Samarqand tumani xalq ta’limi bo‘limi mudirining buyrugʻi umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida


Download 57.42 Kb.
bet1/7
Sana02.01.2023
Hajmi57.42 Kb.
#1075712
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yangi Odob-axloq qoidalari иловалар билан (1)






SAMARQAND TUMANI XALQ TA’LIMI BO‘LIMI MUDIRINING
BUYRUGʻI Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq ta’limini rivojlantirishga oid Farmon va qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ta’lim va tarbiyani o‘zaro uyg‘unlashtirish, o‘qituvchining sha’ni va qadr- qimmatini himoyalash hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ichki-tartib va qoidalariga rioya etilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda Xalq ta’limi vazirining 2022 yil 28 iyuldagi 246-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:




1.Xalq ta’limi vazirining 2022yil 28 iyuldagi 246-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
-umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda - ta’lim muassasalari) ichki tartib va odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda - Qoidalar) 1- ilovaga muvofiq;
-ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni tashkil qilishga qaratilgan “Namunali maktab direktori”, “Namunali muallim”, “Namunali o‘quvchi” va ’’Namunali ota-ona” mezonlari 2-ilovaga muvofiq;
-Qoidalarni ta’lim muassasalarida joriy etish sxemasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3.Bo‘limning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish shoʻbasi (Sh.Abulxayrov)ga:
-yangi tahrirda qabul qilingan Qoidalarga barcha ta’lim muassasalari izchil amal qilinishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
-Vazirlik tomonidan ishlab chiqarilgan videoroliklar asosida Qoidalarning mazmun-mohiyatini pedagoglar hamda o‘quvchilar ota-onalari orasida keng targ‘ib qilishni nazoratga olish vazifalari topshirilsin.
4.Belgilab qo‘yilsinki, ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, ularni o‘z ustida ishlashi, ta’lim sohasida bo‘layotgan yangiliklar bilan kengroq tanishishiga imkon yaratish maqsadida maktab ma’muriyati va pedagoglarini o‘zining faoliyatidan tashqari boshqa qo‘shimcha ishlarga jalb etish qat’iyan man etiladi.
5.Barcha ta’lim muassasalari rahbarlariga:
2022-yil 15-sentabrga qadar yangi tahrirdagi Qoidalarni ta’lim muassasalarida joriy etishni mazkur buyruqning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan sxema asosida amalga oshirish;
mazkur Qoidalarda ko‘rsatilgan vazifalarni ta’lim muassasasi tomonidan qabul qilinadigan ustavda aks ettirish va uning ijrosini shaxsan nazoratga olish;
-Qoidalarning maqsad va vazifalarini ta’lim muassasasining pedagogik jamoasi, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari o‘rtasida keng targ‘ib qilish va ularni tanishtirish;
-Qoidalarni maktab binosining ichki kirish (foye) qismiga alohida stend shaklida joylashtirish vazifalari yuklatilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 28-maydagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 131-sonli buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganligi inobatga olinsin.
7.Bo’lim axborot xizmati (F.Mirzaeva)ga mazkur buyruq va vazirlik tomonidan ishlab chiqarilgan videoroliklarni bo’limning rasmiy websaytiga joylashtirish vazifasi yuklatilsin.
8.Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash sho’basi (L.Burxonova)ga 1 kun muddatda mazkur buyruqni barcha ta’lim muassasalariga etkazish vazifasi topshirilsin.
9.Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish bo‘lim mudiri o‘rinbosari J Djalolov va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish shoʻbasi Sh.Abulxayrov zimmalariga yuklatilsin.

Download 57.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling