Samarqand viloyati hokimligiga Nusxasi: “Mustaqillik” mahallasi “Samarqand”


Download 16.42 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi16.42 Kb.
#1289356
Bog'liq
1Word (3)


Samarqand viloyati hokimligiga


Nusxasi: “Mustaqillik” mahallasi “Samarqand”
kо‘chasi 26-uyda yashovchi fuqaro
Ergasheva Gulnoraga

Samarqand viloyati hokimining telegramm messendjeriga 2022-yil 19-yanvar kuni “Mustaqillik” mahallasi “Samarqand” kо‘chasi 26-uyda yashovchi fuqaro Ergasheva Gulnoraning tumandagi “Bobur” massivida faoliyat yuritib kelayotgan “Hayrullo Abdusamat bog‘i” fermer xо‘jaligi rahbarining xatti-harakatlaridan norozi bо‘lib yozgan 198296-TG-sonli murojaati O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq tuman hokimligi va fermer dehqon xо‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman Kengashi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.


Murojaatda ko‘rsatilgan va murojaat muallifi muqaddam foydalanib kelgan tutzor yer maydoni “Hayrullo Abdusamat bog‘i” fermer xо‘jaligi hisobidagi yer maydonlari ekanligi ma’lum bо‘ldi.
Murojaat muallifiga ushbu yer maydonlaridan fermer xо‘jaligi bilan ikkilamchi ijara berish shartnomasi tuzgan holda foydalanishi mumkinligi tushintirildi.
Murojaat muallifi о‘z tushuntirishida murojaatini о‘rganish natijasi bо‘yicha berilgan huquqiy tushintirishdan e’tirpozi yо‘qligini va kelgusida fermer xо‘jaligi bilan ikkilamchi yer ijara shartnomasi tuzgan holda foydalanishini bildirdi.
Murojaat muallifiga, murojaatini o‘rganish natijasi bo‘yicha berilgan javobdan norozi bo‘lgan taqdirda yuqori turuvchi davlat idoralariga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqi borligi ma’lum qilinadi.
Tuman hokimi Sh.Qudratov
Ijrochi: B.Suyarov F.Saxaddinov
Tel: (+998) 66 492 52 50 Tel: (+998) 99 599 43 60
Download 16.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling