Samarqand shahar 81-umumiy o’rta ta’lim maktabi 5B sinflarda o’tkazilgan Iqtidorli bolalarni aniqlash testlari.
Sizga ikkita so’z berilgan, shu ikki so’z uchun umumiy bo’lgan so’zni toping.
Masalan, «Bug’doy — arpa» bo’lsa, umumiy so’z «donli o’simliklar» bo’ladi.
1.Osiyo - Afrika —
2.Botanika — Zoologiya —
3.Feodalizm — kapitalizm —
4.Ertak — rivoyat —
5.Suyuklik - gaz —
6.Yurak- arteriya —
7.Kopengagen — Managua —
8.Atom — molekula —
9.Yog’lar - oqsillar -
10.Fan — san’at —
11.Amper — volt —
12.Kanal — to’g’on -
13.Yig’indi - ko’paytma -
14.To’fon - zilzila —
15.Klassika — reallik —
Javoblar kaliti: 1. Qit’a; 2. Biologiya; 3. Ijtimoiy tuzum; 4. Xalq og’zaki ijodi;
5. Moddaning agregat qolati; 6. Qon aylanish tizimi; 7. Poytaxt; 8. Moddaning kichik organlari; 9. Organik modda; 10. Madaniyat; 11. Elektr o’lchov birligi; 12. Sun’iy suv inshooti; 13. Matematik harakat; 14. Tabiiy ofat; 15. San’at yo’nalishi.
Javoblar izohi: har bir to’g’ri javob uchun — 1 ball.
0—5 — past;
6—10 — o’rta;
11—15 - yuqori bilimdonlik darajasiga ega.
Shaxsning til o’rganishga nisbatan qobiliyatini aniqlash
Quyidagi so’zlardan foydalanib gaplarni shu tilga tarjima qiling. Sizga 10 daqiqa vaqt.
So’zlar: U- va, Ter — ota, Term — otamnikiga, Nafe — aka,
Nate — uka, Nixa — bormoq, mehmon bo’lmoq Beg - sevmoq, yaxshi ko’rmoq Yem — mening, meniki, Ru — men, de — sen «x» — inkor ma’nosi.
Gaplar:
1.Sen otamnikiga bording.
2.Men seni sevaman.
3.Sen menikiga kelding.
4.Men otamnikiga bordim
5.Men otamni sevaman.
6.Otam ukamnikiga bordi.
7.Otam seni sevadi.
8.Men seni sevmayman
9.Otam menikiga kelmaydi.
10.Otam va men senikiga bordik.
To’g’ri javoblar:
1.De term nixa.
2.Ru de beg.
3.De yem nixa.
4.Ru term nixa.
5.Ru ter beg.
6.Ter natem nixa.
7.Ter de beg.
8.Ru de beg.
9.Ter yem nixax.
10.Ter u ru dem nixa.
Izoh: 10 daqiqa orasida qancha gap tarjima qilinsa, ball shuncha yuqori bo’ladi.
Maksimal ball — 10 ball
Do'stlaringiz bilan baham: |