SAMARQAND VILOYAT
QO’SHRABOT TUMAN XTBGA QARASHLI
34-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
6-SINF DARSLIGI
KOMBINATORIKAGA OID MASALALAR YECHIMI
USLUBIY QO’LLANMA
Muallif: Erkaboyeva Z. – 34-umumiy o’rta ta’lim maktabi
matematika fani o’qituvchisi.
6-sinf darsligida berilgan kombinatorikaga oid masalalar yechimi.
Ushbu qo’llanmada 6-sinf darsligida keltirilgan kombinatorikaga oid masalalar yechib ko‘rsatilgan. Bunda asosan ikkita: kombinatorikaning qo‘shish va ko‘paytirish qoidalariga tayanilgan.
*Izoh:
Ushbu qo’llanmada masalalar 6-sinf o‘quvchilariga mos holda yechib ko‘rsatilgan. Har bir masala ketma-ket raqamlangan bo‘lib, qavs ichiga ushbu masalaning darslikdagi raqami keltirilgan. Mustaqil foydalanuvchilar uchun bo‘lim oxirida masalalar kombinatorikaning: o‘rin almashtirish, o‘rinlashtirish va guruhlash formulalaridan foydalanib yechilgan.
**Eslatma:
Qo’llanmada yechib ko‘rsatilgan masalalarning javobi 6-sinf darsligida keltirilgan masalalar javoblari bilan bir xil bo‘lmasligi mumkin. Xususan, qo‘llanmadagi 2-masalada (6-sinf darsligidagi 1072-masala 2-varianti) raqamlar takrorlangan holda javob 125 ga teng. Qo‘llanmadagi 11-masala (6-sinf darsligida 1081-masala) javobi 6 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |