Samarqand viloyati


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana28.12.2022
Hajmi1.13 Mb.
#1019186
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
muhammad-yusuf-hayoti-va-ijodi-mavzusida-ilg-or-pedagogik-texnologiya-asosida-tayyorlangan-ochiq-dars-ishlanmasi

 
Ma’naviy daqiqa: 
 
Yillar o`tar og`ir-og`ir karvon bilan,
 
Bizga tutar baxt sharobin armon bilan,
 
Ko`zida yosh mo`ltiragan jayron bilan,
 
Muhammadni so`rab keldi bahorlari.
 
Yuragini alamlarga etib nisor,
 
Sog`inchlarda kuyar qirq kokilli nigor,
 
Olov qalbi kapalakday, deya xoksor,
 
Muhammadni so`rab keldi bahorlari. 


[505] 
Darsning shiori: 
“Odamlar! Avaylang bir – biringizni, 
Gul ham, muhabbat ham tirikka kerak”. 
Tashkiliy qism: 

O`quvchilarni “Mehr” va “Oqibat” guruhlarga ajratish va guruh sardorlarini 
saylash. 

Baholash mezonlari haqida tushuncha berish (“Ofarin”, “Barakalla”, 
“Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar). 
“DEBAT - SHOU “
o`tkaziladi. 
O`tkazish tartibi: 
Guruhlar har bir savol uchun bir daqiqa davomida bahs yuritadi. Qaysi guruh 
faolligi kuchli bo`lsa, shu guruh g`olib sanaladi. Shuningdek, bahs davomida: “Kechirasiz, 
so`zingizni bo`ldim”, “Mumkinmi, so`zlasam”, “To`g`ri aytasiz”, “Uzr, fikringizga biroz 
e’tirozim bor” kabi jumlalar bilan boshlashlari shart. Bu orqali o`quvchilarning nutq 
madaniyati shakllanib boradi. O`quvchilarning javoblari taxminan shu atrofda bo`ladi. 
“DEBAT - SHOU” savollari: 
1. Yaxshilik deganda nimani tushunasiz va bunga doim amal qilasizmi? 
2. “Salom” so`zining salmog`ini qanday oqlaymiz? 
3. Quyidagi ruboiyda yomonlik va yaxshilik haqida ta’kidlanadi. Ayting-chi, yomon 
odam yaxshilik qilishi mumkinmi? 
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko‘rmag‘ay yomonlig‘ hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.
(“DEBAT - SHOU”da ishtirok etganlarga tashakkur aytilib, ball sifatida rag`bat bahosi 
beriladi).

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling