Ionlovchi nurlar dozimetriyasi va radiometriyasi usullari.
O’lchov turlari: ionlovchi,ssintillyasion, fotografik, kimyoviy va i kalorimetrik.
RADIOMETRIYa –( ot gr l, radio - nur, metriya - o’lchash) - radiaktiv manbalarda yoki ularning ma’lum qismida atom yadrolaridagi parchalanishlar sonini yadrolar tomonidan ajratish chiqarilayotgan nurlanishlarga qarab topish va o’lchash.
IONLOVChI NURLANIShLARNI TOPISh VA O’LChASh ASBOBLARI VA VOSITALARI.
Ionlovchi nurlanishlarni qayd qilish uchun ishlatiladigan tizim ikki qismdan tashkil topadi:
detektor (bu yerda nurlanish tizim bilan o’zaro to’qnashadi);
o’lchov apparaturasi ( detektordan chiqadigan signalni qabul qiladi va o’lchash operasiyalarini bajaradi).
Ishlash rejimiga qarab ionlovchi nurlanishlarni qayd qiluvchi tizimlar quyidagicha bo’linadi:
Impulsli tizimlar (detektordan chiqish joyida alohida, vaqtga moslangan signallar joylashadi, bu signallarning har biri detektorning sezuvchi qismi bo’ylab bitta zarrachaning o’tishini bildiradi . masalan: Geyger-Myuller o’lchagichi+impulslarni o’lchovchi elektron registrator;
Integrasiyalovchi tizimlar yoki kattalikning o’rtacha ko’rsatkichini aniqlovchi tizimlar.
IONLOVChI NURLANIShLAR DETEKTORLARI.
Ma’lumki, radiaktiv nurlanishlar sezgi organlari tomonidan qabul qilinmaydi. Bunday nurlanishlar faqatgina detektorlar yordamida payqaladi.
B ularning ishi nurlanishlarning modda bilan o’zaro ta’siridan paydo bo’ladigan fizik hamda kimyoviy effektga asoslanadi (ionlovchi kameralar, proporsional o’lchagichlar va Geyger-Myuller o’lchagichi).
Kalorimetrik va kimyoviy detektorlar (juda katta nurlanishlarni) yuz ming million rentgent nurlanishlarni o’lchaydi (16-rasm)
Ris. 16
Sxema rabotы ionizasionnogo detektora izlucheniya:
1 - kamera, zapolnennaya vozduxom ili gazom; 2 - anod; 3 - katod; 4 - izolyator; 5 - pribor dlya izmereniya ionizasionnogo toka; v - istochnik pitaniya.
Detektor kamerasiga kirgan zaryadlangan zarrachalar (alfa- yoki beta-), gaz muhitini dastlabki ionlashdan o’tkazadi, gamma-kvantlar avvaliga detektor devorida tez haraktlanuvchi elektronlarni (fotoelektronы, kompton-elektronы i elektronno-pozitronnыye parы) hosil qiladi va ular kameradagi gazli muhitni ionlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |