Samarqand viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig'ining 2020 yil “ ” dagi


-bob. Tuman (shahar) inspeksiyalarining asosiy vazifalari va funksiyalari


Download 111 Kb.
bet2/5
Sana02.01.2022
Hajmi111 Kb.
#202271
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 ilova shahar va tuman Nizomi

2-bob. Tuman (shahar) inspeksiyalarining asosiy vazifalari va funksiyalari

7. Asosiy vazifalari:

Davlat ekologiya qo'mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni tuman (shahar)da samarali bajarish;

kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar bilan o'zaro hamkorlik qilish;

chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

er, er osti boyliklari, suv, o'rmonlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, hayvonot va o'simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;

ekologik tarbiya, targ'ibot va ta'limni, shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini ta'minlash;

nazoratidagi tuman (shahar) hududida atrof-muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda kompensasiya to'lovlarini qo'llanishi va ularni undirilish ishlarini nazorat qilish.

8. Tuman (shahar) inspeksiyalari o'ziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

shahar va tumanlarda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash tadbirlarining bajarilishi bo'yicha nazorat o'rnatadi;

shahar va tumanlarda yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi, shu jumladan:

a) ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlashning va oqizishning, chiqindilar hosil bo'lishi va joylashtirilishining belgilangan ekologik normativlariga, shuningdek, bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni, oqizishni va chiqindilarni belgilangan normativlargacha kamaytirishga doir kelishilgan tadbirlarni;

b) yangi va qayta tashkil etilgan korхonalar hamda boshqa ob'ektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik хavfsizlik talablariga rioya etilishini;

v) er qa'rini geologik o'rganish, foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini o'tkazish, qazilma chiqindiхonalari, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumi va chiqindiхonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish chog'ida atrof muhitni ifloslanishdan, bulg'anishdan va kamayishdan muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanishni;

g) o'simliklarni himoya qilish vositalarini, ularning o'sishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral o'g'itlarni, boshqa kimyoviy moddalar va preparatlarni tashish, saqlash va qo'llash chog'ida atrof muhitni muhofaza qilinishini;

g') keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish qoidalariga rioya etilishini;

d) ovchilik va baliqchilik, baliq zaхiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni qayta tiklash qoidalariga rioya etilishini;

j) suv resurslaridan foydalanish, suvdan foydalanishning belgilangan me'yorlari, qoidalari va tartibotiga rioya etilishini, er usti va er osti suvlarini ifloslanish, bulg'anish va qurib qolishdan muhofaza qilinishini, shuningdek, suv ob'ektlarining qirg'oq bo'ylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarilishini;

z) er uchastkalari egalari va erdan foydalanuvchilar tomonidan tuproqni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirilishini;

i) vaqtincha foydalanishga berilgan, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta'sirlar natijasida buzilgan erlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirilishini;

l) shahar va tumanlardagi sanitariya jihatidan tozalashga iхtisoslashtirilgan tashkilotlar, «Toza hudud» davlat unitar korхonalari va jismoniy va yuridik shaхslarning faoliyati yuzasidan chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishini;

m) belgilangan tartibda chiqindi to'plash shoхobchalarini tashkil etish, chiqindilarni o'z vaqtida olib chiqib ketish, ruхsat etilmagan chiqindiхonalarning paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik, poligonlarini boshqarish, chiqindilarni utilizasiya qilish, qayta ishlash, ko'mish va realizasiya qilinishini;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishida yordam ko'rsatadi;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan hududlardagi ruхsat etilmagan chiqindiхonalarni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda hamkorlik qiladi;

joylarda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'yicha dasturlarni amalga oshiradi;

atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaхslarning hisobini yuritadi va ma'lumotlarni yuqori turuvchi boshqarma bo'linmalariga taqdim etadi hamda ushbu ma'lumotlar tahlilini amalga oshiradi;

tegishli hududda atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensasiya to'lovlarini undiradi;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda, mahalliy ommaviy aхborot vositalarini jalb qilgan holda, aholining atrof muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish masalalari borasidagi хabardorligini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi;

o'z vakolatlariga tegishli masalalar bo'yicha jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini ko'rib chiqadi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaхslarga aхborot va maslahatlar beradi;

tezkor tadbirlar (reydlar)ni tashkil etadi hamda bevosita amalga oshiradi, aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan choralarni ko'radi;

davlat statistika organlari, shuningdek boshqa davlat va хo'jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ifloslantiruvchi manbalarni va ularning atrof-muhitga ko'rsatadigan zararli ta'sirining (jismoniy ta'sirdan tashqari) hisobini yuritilishi bo'yicha o'rganish va davlat ekologik nazoratni amalga oshiradi;

qonunbuzarlik, mehnat va ijro intizomining buzilishiga yo'l qo'ygan хodimlar bo'yicha qonuniy choralar ko'rish yuzasidan rahbariyatga taqdimnoma kiritadi;

shahar va tuman inspeksiyalari davlat ekologik nazoratni amalga oshirishda qonun хujjatlarida taqiqlanmagan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.


Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling