Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Ganiyeva Dilorom Ashurkulovnaning


Download 1.65 Mb.
Sana15.02.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1202563
Bog'liq
Keksalarni ulug`lash 9 maktab




Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limiga
qarashli 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Ganiyeva Dilorom Ashurkulovnaning
2-“G” sinfida o`tkazilgan




U mri davomida hayotning achchigʻi-yu chuchugi, shodligi-yu tashvishlarini koʻp bora tatigan qariyalarimizning qalbi ipak tolalariday nozik boʻladi. Salgina ehtiyotsizlik bilan aytilgan bir gap bilan koʻngli ozorlanishi mumkin. Yaxshi gap bilan esa, togʻday yuksaladi.


B u nuroniylar deyarli tengdosh. Ularning yashash tarzi, dunyoqarashi, oʻy-xayollari turlicha. Yoshlik chogʻi ilm olib, turli sohalarda halol, barakali mehnat qilgan, endi qarigan chogʻida oʻz hayotlaridan mamnun, turli tashvishlardan xalos boʻlgan, yoshini yashab, oshini oshagan insonlar.
A vlodlar davomiyligi, ularning porloq ertasini taʼminlashni Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan har bir nuroniy oʻzining muqaddas burchi deb biladi. Koʻnglida shunday ezgu-niyatlarni eʼzozlagan inson, hech qachon yomonlikni oʻylamaydi, gʻarazli niyatlardan nafratlanadi. Ertangi kunning qanday boʻlishi, oʻsib kelayotgan yosh avlodning qay tarzda tarbiya topib, bilim olishiga bogʻliq.
Jadidchilik harakatining asoschilaridan biri, oʻzbek maʼrifatparvari, adib, pedagog, atoqli jamoat arbobi Abdulla Avloniyning bundan 107-yil ilgari “Sadoiy Turkiston” gazetada eʼlon qilingan maqolasida shunday satrlar bor:
“Endi vayrona sohiblarini faqir va zorlikda yashagan, bola-chaqalarini qoʻl kuchi bilan toʻydiradigan, toʻy degan yerda muqaddas Vatanini sotub, sarf qilmoqdan tortinmaydigan “hoziram huzuram” deb istiqbolini oʻylamagan va bolalarining saodatini tushunmagan bir qavmdan qanday taraqqiy va maʼrifat kutmoq kerak?”.
Oradan yuz yildan ortiq vaqt oʻtdi. Zamon oʻzgardi.
Biz farzandlarimizda bolalikdan — bogʻcha yoshidan boshlab, kitob oʻqish koʻnikmasini shakllantirishimiz kerak. Avvalo oiladagi muhit bolani tarbiyalaydi. Xalqimiz orasidagi ziyoli, oʻqimishli, oʻz Vatani, xalqini, uning farzanlarini sevuvchi har bir inson yurtimiz egasi maʼnaviyati yuksak farzandlardan tarkib topishini orzu qiladi.
— Toʻgʻrisini aytsam, men oʻz nevaralarim haqida oʻylab, ulardan quvongan onlarimda oʻzimdan emas, balki ularga odob oʻrgatib, ilm bergan oʻqituvchilardan minnatdor boʻlaman. Shuning uchun ham bu oliyjanob kasb egalari oldida hamisha bosh egaman, — deydi keksa shifokor Ergash bobo.
Nuroniylik keksalik gashtini surayotgan Rahim muallim esa, “biz, keksalar chekkada tomoshabin boʻlib turishimiz aslo mumkin emas. Yosh oʻqituvchilarga oʻzimizning koʻp yillik tajribamiz, mahoratimiz haqida maslahatlarimizni berishimiz ham qarz, ham farz. Ha, deb oʻtiravermasdan, qaddimizni tik tutib, doimo harakatda boʻlishimiz kerak”, dedi.
Keksalarda orzular bisyor. Ularning tafakkur olami keng. Fikri, aqli, qalb kechinmalari oqayotgan suvday oʻychan.
– Bugungi oʻqituvchining vazifasi faqat oʻqish yozishni oʻrgatish emas, aynan u manfaatparastlikka, maʼnaviyatsizlikka qarshi kurashishda muhim rol oʻynaydi, — deya kuyinadi keksa oʻqituvchilardan biri Olim bobo. – Agar oʻqituvchi yosh avlodda ezgulik va begʻarazlik kurtaklarini oʻstira olsa, biz tor “manfaatdorlik”ni yenggan boʻlamiz.
Dunyoparastlik emas, ilmga ishtiyoqmand boʻlgan yosh avlodni tarbiyalash, oʻqituvchilarning eng asosiy vazifasi. Oʻqituvchi maʼnaviyatsizlik zarbasini birinchi boʻlib qabul qilib oladi. Butun jamoatchilik yordamga kelsagina, oʻqituvchining ota-ona, omma orasida hurmati oshadi.
– Oʻqituvchilar hamisha jamiyatning ilgʻor aʼzolari sifatida oldinda odimlab, oʻz aql-idroki, murabbiylik isteʼdodlari bilan xalq maʼnaviyatini yuksaltirishiga ishonamiz, – deydi nuroniylar. — Chunki kelgusida jamiyatning qay darajada boʻlishi, jumladan oʻqituvchi va murabbiylarning ham insoniy va maʼnaviy komillik darajalariga uzviy bogʻliq.
– Bizning fikrimiz qatʼiy, agar hayotda moddiy boylik maqsadga aylansa, shaxs tanazzulga yuz tutadi, — deya suhbatga qoʻshiladi keksa ishbilarmon — uzoq yillar rahbarlik lavozimida ishlaganlardan biri Egam bobo. — Sodda qilib aytadigan boʻlsak, moddiylik (pul) bilan maʼnaviylik aralashib ketsa, rivojlanishda chalkashliklar vujudga keladi.
Odil bobo uzoq oʻylanib gapga qoʻshildi: “Navroʻz bayramidan oldin Prezidentimizning nuroniylar haqidagi farmoni, undan keyin shifokorlar, ziyolilar, turli kasb egalari ishtirokidagi yigʻilishlar koʻplab ziyolilarimiz, ayniqsa, biz, keksalar qalbini jonlantirdi, junbushga keltirdi, uygʻoqlikka chorladi”.
Ha, “oqqan daryo oqaveradi”, — deydi xalqimiz. Odamda bilim, ong, tushuncha, shijoat boʻlmasa, gʻoya tugʻilmaydi. Maqsadni koʻzlab harakat qilish, bu yoʻlda toʻxtamaslik esa, albatta, muvaffaqiyatlarga olib keladi.
Bugun mamlakatimizda keksa avlod vakillariga qaratilayotgan yuksak eʼtibor shundoq ham ularning tilidan tushmas shukronalik hissini ming chandon oshirdi. Shuning uchun ham sakson-toʻqsonni qoralasa-da, qaddi baland nuroniylarimizning ruhiyati tetik, ishga chanqoq. Ayni qutlugʻ kunlarda esa, barchasining duoga ochilajak qoʻllari Yaratgandan yurtga tinchligu, moʻl rizq soʻraydi. Ilohim, keksalar duosi ijobat boʻlib, Oʻzbekistonimizda har doim tinchlik xukm suraversin!
Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling