Samarqand veterinariya meditsina instituti toshkent filiali
Download 1.18 Mb.
|
Samarqand veterinariya meditsina instituti toshkent filiali
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: Toshboyev R. Qabul qildi: Alimov B.S. 2022
Urug’lantirish punktlarida kerak bo’ladigan asbob uskunalari. Sun’iy urug’lantirish nima? Sun’iy urug’lantirish usullari. Kerakli asbob-uskuna va jihozlar: naslchilik stansiyasi, sun’iy urug‘lantirish punktlari sxemasi va chizmalari, rasmlar, maketlar, qin oynasi, yopqich va buyum oynachalari, mikroskop, fiziologik eritma, aniqlovchi-erkak hayvonlarni tayorlash uchun xirurgik aslahalar, hayvonlarni urug‘lantirish stanoklari, muzlatilgan sperma, termostat, Morozov stolchasi, shisha tayoqchalar, urug‘ solingan termoslar, anatomik pinsetlar, metalldan yasalgan asbob-qo‘ygich, shishali shpris-kateterlar, qin oynasi, bachadon bo‘yinchasini rektal fiksasiya qilib urug‘lantirish uchun ishlatiladigan asboblar kompleksi, 1%-li natriy bikarbonat yoki 2,9%-li limon kislotasining natriyli tuzi eritmasi solingan 3 ta og‘zi mahkam yopiladigan bankachalar, 70%-li spirt rektifikat solingan bankacha, paxta tamponlar, 96%-li spirt shimdirilgan tamponlar, steril doka salfetkalar, spirt lampasi, sochiq, ishlatilgan suyuqliklarni soladigan idishlar, elektr pechka, esmarxa krujkasi, issiq suv, sovun, chelak, kuyga kelgan sigirlar. Sun’iy urug’lamtirish iqtisodiy samara ko’p keltiradi. Ya’ni nasldor buqalar yoki boshqa turdagi hayvonlarning uruglarini bir necha yillar saqlab undan keyinchalik suniy uruglantirish maqsadida foydalanish mumkin buladi. Hozirgi paytda barcha turdagi urgochi hayvonlarni sun’iy uruģlantirish mumkin. Buning uchun uruglar naslchilik fabrikalari tomonidan olingan uruglardan foydalaniladi.Uruglar maxsus idishlarda muzlatilgan holatda saqlanadi.Har bir hayvondan urug olish uchun maxsus texnika va qoidalar mavjud. Urug’ olishdan avval kamida hamma hayvonlar 12 soat oziqlantirilmaydi. Parandalardan urug’ olishda 3 soat oldin oziqlantirish tuxtatiladi. Agar oziqlantirilsa uruglarning sifati buzuladi yani urug olinyotganda hayvon axlati bilan qo’shilip ketishi mumkin natijada uruglarning sifatlilik darajasi pasayadi. Quyonlardan urug olishda suniy qinlardan foydlanip olinadi bu uchun bir necha soniyaning uzi yetarli hisoblanadi uruglar olingandan keyin maxsus idishga belgilanip muzlatiladi Azot oksidi yordamida. Nasldor buqalar yoki boshqa hayvonlarning erkagidan uruglar olinip maxsus idishlarda saqlanadi va maxsus belgilari tekshiriladi. Suniy urug’lantirishning bir necha xil usullari mavjud.Sun’iy urug’lantirish alohida puntklari mavjud bu stansiyalarda nasldor erkak hayvonlar urugudan foydalanip xashaki sigirlar yoki masldor hayvonlar uruglantiriladi.Punktlarni tayorlashda asosan yerga asfalt yotqiziladi va maxsus texnikalar ishlatiladi. Sigirlarni tuqqandan keyin urug‘lantirish muddatlari. Urg‘ochi hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish vaqti, martasi va samaradorligi ko‘p darajada spermani aynan o‘z vaqtida yuborishga bog‘liq. Urug‘lantirish uchun eng qo‘lay vaqtni tanlay olmaslik ko‘pincha otalanish darajasining past bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Sigir tuqqanidan so‘ng jinsiy a’zolarining qayta o‘z holiga kelishi (invalyusiyasi) uchun uch hafta kerak bo‘ladi. Bu davrda jinsiy a’zolardan ajralayotgan suyuqliklar to‘liq tugaydi, tuxumdonlarda etilgan follikulalar aniq seziladi, bu jinsiy sikldagi qo‘zg‘alishlar bosqichining paydo bo‘lishidan darak beradi. Sun’iy urug‘lantirish jinsiy moyillik vaqtida, ya’ni ovulyasiyadan oldin, uning boshlanishiga yaqin o‘tkazilsa, uning samarasi yuqori bo‘ladi. Tuqqandan so‘ng sigirlarni bir oy ichida urug‘lantirish ularni qisir qolishini oldini olishda asosiy tadbirlardan biri hisoblanadi. Sigirni bu davrda urug‘lantirish uning organizmini mustahkamlaydi, sut berish davrida organizmni kuchli zo‘riqishiga yo‘l qo‘ymaydi va har yili 100 bosh sigirdan 100 bosh buzoq olish imkoni yaratiladi. Sigir, biya, qo‘y, echki va cho‘chqalarda follikulalarning ovulyasiyasi jinsiy moyillikning oxirida o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladi. Ana shu vaqtda ularda erkak hayvonlarga nisbatan ijobiy reaksiya, ko‘shilishga tayorlikni bildiruvchi “harakatsizlik refleksi” yaqqol namoyon bo‘ladi. Ko‘yonlar va tuyalarda esa ovulyasiya chaqirilishi kerak, ya’ni follikulalarning yorilishi uchun jinsiy aloqa ruy berishi zarur. Buning uchun vazektomiya qilingan erkak hayvonlardan foydalaniladi. Xonaki parrandalarda butun tuxum qo‘yish davri davomida tuxumlar spontan ravishda hosil bo‘laveradi. Urg‘ochi hayvonlarni sun’iy urug‘lantirishda ularning barcha fiziologik xususiyatlari hisobga olinishi zarur. Qin oynasi va shpris-kateterni ishlatishga tayorlash. Sun’iy urug‘lantirish punkti sharoitida hayvonlarni urug‘lantirishdan oldin qin oynasi va shpris-kateterlar qo‘yidagicha tayorlanadi: Qin oynasi ishlatishdan oldin issiq suv bilan yuviladi, toza sochiq bilan artiladi va qaynatish, quruq issiqlik yoki flambirlash usullari bilan zararsizlantiriladi. Keyin iliq (30-40°C) holdagi fiziologik eritma yoki choy sodasining 1%-li eritmasi bilan namlanadi. Har bir hayvonni urug‘lantirishdan so‘ng choy sodasining 3%-li issiq eritmasi bilan, keyin qaynatilgan iliq suv bilan yuviladi, dazmollangan sochiq bilan artiladi va qaynatish, flambirlash yoki quruq issiqlik bilan zararsizlantiriladi va ishlatishga qadar shu holatda quritish shkafida saqlanadi. Hayvonlar orasida yuqumli kasalliklar yoki jinsiy yo‘llardan yiringli oqmalar oqishi kuzatilgan paytlarda qin oynasi har bir urug‘lantirishdan keyin qaynatilib zararsizlantiriladi. Shpris-kateterni ishlatishga tayorlash uchun 100 ml hajmli og‘zi yaxshi yopiladigan 6 ta raqamlangan (1, 2, 3, 4, 5, 6) shisha bonkachalar kerak bo‘ladi. 1-raqamli bonkachalarga yangi tayorlangan, yuqumsizlantirilgan fiziologik eritma, choy sodasining 1%-li yoki natriy sitratning 2,9%-li eritmasi, 2-raqamli bonkaga - 70%-li spirt solinadi. 3- va 4- raqamli bonkalarga 2,9%-li natriy sitrat eritmasi solinib, ishlatish paytida uning harorati iliq (30-40°C) bo‘lishi kerak. 5-raqamli bonkachaga yuqumsizlantirilgan doka salfetkalar, 6-raqamli bonkachaga esa qin oynachasini flambirlash, shpris-kateter va boshqa asboblarning sirtini yuqumsizlantirish uchun 96%-li spirt shimdirilgan paxta tamponlar qo‘yiladi. Stol ustiga ishlatilgan eritmalarni to‘kish uchun qalin shishadan yasalgan idish qo‘yiladi. Shiris-kateterning holatiga qarab (ishlatilguncha va undan keyin) ishga tayorlash har xil bajariladi, shpris-kateter oldindan yuvilib va qaynatilib yuqumsizlantiraladi, keyin spirt bilan saqlanayotgan bo‘lsa, qoldiq spirtni yo‘qotish uchun uni 3- va 4-raqamli bonkachalarning har biridagi eritmalar bilan 3-4 marta chayqatiladi. Shprisning uchini zararsizlantirilgan doka salfetka bilan ushlab porsheni harakatlantirilib qoldiq eritma chiqariladi va urug‘lantirish uchun sperma olinadi. Ifloslanmasligi uchun shprisni yuvish va yuqumsizlantirishda qo‘llanilgan eritmalar va spirtni bonkachalarga qaytarib solish man etiladi. Bir necha hayvon bir naslli hayvon spermasi bilan urug‘lantirilganda kateterning sirti har bir urug‘lantirishdan keyin albatta zararsizlantiriladi. Buning uchun shpris-kateter uchini biroz pastga qilib gorizantal hoatda ushlab, spirtli tampon bilan aylanma harakat qilinib, kateterning uchiga spirt tushirmasdan yaxshilab artiladi. Ishni tugatgach, shpris-kateter avval 1-raqamli bonkachadagi eritma bilan 5-6 marta yuviladi, keyin 2- raqamli bonkachadagi sirt bilan yuvilib, shprisda spirt qoldiriladi yoki qaynatish bilan zararsizlantiriladi va ishlatilguncha shkafda saqlanadi. Muzlatilgan urug‘ni eritish. Xo‘jaliklarda muzlatilgan sperma 2,9 foizli natriy sitrat eritmasida eritiladi. Bitta granula bitta ampulada (2 ml) suyultiriladi. Muzlatilgan urug‘ni idishdan olish uchun konistr bug‘zining quyi chekkasidan ko‘tarish kerak. Kanistr ichidagi tyubikdan sovutilgan steril pinset yordamida kerakli miqdordagi granula olinadi va eritmali steril flakonga +36-40°C haroratdagi suv hammomiga solinadi. Granulani chiqarib olish faqat bino ichida tez bajarilishi kerak. Urug‘larning butun bir partiyasini buzilib qolishdan saqlash granulalarni D’yuar idishi konistrlariga uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda (bir kanistrga 20-30 donadan) solish kerak. Sigir va tanalarni sun’iy urug‘lantirish uchun faolligi 4 balldan past bo‘lmagan spermalar ishlatiladi. Urg‘ochi hayvonlarni sun’iy urug‘lantirishning samaradorligi spermani aynan o‘z vaqtida yuborish va uning martasiga bog‘liq. Sun’iy urug‘lantirish birinchi marta jinsiy moyillikning oxirlarida ya’ni, ovulyasiyadan oldin va ikkinchi marta 12 soatdan keyin o‘tkazilganda uning samarasi yuqori bo‘ladi. Sun’iy urug‘lantirish yordamida qisqa muddatlarda naslli hayvonlarning imkoniyatlarini o‘rganish, ulardan ko‘p sonli avlod olish va ularda tanlash, saralash o‘tkazish orqali hayvonlarning foydali jihatlarini mustahkamlash mumkin. Natijada hayvonlarning mahsuldorligini oshirish, yangi zotlar yaratish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ularning tannarxini arzonlashtirish imkoniyati yaratiladi. Ayrim tabiiy urug‘lantirish paytida tarqaladigan yuqumli va jinsiy kasalliklarning, shuningdek, bepushtlik va qisirlikning oldi olinadi. Sun’iy urug‘lantirish samaradorligining yuqori bo‘lishi ko‘p jihatdan mutaxassislarning akusher-ginekologik usullar, yuqumli kasalliklar va ularning profilaktikasi hamda veterinariya-sanitariya va zootexnikaviy tadbirlar to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga bog‘liq bo‘lib, tinimsiz bu sohadagi bilimlarini oshirib borishi, sun’iy urug‘lanitirishning samaradorligi yuqori bo‘lgan zamonaviy usullari to‘g‘risida bilimlarga va ularni amalda bajarish bo‘yicha malaka-ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi. Sigir va urug‘lantirish yoshidagi tanalarni suniy urug‘lantirish usullari. Sun’iy urug‘lantirish - sperma olish, uning sifatini baholash, saqlash, tashish va sun’iy urug‘lantirish jarayoni bosqichlaridan iborat bo‘ladi. Amaliyotda sigir va urug‘lantirish yoshidagi tanalarni sun’iy urug‘lantirishning episervikal, vizoservikal, manoservikal va rektoservikal usullaridan foydalaniladi. Episervikal usulda urug‘lantirish ko‘pincha birinchi marta urug‘lantirilayotgan hayvonlarda qo‘llanilib, bunda shpris kateter qinga biroz yuqoriga qaratilgan holda kiritilib, bachadon bo‘yinchasiga qadalgach, 1-1,5 sm orqaga tortiladi va porsheniga bosilib undagi sperma qinga to‘kiladi. Sperma asosan qinga to‘kilishini hisobga olinib, bir marta urug‘lantirishda ikki doza sperma yuboriladi. Qin oynasi orqali shpris-kateter bilan urug‘lantirish vizoservikal usul deb nomlanadi. Bunda qin oynasi va turli konstruksiyadagi shpris-kateterlar qo‘llaniladi. Qin oynasi va shpris-kateterni ishga tayorlab bo‘lgach, jinsiy lablar toza iliq suvda sovinlab yuvilib, furasillinning 1;5000 nisbatli eritmasi bilan yaxshilab namlanadi va paxta bilan artib quritish orqali sigir urug‘lantirishga tayoranadi. Qinga yuborishdan oldin qin oynasi harorati 38-40°C bo‘lgan fiziologik eritma bilan namlanadi. Iliq shpris-kateterga oldindan faolligi tekshirilgan spermadan bir sigirni urug‘lantirish uchun etarli miqdorda olinadi. Qin oynasi yopiq holda bir qo‘lga olinib, pastdan yuqoriga qaratilib sekin qinga yuboriladi. Qinga kiritish paytida qin oynasining dastasi yon tomonga qaratilgan bo‘lishi kerak. Oyna qinga yuborilgandan keyin dastasi pastga tushiriladi va bachadonning bo‘yni ko‘rinadigan darajada ochiladi. Agar qin oynasi sovuq bo‘lsa va qo‘pollik bilan yuborilib, juda katta ochilsa qinning devorlari taranglashib sigirda kuchanish yuzaga keladi va oqibatda spermani yuborish mumkin bo‘lmay qoladi yoki sperma bachadon bo‘yinchasidan to‘liq qaytib chiqadi. Bir qo‘l bilan qin oynasi ochiq holatda tutilib, ikkinchi qo‘l bilan kateter bachadon bo‘yinchasi kanaliga 4 sm chuqurlikka yuboriladi, biroz orqaga tortilib, keyin porshenga ohista bosilib sperma yuboriladi va shpris-kateter chiqarib olinadi. Keyin qin oynasining dastasi yon tomonga qilinib shoxlari yopiladi va sekin qindan chiqarib olinadi. Sigir urug‘lantirilgandan keyin qin oynasi issiq suvda 3%-li soda eritmasi bilan yaxshilab yuviladi va iliq suv bilan chayqalib, toza sochiq bilan artib quritiladi, keyin zararsizlantiriladi. Bir necha sigir bitta buqaning spermasi bilan urug‘lantiriladigan bo‘lsa har bir sigir urug‘lantirilgandan keyin albatta kateterning sirti 96%-li spirt bilan zararsizlantiriladi. Turli buqaning spermasi ishlatilganda esa shpris-kateterga oldingi boblarda bayon etilgan uslubda ishlov beriladi. Rektoservikal urug‘lantirish usuli. Bu usullar orasida samaradorligi yuqori, bajarilishi qo‘lay hamda urug‘lantirilgan hayvonlarda otalanish foizi yuqori (80 foizgacha) bo‘lganligi sababli rektoservikal usulda sun’iy urug‘lantirish chorvachilik rivojlangan davlatlarda ko‘p qo‘llaniladi. Rektoservikal usulda urug‘lantirishda asosan paeta holida qadoqlangan urug‘dan foydalanilib, yupqa metal trubka va ingichka porshendan iborat metal shpris yordamida urug‘ bachadonning bo‘yniga yuboriladi. Buning uchun D’yuar idishidan qisgich yordamida olingan paeta suv hammomida +38°C haroratda 10-11 sekund davomida saqlab turiladi, keyin maxsus salfetka yordamida artilib quritiladi, uning kavsharlangan qismi ko‘ndalangiga to‘g‘ri kesiladi. Buning uchun bir varaq qog‘oz to‘rtga buklanib, uning bir burchagiga paetaning kavsharlangan qismi 0,5 sm chiqarilib joylashtiriladi va kesuvchi moslama yoki o‘tkir skalpel yordamida kesiladi. Paetaning kavsharlangan qismi noto‘g‘ri kesilganda urug‘ asosan yopg‘ichning ichki yuzasida qolib ketadi. Keyin paeta metal shprisga o‘rnatiladi, ustidan bir marta ishlatiladigan polisterol yopg‘ich kiygizilib, maxsus qisgich plastina xalqa yordamida mahkamlanadi va sun’iy urug‘lantirish amalga oshiriladi. Urug‘lantirish moslamasi tayor bo‘lgach, quyidagi ishlar bajariladi: chap qo‘lga qo‘lqop kiyilib iliq suv bilan namlanadi va tashqi jinsiy lablar ochiladi. Qo‘lqop kiyilgan ko‘l to‘g‘ri ichakka yuborilib, bachadonning holati aniqlanadi va bachadon bo‘yni massaj qilinadi hamda ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlar bilan fiksasiya qilinadi. O‘ng qo‘l bilan shpris-pistoletni siydik chiqarish kanaliga tushirmaslik uchun qinning ustki devori bo‘ylab 30°-40° burchak ostida yuboriladi. Bachadon bo‘ynining teshigi katta barmoq bilan paypaslab topiladi va unga pipetka tushgach, bachadon bo‘yni ushlanib, yarim aylanma harakat bilan qinga tomon biroz tortiladi va shpris porsheniga sekin bosilib sperma yuboriladi. Keyin metal shpris qindan va qo‘l to‘g‘ri ichakdan chiqariladi. To‘g‘ri ichakka qo‘l kiritilganda uning devorlari taranglashgan paytda bachadon bo‘ynini ushlab bo‘lmaydi. Bunda to‘g‘ri ichakning qisqarishi uning shilliq pardasini siypalash bilan susaytiriladi. Sigir urug‘lantirilgandan so‘ng bir marta ishlatiladigan asboblar alohida joyga tashlanadi. Rektoservikal usulda sun’iy urug‘lantirishning afzalliklari shundan iboratki: - aslahalarni sterillash va eritmalarni tayorlash talab etilmaydi; - bachadon va tuxumdonlarning holatini aniqlash osonlashadi; - hayvonda harorat va og‘riq ta’sirlaridan bezovtalanish kuzatilmaydi; - urug‘ bachadon bo‘yniga chuqur yuborilganligi uchun orqaga qaytib chiqib ketmaydi; - bachadonni massaj qilinishi natijasida qondagi oksitosin gormonining konsentratsiyasi bir necha marta ortadi, bu o‘z navbatida spermiylarni tuxum yo‘liga etib borishiga yaxshi sharoit yaratadi; - urug‘lantirishda texnik osemenatorlarning ishi engillashadi va vaqti tejaladi. Lekin bu usul mutaxassislarning kerakli malakaga ega bo‘lishini talab etadi. Shuning uchun ushbu usulni to‘liq egallash maqsadida kamida 80-100 bosh hayvonni urug‘lantirish talab etiladi. Jinsiy a’zolarda patologik holatlar yoki bo‘g‘ozlik aniqlanganda hayvonni urug‘lantirish mumkin emas. Ushbu o‘zgarishlar faqat rektoservikal usulda urug‘lantirishda aniqlanishi mumkin. Sun’iy urug‘lantirilgan hayvon jinsiy moyillikning oxirigacha bog‘lab saqlanadi va 12 soat vaqt o‘tkazilib ikkinchi marta urug‘lantiriladi. Monoservikal urug‘lantirish usuli faqat sigirlarni urug‘lantirish uchun qo‘llaniladi. Bu usulda sperma qo‘l (manus - qo‘l) bilan bachadon bo‘yinchasigacha yuboriladi. Bunda ham bir marta ishlatiladigan asboblardan foydalaniladi (ampula, pipetka, qo‘lqop). Polietilendan qilingan ko‘lqopning qalinligi 35-40 mkm, uzunligi 800-900 mm, polietilen ampula uzunligi 48 mm, hajmi 1,2 ml, polisteroldan tayorlangan kateter (pipetka) uzunligi 8 sm, tashqi diametri 4,8 mm bo‘ladi. Spermani yuborishdan oldin sigirning tashqi jinsiy a’zolariga odatdagi uslubda ishlov beriladi. Termosdan ampula olinib spirtli tampon bilan ishlanadi va sekin siltanadi, qopqog‘i kesilib tekshirish uchun isitilgan buyum oynasiga bir tomchi sperma tomiziladi. Keyin ampulaning kesilgan uchiga steril kateter ulanadi. Qo‘lga qo‘lqop kiyilib iliq suvda namlanadi. Qo‘l sekin qinga kirgizilib, 1-15 daqiqa bachadon bo‘yni massaj qilinadi. Bachadon bo‘yinchasi qisqara boshlagach, u erdagi shilimshiq chiqariladi va qo‘lni qindan to‘liq chiqarmasdan ikkinchi qo‘l bilan urug‘lantirish uchun tayor holdagi ampula uzatiladi. Kateter katta va ko‘rsatkich barmoqlar bilan ushlanib, qo‘l bachadon bo‘yinchasi tomon suriladi va kateter ko‘rsatkich barmoq nazoratida servikal kanalga 1,5-2 sm yuboriladi. Bachadon bo‘ynini massaj qilish bilan kaft yordamida kateter kanalga to‘liq (7 sm) kirguncha ohista itariladi. Keyin ampula 2-8 sm yuqoriga ko‘tarilib, bachadon bo‘yinchasi bo‘shashgan paytda barmoqlar bilan qisilib sperma yuboriladi. Sperma bachadonning bo‘yinchasiga yuborilgandan so‘ng, ampulani bo‘shashtirmagan holda kateter chiqarilib qinning tubiga qo‘yiladi va bachadon bo‘yinchasi yana 2-3 daqiqa massaj qilinadi. Qinning qattiq qisqarishi oqibatida spermani qaytib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida asbobni ko‘lga olib qindan sekin chiqarish lozim. Qaysi usulda urug‘lantirilishidan qat’iy nazar hayvon jinsiy moyillikning oxirigacha bog‘lab saqlanadi va 12 soat vaqt o‘tkazilib ikkinchi marta urug‘lantiriladi. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO‘MITASI SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINA INSTITUTI TOSHKENT FILIALI Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 304-guruh talabasining Veterinariya akusherligi fanidan Mavzu: Hayvonlarni tabiiy urug’lantirish. Turli hayvonlarda jinsiy aloqaning o’ziga xosligi Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling