Samarqand shaxar 39- maktab geografiya fan o’qituvchisi bekqulov ibrohimning markaziy osiyo mavzusida tayyorlagan bir soatlik
Download 0.67 Mb.
|
Markaziy Osiyo dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi : I bosqich: 1.Tashkiliy qism
- Raqamli diktant (O`quvchi varianti)
- O`tilgan mavzu yuzasidan test Sharqiy Osiyoga qaysi hududlar kiradi.
- Sharqiy Osiyoda yog`adigan yog`inlarning 80 % I qaysi faslda tushadi
- Sharqiy Osiyoning qaysi hududlarida paxta ekiladi.
- IV bosqich Mustahkamlash guruhlarda ishlash
- Klaster. O`qituvchi varianti Teskor savollar.
- V bosqich
- Uyga topshiriq.
Darsning borishi: I bosqich: 1.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat, dars shakli va o’yin shartlarini tushuntirish. O’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish: II bosqich: O‘tilgan mavzuni takrorlash: Raqamli diktant (O`quvchi varianti) 1000-? 2000-? 500-? +26 0 C -6 0 C Raqamli diktant (O`quvchi varianti) 1000 mm--janubidagi yillik yog`in miqdori. 2000—Sharqiy Osiyodagi Nanlin va Uishan tog`larining balandligi 500—shimolida yillik yog`in miqdori. +26 0 C -Sharqiy Osiyoda iyulning o`rtacha harorati. -6 0 C- Sharqiy Osiyoning shimolida qish oyi harorati. O`tilgan mavzu yuzasidan test Sharqiy Osiyoga qaysi hududlar kiradi. Tinch okeani sohillari Xitoy davlatining sharqiy qismi, Koreya yarim oroli, Yapon va Filipin orollarini egallaydi Xitoy va Mongoliya hududini Hammmasi to`g`ri Sharqiy Osiyoda yog`adigan yog`inlarning 80 % I qaysi faslda tushadi? Qishda C. Bahorda Yozda D. Kuzda Bu hududdagi eng yirik ko`l qanday nomlanadi. Lobnur C. Onega Tayxu D. Kukunur Gaolyan nimaning nomi? Bug`doyning C. Sholining bir turi Tariqning turi D. Soyaning bir turi Sharqiy Osiyoning qaysi hududlarida paxta ekiladi. Shimol va janubida C. Xunxe va Yanszi daryo xavzalarida Janub va sharqida D. Amur daryosing bo`ylarida III bosqich . Yangi mavzu bayoni Geografik O`rni. Markaziy Osiyo tabiiy-geografik o‘lkasi Osiyoning Markaziy qismini egallaydi. Uni shimolda Sibir, sharqda Sharqiy Osiyo, janubda Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo, g‘arbda esa O‘rta Osiyo o‘lka- lari o‘rab turadi. Bu o‘lkada Xitoy va Mongoliya hududidagi tog‘ va chollar joylashgan. Oikaning markaziy va janubiy qismidan Yer po'stining faol Alp- Himolay seysmik mintaqasi o`tadi. O`lkada keksa, lekin yoshargan togiar (Mongoliya Oltoyi, Tyanshan, Tibet) bilan birga eng yosh (Qoraqurum) togMar ham bor. Tog‘li hududlarda magmatik va metamorfik tog‘ jinslari, botiq va cho'kmalarda qalin cholkindi jinslar paydo boMgan. Rudali va nodir metall konlarining hosil bo‘Iishi magmatik va metamorfik jinslar bilan, yonuvchi va norudali konlar esa cho‘kindi jinslarning tarqalishi bilan uzviy bog‘liq. Relyefi. Markaziy Osiyo o4kasining relyefida, asosan, tog‘, tog‘lik, tog‘ oralig‘idagi botiqlar va baland tekisliklar uchraydi. Tibet tog‘ligi, Qoraqurum, Sharqiy Tyanshan yoki Xitoy Tyanshani, Oltoy (Mongoliya Oltoyi), Kunlun tog‘lari, Taklamakon botig‘i, Gobi cho‘li joylashgan baland tekislik o‘lka relyefming asosiy shakllari hisoblanadi. 0‘lkaning eng baland joyi (8611 m) Qoraqurum tizmasidagi Chogori cho‘qqisi bo‘lsa, eng past nuqtasi Taklamakon cho‘lidagi Turfan botig‘iga (—154 m) to‘g‘ri keladi. Markaziy osiyo Iqlimi. 0‘lka hududi mo‘tadil va subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Markaziy Osiyo maksimumi (qish oylarida) va Tinch okeandan esadigan havo massalarining hissasi katta. Yillik yog‘in-sochin Tibet tog‘ligining markazida, Taklamakon va Gobi cho‘llarida 100 mm dan kam. 0‘lkaning janubi-sharqiy qismidagi tog‘larning (Tibet, Kunlun) sharqiy yonbag‘riga 1000 mm va undan ko‘p yog‘in tushadi. Yanvarning o‘rtacha harorati o‘lka shimolida —24 °C (iyuida +16 °C), markazida (Taklamakon cho‘lida) —8 °C (iyuida +24°C), janubida (Tibet togMigida) — 20 °C (iyuida +10 °C) atrofida bo‘ladi. O‘lkada yirik daryolar yo‘q, ammo mavjud kichik daryolari Tinch va Hind okeanlariga quyiladigan daryolaming yuqori oqimidagi irmoq- laridan iborat. Suvsiz va qurib qoladigan ko‘pgina kichik daryolar (Tarim, Zulayho va b.) berk havzada joylashgan. Ko‘llaridan Lobnor (maydoni olzgarib turadi), Kukunur, Ubsu-Nur sho‘r ko‘llar bo‘lsa, Bagrashko‘l, Orin-Nur chuchuk ko‘llardir. Markaziy Osiyoda mo‘tadil va quruq subtropik iqlim mintaqalarining o‘rmon-dasht (tog‘ etaklari), chalacho‘1, cho‘l zonalari hosil boigan. Tibet tog‘ligining 4000 m balandliklaridagi yassi tog‘ oralig‘i botiqlarida ham chalacho‘l va dasht zonalariga xos tabiat manzaralarini uchratamiz. Tog‘laming 6000 m dan baland qismlari qor va muzlar bilan qoplangan. Tog‘oldi tekisliklar, dasht va cho‘llarning tabiatiga antropogen ta’sir sezilarli darajada. Lekin ular tabiiy landshaftlarga nisbatan oz may- donlarni egallaydi. Aholi juda notekis va siyrak joylashgan. Ular o‘zlashtirishga yaroqli va suv bilan ta’minlangan hududlarda, tog‘-kon sanoati bor joylarda yashaydi. IV bosqich Mustahkamlash guruhlarda ishlash: “ Klaster” metodi (O`quvchi varianti) Klaster. O`qituvchi varianti Teskor savollar. Tibet tog`ligining balandligi qancha? Markaziy Osiyoda qanday tabiat zonalari hosil bo`lgan? Markaziy Osiyoda qanday ko`llar bor? O`lkada qanday tog`lar joylashgan. V bosqich: Mavzuni yakunlash Mavzuni o`rganar ekanmiz, Markaziy Osiyo haqida o`quvchilarga savol va topshiriqlar berildi. Mavzuni turli xil interfaol usullar yordamida mustaxkamlab olindi. VI bosqich. Baholash O’zaro baholanish o’quvchilar o’rtasida ijobiy, sog’lom muhit yaratishda ko’mak beradi. Boshqalarning muvaffaqiyatidan qat’iy nazar har bir o’quvchining betakror , o’ziga xos xususiyatlarini baholash kabi mezonlarga asoslanib baholash kerak.Sinfdoshining ishi to’g’risida axborotning mavjudligi o’zini o’zi baholash faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi: ishini rejalashtiradi, maqsad qo’yadi,o’zini nazorat qila boshlaydi. Bu o’rinda o’qituvchi advokat va maslahatchi rolida chiqishi mumkin. Bahoning mohiyati – xatoning oldini olish va xatolar orqali o’rganish ekanligini anglatishdir.
1. Berk havza, botiq, Turfan, Chgori, Tibet ushbu tushunchalarga izox yozing 2. Mavzu yuzasidan raqamli test tuzib kelish.
Yuqoridagi mavzu yuzasidan darsni xulosalar ekanmiz, shuni aytishimiz mumkinki, zamonaviy darsga bo’lgan talab, o’quvchi ongi va qiziqishlarining kengayishi, talabning ortib borishi bizni yanada faollikka, tirishqoqlikka, izlanuvchanlikka chorlaydi. Hozirda o’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchini chuqur va puxta bilim bilan qurollantirish, tushunish, o’zlashtirish orqali shaxsning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, ularda bilim olish ehtiyojini tarbiyalash.Shaxsning to’laqonli kamol topishi uchun, kelajakning ishonchli, mustahkam poydevori qilib shakllantirish bizning barcha faoliyatimizning bosh asosi bo’lmish bir soatlik darsga bog’liq. ADABIYOTLAR RO’YXATI. I.A.Karimov . “O`zbekiston XXI asrga bo`sag`asida; havsizlikka tahdit, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” 1997 yil A. Soatov, A. Abulqosimov Geografiya (materiklar va okeanlat tabiiy geografiyasi) “O`qituvchi” Toshkent-2009 Vahob rafiqov Qiziqarli geografiya. Toshkent – 2010 Zionet.uz wwwedu. uz wwwgov.uz 6. kitob.uz Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling