Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitiyeti Axborot texnologiyalari kafedrasi Mustaqil ishlar


-savol:“Telegram” ijtimoiy tarmog‘ining yaratilish tarixi


Download 103.1 Kb.
bet6/11
Sana03.12.2023
Hajmi103.1 Kb.
#1800634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Samarqand veterinariya meditsina

2-savol:“Telegram” ijtimoiy tarmog‘ining yaratilish tarixi
2-Savolni javobi:Bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ommalashayotgan, jumladan, bizning yurtimizda ham deyarli har bitta internet foydalanuvchisiga yaxshi tanish bo‘lgan Telegram messenjeri bundan bir necha yil muqaddam rossiyalik dasturchi aka-ukalar tomonidan yaratilgan.Telegram messenjeriga VKontakte ijtimoiy tarmog‘ini yaratgan aka-uka Pavel va Nikolay Durovlar tomonidan asos solingan. Pavel Durovning qayd etishicha, u 2011 yildan boshlab o‘zaro xabarlar va fayllar almashishga yordam beradigan messenjer yaratish ustida jiddiy bosh qotirgan. Aslida, Telegram avvalida ijtimoiy messenjer vazifasini bajarishga mo‘ljallanmagan, balki u ikkala aka-uka orasida o‘zaro suhbat uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilgan edi, deb yozadi
Telegram-Free nashri.
Pavel Durov – Telegram uchun asosiy kod va interfeysni dasturlagan
Nikolay Durov – messenjer uchun MTProto shifrlash kodini yaratgan
Mana shu yo‘sinda hozirgi kunda eng ommabop va funksional messenjerlardan biri dunyoga kelgan. Messenjer o‘z kodi va interfeysiga ega bo‘lganidan so‘ng, Pavel va Nikolay Durovlar uni ommaviy shaklda foydalanish uchun chiqarishga qaror qiladilar. Bu voqea 2013 yilda, messenjer paydo bo‘lganidan ikki yil o‘tgach ro‘y beradi. Avvaliga Telegram`ning iOS platformasida ishlaydigan ilovasi, oradan biroz muddat o‘tgandan keyin Android versiya va PK dasturi chiqariladi. Vaqt o‘tgan sari messenjerga juda ko‘p foydali funksiyalar qo‘shilib bordi:
Matn va grafik fayllarni almashish;
Bir yarim gigabaytgacha bo‘lgan fayllar yuborish;
Niklar orqali qidirish (2014 yil)
Stikerlar (2015 yil)
Iki tomonlama shifrlangan xabarlar;
Botlar (2015 yil, muayyan funksiyalarni bajarishga mo‘ljallangan)
Telegraph platformasi (2016 yil)
Yuborilgan xabarlarni tahrirlash (2016 yil)
Yuborilgan xabarlarni suhbatdosh ko‘rmasligi uchun o‘chirish (2017 yil)
Mavzular (hozircha faqat desktop versiyada)
Garchi messenjer avvalida ikkita dasturchi tomonidan yaratgan bo‘lsa-da, ayni paytda ko‘plab o‘z ishining ustasi bo‘lgan mutaxassislar ushbu servis ustida ish olib boradilar

Download 103.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling