarur va ishonchli ma’lumot olish xuquini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. SHtrixli kodlash ishlab chiqarish korxonalari uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: a) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining tadbiq etilishini osonlashtiriladi; b) ishlab chiqarish, mahsulotni saqlash va realizatsiya qilish kabi faoliyatlardagi hisob-kitob ishlarining samaradorligini oshiradi; v) resurslarni chuqur tahlil qilish imkoniyatini beradi; 14 g) xujjatlar aylanishini tezlashtiradi; d) mahsulotni realizatsiya qilish va harakati haqidagi ishonchli ma’lumotlarni muntazam ravishda yig‘ishni yo‘lga qo‘yish mumkin; e) boshqaruv va nazorat organlariga tezkor ravishda mahsulot xususidagi ma’lumotlarni tavsiya etish va boshqalar. Umuman shtrixli kodlashni yanada takomillashtirish asosida xaridorlarning mahsulot haqidagi to‘la ma’lumotlarni olishiga sharoit yaratilish mumkin. Download 485.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling