Qulunlar hayotining dastlabki bir oyi mobaynida onasini har soatda emishi kerak. Ular 1–1,5 oylikdan boshlab o’simliklar bilan, 2-oyi oxiridan boshlab esa kontsentrat ozuqalarga o’rgatila boriladi. - Qulunlar hayotining dastlabki bir oyi mobaynida onasini har soatda emishi kerak. Ular 1–1,5 oylikdan boshlab o’simliklar bilan, 2-oyi oxiridan boshlab esa kontsentrat ozuqalarga o’rgatila boriladi.
- Qulunlar 6–7 oyligida onasidan ajratiladi. Onasidan ajratilishining eng yaxshi muddati avgust-oktiyabrь oylari hisoblanadi. Onasidan ajratilgan yosh qulunlar sutkasiga 4 marta oziqlantiriladi. Kontsentrat ozuqalar sutkasiga 3 mahal, pichan 3 mahal, shirali ozuqalar 2 mahal beriladi.
Qulun – otning bir yoshgacha bo’lgan bolasi. 2 yoshlisi “toy”, 3 yoshdagisi “g’o’non”, 4 yoshlisi “do’non”, 5 yoshdan keyin “ot” deb ataladi. - Qulun – otning bir yoshgacha bo’lgan bolasi. 2 yoshlisi “toy”, 3 yoshdagisi “g’o’non”, 4 yoshlisi “do’non”, 5 yoshdan keyin “ot” deb ataladi.
- Nimjon tug’ilgan qulunlarning har bir boshi hisobiga issiq suvga aralashtirilgan sigir suti beriladi. Bunda bir litr sutga 20–25 gramm qand ham qo’shiladi.
- Oktyabrdan to yanvarga qadar erkak toylarga 100 kg tirik vaznga 2,8, urg’ochi toylarga har 100 kg tirik vaznga 2,5 ozuqa birligi beriladi.
- Bunda har bir ozuqa birligiga 105–106 g hazmlanuvchi oqsil, 6,5–7,5 kalьtsiy, 5,5–6 g fosfor va 20 mg karotin to’g’ri kelishi kerak. Dastlabki oylarda toylar ratsionining 50–60 foizini to’yimliligi bo’yicha kontsentrat ozuqalar tashkil etadi. Ratsiondagi dag’al ozuqalar miqdori asta-sekin oshib boradi. Yoz kunlari qulunlar kuni bilan yaylovda bo’lib, faqat kun juda isib ketgan vaqtdagina otxonaga haydab kiritiladi, kontsentrat ozuqlar bilan boqiladi.
- Otlarni otxonalarda taqasiz, bog’lamasdan erkin holda boqish maqsadga muvofiqdir. Otxonaning yorug’, quruq, shamolsiz va toza bo’lishi otlar sog’ligi uchun juda foydalidir. Yorug’likda otlar organizmida modda almashinuvi tezlashadi. Buning uchun derazalar poldan 1–1,5 m balandlikda quriladi. Harorat 8–10ºS bo’lishi kerak.
- Ayg’irlarni zooveterinariya qoidasi asosida ozuqlantirish ularning jinsiy faolligini oshiradi. Ayg’irlarning ratsionida boshoqli va dukkakli pichanlar, arpa yormasi, sabzi, beda, go’sht-suyak va qon uni, tuxum va boshqa oqsil vitaminlar hamda mineral moddalarga boy bo’lgan ozuqalar bo’lishi kerak. Ularning haddan tashqari semirib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Oxurlarda doimo Lizun tuzi bo’lishi kerak. Ayg’irlarning 100 kg tirik vazni hisobiga sutkasiga 2 kg ozuqa birligi to’g’ri kelishi kerak.
- Tug’ishiga 2 oy qolganda biyalar barcha ishlarda ozod qilinadi, 15-20 kun qolganda esa tagiga to’shama solingan doimiy og’ilxonalarga ko’chiriladi. Qulunlashga 1-2 kun qolganda biyaning yelini ko’pchib, yelin so’rg’ichlaridan yelimga o’xshash suyuqlik kela boshlaydi. Tug’ish oldidan bezovtalanadi, ozuqa yemay qo’yadi. Qulunlash 20-40 minut davom etadi, to’lg’oq 2-3 minutda qaytalanadi. Qulun tug’ilganidan keyin kindigi qornidan 5-6 sm pastroqdan toza ip bilan bog’lanib, qaychida qirqiladi. Qirqilgan joyga yod surkaladi. Agar biyaning yo’ldoshi 12 soat ichida tushmasa, veterinariya vrachiga murojaat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |