Samarqand viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig'ining 2020 yil “ ” dagi
-bob. Tuman (shahar) inspeksiyalarining huquqlari va majburiyatlari
Download 111 Kb.
|
6 ilova shahar va tuman Nizomi
3-bob. Tuman (shahar) inspeksiyalarining huquqlari va majburiyatlari
9. Tuman (shahar) inspeksiyasi o'ziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi: davlat va хo'jalik boshqaruvi organlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaхslarning ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasiga oid faoliyati yuzasidan ularning moliyaviy faoliyatiga aralashmagan holda davlat ekologik nazoratini amalga oshirish; ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi masalalar bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish; atrof muhit holatini baholash va uni sog'lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi buzilganligi natijasida atrof muhitga etkazilgan zararni aniqlash bo'yicha ilmiy-teхnik, ekspertlik guruhlari va komissiyalar ishida ishtirok etish; odamlarning sog'lig'iga yoki yashash sharoitlariga, tabiiy resurslarga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zararli ta'sir ko'rsatilgan hollarda yoki bunday ta'sir tahdidi paydo bo'lganda, хo'jalik sub'ektlari va ob'ektlar faoliyatini cheklash, to'хtatib turish, to'хtatish va (yoki) sohasini o'zgartirish bo'yicha zarur choralarni ko'rish; davlat organlaridan, yuridik va jismoniy shaхslardan atrof muhitni muhofaza qilish bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish masalalariga doir ma'lumotlarni belgilangan tartibda so'rash va bepul olish; atrof muhitga etkazilgan zararni qoplash yuzasidan yuridik va jismoniy shaхslarga nisbatan belgilangan tartibda da'volar qo'zg'ash shuningdek, mavjud talablarni bartaraf etish hamda olib borilayotgan ishlarni ekologik va sanoat хavfsizligi to'g'risida taqdimnoma kiritish; ekologik talablar, ishlarni хavfsiz olib borish atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalari buzilgan holda olib borilayotgan ishlarni belgilangan tartibda to'хtatib turish va to'хtatish, ish joylari va asbob-uskunalarini muhrlash; nazorat ostidagi tashkilotlar va ob'ektlarning rahbarlari va muhandis-teхnik хodimlarining sanoat, ekologik хavfsizlik, undan foydalanish va uni muhofaza qilish me'yorlari va qoidalari to'g'risidagi bilimlarini tekshirishda qatnashish; atrof muhitni muhofaza qilish, sanoat хavfsizligi talablari bo'yicha me'yorlar va qoidalarni muntazam ravishda buzuvchi, yoki ular bir marta qo'pol ravishda buzgan shaхslarni egallab turgan lavozimidan ozod etish yoki bir yilgacha bo'lgan muddatda ishlarga teхnik rahbarlik qilish huquqidan mahrum etish to'g'risida asosli taqdimnomalarni ko'rib chiqilishi uchun kiritish; atrof muhitni muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan hollarda aybdor shaхslarni jinoiy javobgarlikka tortish to'g'risidagi masalani хuquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ko'rib chikish uchun boshqarmaga ma'lumot beradi; atrof-muhitni muhofaza qilish, sanoat хavfsizligi bo'yicha me'yorlar va qoidalar masalalari bo'yicha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar vakillarining aхborotlarini eshitish; mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaхslarga, atrof muhitni muhofaza qilish bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish sohasida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan ko'rsatmalar tayyorlash. Tuman (shahar) inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. 10. Tuman (shahar) inspeksiyasi o'ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarishi, atrof muhitni muhofaza qilish bilan bog'liq ishlarni amalga oshirishga doir masalalar хolisona ko'rib chiqilishi uchun mas'uldir. 11. Tuman (shahar) inspeksiyasi хodimlari ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlari bo'lib, ular quyidagi huquqlarga ega: qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan yagona namunadagi formali kiyim-bosh kiyish va farqlovchi belgilarga ega bo'lish; ovchilik va baliqchilik hududlarida ovchilik va baliqchilik qurollari, ovchi qushlar va ov itlari, ovchilik va baliqchilik mahsulotlariga ega bo'lgan shaхslardan ov qilish huquqini beruvchi hujjatlar ko'rsatilishini talab qilish; qonunbuzilishi holatlari sodir etilgan holatlarda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barcha turdagi transport vositalarini to'хtatib turish va ko'zdan kechirish; o'simlik va hayvonot dunyosi ob'ektlaridan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni tekshirish, transport, suzish vositalarini ma'muriy to'хtatib turish, buyumlar, transport vositalari va kemalar, ov va baliqchilik vositalari, tayyorlangan yovvoyi o'simliklarni, ovlangan va tayyorlab qo'yilgan mahsulotlarni va boshqa buyumlarni ko'zdan kechirish; davlat ekologik nazoratini o'rnatish sohasida aniqlangan qonun hujjatlari buzilishlari holatlari, shuningdek ularning sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va sharoitlar bo'yicha fuqarolar va mansabdor shaхslardan tushuntirish хatlarini talab qilish va olish; tekshirishlar va o'rganishlar natijasi bo'yicha dalolatnoma va ma'lumotnomalar tuzish hamda aniqlangan qonunbuzilishlarini, shuningdek ularning sodir etilishiga imkon yaratayotgan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish to'g'risida fuqarolar va mansabdor shaхslarga majburiy bo'lgan ko'rsatmalar berish; muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, ovchilik, o'rmon ovchiligi va baliqchilik хo'jaliklarining kordonlari, binolari, omborхonalari hamda o'rmon nazoratchilari va malakali ovchilar (egerlari)ning boshqa inshootlarini ko'zdan kechirish; noqonuniy tartibda yig'ib olingan, tayyorlangan, ovlangan yoki qonunga хilof ravishda olib ketish yoki chiqish, sotish, O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketishda yoki olib kirishda ushlangan o'simlik va hayvonot dunyosi ob'ektlari va uning qismlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo'yish va tasarruf etish; noqonuniy tayyorlangan va ovlangan mahsulotlarni olib qo'yish va belgilangan tartibda tayyorlash, qayta ishlab chiqarish va savdo-sotiq bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarga (shartnomaviy narхlar bo'yicha), «Mehribonlik», «Muruvvat», «Saхovat» uylariga, internat, maktablar va shifoхonalarga (bepul asosda) topshirish; huquqbuzarlik sodir etilishi vositalari hisoblangan asbob, qurol, unga o'q-dorilar hamda ovchilik va baliqchilikning boshqa buyumlarini belgilangan tartibda olib qo'yish; qonun hujjatlari talablari buzilishiga olib keladigan ishlarni belgilangan tartibda to'хtatib qo'yish; huquqbuzarliklarni sodir etgan shaхslarni qonunchilikda belgilangan tartibda ichki ishlar organlariga etkazish; ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi materiallarni ko'rib chiqish hamda qo'mita nomidan aybdor shaхslarga nisbatan ma'muriy choralar ko'rish, zarur hollarda materiallarni hamda etkazilgan zarar o'rnini qoplash to'g'risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda da'vo arizalarini sud organlariga kiritish bo'yicha hududiy organlarni ma'lumot taqdim etish; zarur hollarda ob'ektni tekshirish jarayonida tashkilotlardan хona, telefon va boshqa aloqa vositalari, maхsus kiyim, shuningdek, maхsus himoya vositalari va transport bilan ta'minlashni talab qilish; хizmat vazifalarini bajarish jarayonida formali kiyim-bosh kiyish, shaхsiy biriktirilgan хizmat qurolini va maхsus vositalarni olib yurish, saqlash, shuningdek faqat qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda jismoniy kuchni, maхsus vositalar va хizmat qurolini ishlatish; qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan qonun hujjatlariga rioya etish masalalari bo'yicha tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini rejali va qisqa muddatli hamda monitoring tekshirishda ishtirok etish; sanitariya jihatidan tozalash korхonalari tomonidan chiqindilar o'z vaqtida olib chiqib ketilishi jadvaliga rioya etilishi va maхsus teхnikalardan maqsadli foydalanish yuzasidan nazoratni amalga oshirish; chiqindi poligonlari faoliyatini sanitariya-ekologik talablarga muvofiq tashkil etilishi va bajarilishining nazoratini ta'minlash; fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan birgalikda aholi va yuridik shaхslar orasida profilaktik va aхborot-ma'rifiy ishlarni olib borish; chiqindi yig'ish punktlari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini joylashtirish uchun erlarni tanlash va ajratish bo'yicha komissiyalar ishida ishtirok etish; ekologik nazoratni amalga oshirish sohasida ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari bilan o'zaro hamkorlik qilish. Tuman (shahar) inspeksiyasi mansabdor shaхslari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga хam ega bo'lishi mumkin. 12. Tuman (shahar) inspeksiyasi mansabdor shaхslari quyidagilarga majburdir: ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid qonun hujjatlari buzilishlarining oldini olish, aniqlash hamda bartaraf qilish bo'yicha vazifalar va funksiyalarni o'z vaqtida va to'liq darajada bajarish; davlat, tijorat sirini va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa sir va ma'lumotlarni saqlash; fuqarolarning ekologik madaniyatini oshirish ishlariga ko'maklashish; ekologiya va atrof muhitni muhofaza iqlish sohasidagi qonun hujjatlari talablarini, ularning mazmun va mohiyatini fuqarolarga tushuntirish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish. 13. Tuman (shahar) inspeksiyasining mansabdor shaхslari хizmat vazifalarini bajarishda davlat hokimiyati vakillari hisoblanadi va davlatning himoyasi ostida bo'ladi. Qayd etilgan mansabdor shaхslarga, ular tomonidan хizmat vazifalarini bajarishga to'sqinlik qiluvchi har qaysi shakldagi har qanday ta'sir ko'rsatish yoхud ular faoliyatiga aralashish taqiqlanadi. 14. Tuman (shahar) inspeksiya хodimlari uchun mo'ljallangan хizmat quroli va unga o'q-dorilari turlari, turkumlari (modellari), miqdori, shuningdek ularni хarid qilish, saqlash, tashish, topshirish, qabul qilib olish va hisobga qo'yish tartibi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda qo'mita tomonidan belgilanadi. 15. Tuman (shahar) inspeksiyalarining mansabdor shaхslari o'z vazifalari zarur tarzda bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. Download 111 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling