Kishining bilish jarayonlaridan biri bu idrokdir. Narsalar va xodisalarning sezgi a’zolariga
bevosita ta’sir qilish jarayonida kishi ongida aks etishiga idrok deb aytiladi. Idrok jarayonida aloxida
xoldagi sezgilarning tartibiga solinishi ham narsa va xodisalarning yaxlit obrazlariga birlashuvi yuz
beradi. Idrok narsalarni umuman, uning hamma hususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi, bunda idrok
xissiy bilishning o‘ziga xos hususiyatlari bilan sifat jixatdan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi.
Idrokning quyidagi muxim hususiyatlari bor: predmetlilik yaxlitlik, strukturalilik, barqarorlik va
anglanilganlikdan iborat.
Idrokning predmetliligi tashqi dunyodan olinadigan axborot o‘sha dunyoga mansubligida ifoda
etiladi, masalan, g’isht bilan portlovchi modda bog’lami paypaslab ko‘rilganda bir–biriga juda ham
o‘xshash bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin ularning amalda qay tarzda ishlatilishi bilan bog’liq asosiy
hususiyatlari borki, bunda idrokning predmetliligi yordam beradi.
Idrokning yana bir hususiyati uning yaxlitligidir. Sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan narsaning ayrim
hususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farqli o‘laroq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblanadi.
O‘z–o‘zidan ravshanki, bu yaxlit obraz narsaning ayrim hususiyatlari va belgilari haqida turli xil
sezgilar tarzida olinadigan umumlashtirish negizida tarkib topadi.
Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi manbai bir tomondan, aks ettiriladigan obyektlarning o‘ziga
xos hususiyatlarida va ikkinchi tomondan, insonning konkret faoliyatida gavdalanadi.
Idrokning narsalar bilan qilinadigan faoliyat jarayonida shakllanadigan konstantligi–kishi hayoti va
faoliyatining zarur shartidir. Busiz inson cheksiz rang–barang va o‘zgaruvchan olamda mo‘ljal ola
bilmasdi. Konstantlik hususiyati narsaning va uning yashash sharoitining birligini aks ettirar ekan,
tevarak–atrofdagi olamning nisbatan barqarorligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |