Samarqandning antik davrdagi shaharsozlik madaniyati Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 29.58 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi29.58 Kb.
#1410535
  1   2
Bog'liq
5. Eronov Ma\'rufjon



Samarqandning antik davrdagi shaharsozlik madaniyati
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism
1. Samarqandning antik davrdagi tarixi
2. Afrosiyob – Samarqandning antik davrdagi asosiy shahri
3. Afrosiyob shahri devorlaridagi rasmlar
III. Xulosa

Kirish. Samarqand tarixiy shaharlarga boy hudud hisoblanadi. Samarqand sayyoramizdagi eng qadimiy shaharlardan biri bo‘lib, Rim va Afina bilan tengdoshdir. U 2750 yoshdan oshgan. Shahar har doim haqiqiy sharqona mehmondo‘stlikning chinakam namunasi bo‘lgani bilan ajralib turgan. Bu yerda bir necha millat vakillari doimo muammosiz yashab kelgan. Samarqandni odatda "Sharqiy Bobil" deb atashadi.
Unda go‘yo ulkan oynadagidek yo‘l aks etadi. Ko‘p avlodlar bosib o‘tgan yo‘l. Shaharning boy voqealari, yuksalishlar va pasayishlar, qimmatbaho topilmalar va eksponatlar, qadimiy obidalar dastlabki odamlar bu hududda ming yillar oldin yashay boshlaganliklarini tasdiqlashga imkon beradi.
Qadimgi afsonaga ko‘ra, Samarqand shahri tashkil etilganida (miloddan avvalgi VIII asrda) Zarafshon tog‘laridan qoplon kelib, shahar qurilishini ma’qullagan ekan. O‘shandan beri Samarqandda odamlar o‘zlarini qoplon bilan bog‘lashadi – ular xuddi o‘shanday mag‘rur, xuddi o‘shanday qat’iyatli va xuddi o‘shanday saxiydirlar. Samarqandning eng qadimiy shahri bu – Afrosiyob. U hozirgi Samarqandning shimoliy chegarasiga tutashgan keng boʻsh tepaliklar boʻlib, uning maydoni 219 ga. Tepalikning shim. Siyob arigʻi bilan chegaralangan. Jan. tomondan „eski shahar“ deb atalgan Samarqandga qoʻshilib ketgan. Afrosiyob — Samarqandning qadimgi xarobasi. Bu nom tarixiy manbalarda qadimgi Samarqandga nisbatan faqat 17-asrdan boshlab uchraydi. Qadimgi Samarqand sugʻd manbalarida Smarakanve deb atalgan. Mil. av. 4-asrda Samarqand Aleksandr Maqsuniy qoʻshinlari tomonidan istilo etilgach, yunon mualliflari kundaliklarida Maroqanda sifatida eslatiladi. Maroqanda Smarakanvening yunoncha tarjimasi. Movarounnahrda somoniylar hokimiyat tepasiga kelgach, qadimgi Smarakanve 9-asrdan boshlab Samarqand deb atala boshlandi.
11 — 15-asrlarda turkiy tilda bitilgan adabiyotlarda Samarqand Semizkent sifatida uchraydi. 15 — asrdan forsiy va turkiy tillardagi manbalarda bir xilda Samarqand nomi ishlatiladigan boʻldi.

Shaharning dastlabki tarixi haqida yozma manbalarda maʼlumotlar juda kam uchraydi. Koʻhna shaharda oʻtkazilgan arxeologik qazishlar esa bunday maʼlumotlarni koʻproq bermoqda.


Arxeologik qazishmalar bir necha metr qalinlikdagi madaniy qatlamlar qanday boʻlganligini koʻrishga, boylar va kambagʻallarning uylarini, hunarmandlarning ustaxonalarini, savdogarlarning doʻkonlarini, ko'cha va maydonlarni, shohona saroylar va ibodatxona, masjid va madrasalarni, mudofaa inshootlarini, shaharning suv bilan taʼminlash tizimi va h.k.ni aniqlashga yordam beradi.
Afrosiyob va uning topilmalariga qiziqish 1868 yilda Chor Rossiyasi tomonidan Samarqand bosib olingandan keyin boshlandi. Afrosiyobda dastlabki qazish ishlari bilan mayor Borzenkov (1874), podpolkovnik V. V. Krestovskiy (1883), sharqshunos olimlar N. I. Veselovskiy (1884-85, 1895), V. V. Bartold (1904) va V. L. Vyatkin (1905; 1912— 13)lar shugʻullanishdi. 1919 yilda M. YE. Masson, V. L. Vyatkin tadqiqot boshlagan joylarda qazish ishlarini davom ettirib, somoniylar saroyi (9-asr) xarobalarini ochdi. 1925, 1929—30 ylarda V. L. Vyatkin Afrosiyobda qazish ishlarini davom ettiradi va uning turli davrdagi tarixiga oid koʻplab materiallar toʻplaydi. Ammo 1930 yillarga qadar Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazishmalar qadimgi Samarqand tarixiga doir juda kam materiallar bergan. Urushdan keyin Oʻzbekiston FAning Tarix va arxeologiya instituti olimlaridan Afrosiyob I. Terenojkin tomonidan Afrosiyobda jiddiy dala tadqiqotlari oʻtkazildi. Natijada uning eng pastki qatlamidan miloddan avvalgi 6—5-asrlarga taalluqli buyumlar, uy-joy xarobalari topildi. V. Afrosiyob Shishkin (1958-66) va Ya. F. Gʻulomov (1967—70)lar rahbarligida olib borilgan keng koʻlamli arxeologik qazishlar natijasida qadimgi madaniy qatlam materiallari Afrosiyobning boshqa joylaridan ham topildi. 1966 yil 13 iyulda Afrosiyobni arxeologik jihatdan kompleks oʻrganishni tashkil etish maqsadida Respublika hukumatining maxsus qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Afrosiyob „arxeologik qoʻriqxona“ deb eʼlon qilinib, uni oʻrganish ishiga Toshkent va Samarqand davlat universitetlari hamda Madaniyat vazirligining Sanʼatshunoslik instituti ham safarbar etildi. Aniq ilmiy rejalar asosida boshlangan arxeologik tadqiqotlar tufayli nafaqat shaharning koʻp asrlik yoshi, balki uning har xil davrlardagi tarixiy topografiyasi, shahar tarkibi, shahar hayotining rivojlanish bosqichlari, bosqinlar tufayli yuz bergan bo'hronlar davri aniqlandi. Samarqand yushshdlarining shohona saroyi ochildi.
Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar Samarqand miloddan avvalgi 8—5-alarda Sugʻdiyonaning markaziy shahri sifatida vujudga kelganligini koʻrsatadi. Mil. av. 329 yilda shahar Aleksandr Maqduniy qoʻshinlari tomonidan vayron etilgan, uning izlari hozirgacha shahar mudofaa inshootlarida yaxshi saqlangan. Mil. av. 3 — 1-asrlarda, Kushonlar saltanati davrida shahar hayotida yuksalishlar yuz bergan. Mil. av. 3-asrda shahar qoʻshaloq mudofaa devori bilan oʻrab olingan. U davrlarning qalin ma-daniy qatlami Afrosiyobning shim.da, uning arki aʼlosi joylashgan qismida yaxshi saqlangan. Arxeologik materiallar va yozma manbalarda taʼkidlanishicha, bu zamonda Samarqand orqali Buyuk ipak Yoʻli oʻtgan, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik rivoj topgan. Ilk oʻrta asrlarda Samarqand Sugʻdiyonaning bosh shaxri sifatida nufuzli mavqega ega boʻlib, shahar ijtimoiy va iqtisodiy hayotida tub oʻzgarishlar yuz berdi. Badavlat dehqon xoʻjaliklari kuchaydi, xuddi shu kezlarda ularning qasrlari joylashgan Afrosiyobning shim. qismi mudofaa devori bilan oʻrab olindi. Bu holat Movarounnaxr va unga qoʻshni viloyatlarda ham yuz berdi. Bu davrda Samarqand hukmdorlari „Ixshid“, Buxoro hukmdorlari esa „Buxorxudot“ deb atalgan. 712 yilda arablar fotixi Qutayba ibn Muslim qoʻshin tortib kelganda, Samarqandning mudofaa devorlari mustahkam boʻlib, atrofida suv toʻla xandaq bor edi. Qutayba Samarqanda Fargʻona, Shosh va turklardan yordamga kelgan lashkarlarni enggach, koʻmaksiz qolgan Sugʻd hokimi Gʻurak noiloj u bilan sulh tuzdi, shaharning ichki qismi (shahriston)ni arablarga boʻshatib berishga majbur boʻldi. Arxeologik topilmalar islomga zid boʻlgan haykal va devoriy rasmlarning ataylab qilich bilan chopilganini isbotlaydi.
9-asrning ikkinchi choragidan Movarounnahrda hokimiyat somoniylar qoʻliga oʻtdi. Buxoro ularning markaziga aylandi. Shu davrda Samarqand iqtisodiy va madaniy jihatdan tez rivojlandi. Afrosiyobda somoniylar davrida oʻymakor ganch naqshlar bilan bezatilgan saroylar, badavlat dehqon xonadonlari, masjid va madrasalar, hammom va kanalizasiyalar, tosh koʻchalar topilmoqda. Shaharni suv bilan taʼminlash ogʻirligidan aholining ehtiyojini qondirish uchun shahar hayotining dastlabki yillaridayoq Dargʻom tomonidan kanal qazib, suv keltirilgan. Ana shu kanal izlari hozirgi shahar xiyobonining jan.da, Alisher Navoiy haykali qad koʻtarib turgan maskanda ochib oʻrganildi. Bu kanal Registon maydoni orqali Hazrati Xizr masjidi tomon yoʻl olgan. Tarixiy manbalarga koʻra Afrosiyobga jan.dan kiraverishda shahar xandaqi ustiga pishiq gʻishtlardan ravoqli suvay-irgʻich qurilib, uning tepasidan katta ariq oʻtkazilgan. Bu ariqni „Juyi arziz“ („Qo`rg`oshin ariq“) deb ataganlar. Ariq shu erda uchga boʻlingan va shahar oralab Siyob arigʻi boʻyiga borgan.
10-asrning oxirida Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar qoʻliga oʻtganida xam Samarqanda savdo, hunarmandchilik, shahar obodonchilik ishlari davom etadi. Shaharning hunarmandchilik qiyofasi kuchayib, zodagon dehqon qasrlari endi shahar tashqarisida, ularning dala hovlilarida markazlashadi. 1220 yilda Chingizxon qoʻshinlari „Juyi arziz“ toʻgʻonini buzib, shaharni suvsiz qoldirdi. Shahar mudofaachilari tengsiz jangda taslim boʻldilar. Bosqinchilar shaharning devor va darvozalarini vayron qilib saroy, masjid va madrasalarga, aholi xonadonlariga oʻt qoʻydilar. Aholining katta qismi jangda qirildi, hunarmandlar Moʻgʻulistonga haydab ketildi. Shaharni soʻnggi mudofaachilari Jome masjidiga yashirinib, qarshilikni davom ettirdilar. Ularning olovda yongan tanalari jang kiyimida bizgacha yetib kelib, arxeologik qazish vaqtida topildi. „Qoʻrgʻoshin ariq“ qayta tiklanmadi. Afrosiyobda suvsiz qolgan aholi Siyobdan charxpalakda suv chiqarib, kun ko'rgan, soʻng aholi bora-bora Ani butunlay tashlab ketgan. Kimsasiz xarobaga aylangan qadimgi Samarqand avvallari „Hisori koʻhna“, „Qal`ai Hisor“ atalib, 17-asrdan boshlab aholi orasida „Qal`ai Afrosiyob“ yoki „Afrosiyob“ deb atala boshlangan.
Afrosiyobda qazishma ishlari ayniqsa Samarqandda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti tashkil topgach, keng koʻlamda kuchaydi. Ya. Gʻ. Gʻulomovdan soʻng Afrosiyobdagi arxeologik qazishmalarga G. V. Shishkina, Sh. Toshxoʻjaevlar rahbarlik qildi. Keyingi yillarda (1989 yildan) Afrosiyobni arxeologik jihatdan tadqiq etish ishiga fransuz arxeologlari — Pol Bernar, Frans Grene va b. jalb etilgan. Fransuz arxeologik missiyasi Oʻzbekiston arxeologlari bilan (M. Isomiddinov va b.) hamkorlikda Afrosiyobni oʻrganishda qatnashmoqsa. Oʻzbek va fransuz olimlarining hamkorlikda olib borgan tadqiqot natijalari qadimgi Samarqand tarixiga oid qator masalalarga aniqlik kiritdi, yaʼni miloddan avvalgi 6—5-asrlarga taalluqli shahar mudofaa devorlari ostidan guvalaqdan qurilgan yanada qadimgi devor qoldiqlari ochilib, Samarqandning yoshi miloddan avvalgi 8-asr oʻrtalariga oid ekanligi isbotlaydi; shaharning arki aʼlo qismidan milodiy 8-asrga oid murabba (70x70) shaklidagi Samarqand ixshidlarining mahobatli saroyi qoldiqlari ochildi. Afrosiyobda arxeologik tadqiqot ishlari davom etmoqda.
AFROSIYOB — Samarqandning qadimgi shahar xarobasi. Shahariing mazkur qadimgi nomi miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda Turon davlatini boshqargan harbiy sarkarda va mashhur davlat arbobi Afrosiyob nomidan kelib chiqqan. Turkiy manbalarda u Afrosiyob Er To‘nga, forsiy manbalarda Afrosiyob nomi bilan tilga olinadi. Ko‘pchilik mutaxassislar Afrosiyobni hozirga qadar afsonaviy timsol sifatida e'tirof etadi. Ammo Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg’ariy, Alisher Navoiyning asarlarida va yana ko‘plab boshqa manbalarda u real tarixiy shaxs ekani qayd qilinadi. Afrosiyob nomi tarixiy manbalarda qadimgi Samarqandga nisbatan XVII asrdan boshlab qo‘llaniladi. Afrosiyob hozirgi Samarqandning shimoliy chegarasiga tutash keng tepaliklardan iborat bo‘lib, uning maydoni 219 ga. Tepalikning shimoli Siyob arig’i bilan chegaralangan. Janubiy tomondan "eski shahar" deb atalgan qismi Samarqandga ko‘shilib ketgan. Shaharning dastlabki tarixi haqida yozma manbalarda ma'lumotlar juda kam uchraydi. Asosiy ma'lumotlar ko‘hna shaharda o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida qo‘lga kiritilmoqda. Arxeologik qazishmalar qalin madaniy qatlamlarning qanday bo‘lganiga aniqlik kiritish bilan birga, boylar va kambagallarning uylarini, hunarmandlarning ustaxonalarini, savdogarlarning do‘kon-larini, ko‘cha va maydonlarni, shohona saroylar va ibodatxona, masjid va mad- rasalarni, mudofaa inshootlarini, shaharning suv bilan ta'minlanish tizimini aniqlashga yordam beradi. 1930 yillarga qadar Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazishmalar qadimgi Samarqand tarixiga oid juda kam ma'lumot bergan. II jahon urushidan keyin O‘z FA Tarix va arxeologiya instituti olimlari, A.I.Terenojkin tomonidan Afrosiyobda jiddiy dala tadqiqotlari o‘tkazildi. Natijada uning eng pastki qatlamidan miloddan avvalgi VI-V asrlarga taalluqli buyumlar, uy-joy xarobalari topildi. Ya.G‘.G‘ulomov (1967-70) va V.A.Shishkin (1958-66) rahbarligida olib borilgan keng ko‘lamli arxeologik qazishlar natijasida qadimgi madaniy qatlam namunalari Afrosiyobning boshqa joylaridan ham topildi. 1966 yil 13 iyulda Afrosiyobni arxeologik jihatdan komlleks o‘rganishni tashkil etish maqsadida respublika hukumatining maxsus qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, Afrosiyob "arxeologik qo‘riqxona" deb e'lon qilinib, uni o‘rganish ishiga Toshkent va Samarqand davlat universitetlari hamda Madaniyat vazirligining San'atshunoslik instituti olimlari safarbar etildi. Aniq ilmiy reja asosida boshlangan arxeologik tadqiqotlar tufayli nafaqat shaharning ko’p asrlik yoshi, balki uning har xil davrlardagi tarixiy topografiyasi, shahar tarkibi, shahar hayotining rivojlanish bosqichlari, bosqinlar tufayli yuz bergan bo‘hronlar davri aniqlandi. Samarqand ixshidlarining shohona saroyi ochildi. Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar Samarqand miloddan avvalgi VIII-V asrlarda Sug‘diyonaning markaziy shahri sifatida vujudga kelganligini ko‘rsatadi. Miloddan avvalgi 329 -yilda shahar Aleksandr Makedonskiy qo‘shinlari tomonidan vayron etilgan, uning izlari hozirgacha shahar mudofaa inshootlarida saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi III-I asrlarda shahar hayotida yana yuksalish yuz bergan. Miloddan avvalgi III asrda shahar qo‘shaloq mudofaa devori bilan o‘rab olingan. U davrlarga oid qalin madaniy qatlam Afrosiyobning shimolida, uning arki joylashtan qismida yaxshi saqlangan. Arxeologik materiallarning guvohligi hamda yozma manbalarda ta'kidlanishicha, o‘sha davrda Samarqand orqali Buyuk ipak yo‘li o‘tgan, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik rivoj topgan. Ilk o‘rta asrlarda Samarqand Sug‘diyonaning bosh shahri sifatida nufuzli mavqega ega bo‘lib, shaharning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida tub o‘zgarishlar yuz bergan. Badavlat dehqon xo‘jaliklari kuchayib, xuddi shu kezlarda ularning qasrlari joylashgan Afrosiyobning shimoliy qismi mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Bu holat Movarounnahr va unga qo‘shni viloyatlarda ham yuz bergan. Bu davrda Samarqand hukmdorlari "ixshid" deb atalgan. 712 yilda arab sarkardasi Qutayba ibn Muslim qo‘shin tortib kelganda, Samarqandning mudofaa devorlari mustahkam bo‘lib, atrofi suv to‘la xandaq bilan o‘rab olingan edi. Qutayba Samarqandga Farg‘ona, Shosh va turklardan yordamga kelgan lashkarlarni yenggach, ko‘maksiz qolgan Sug‘d hokimi Gurak noiloj u bilan sulh tuzadi, shaharning ichki qismini (shahriston) arablarga bo‘shatib berishga majbur bo‘ladi. Arxeologik topilmalar islomga zid bo‘lgan haykal va devoriy rasmlarning ataylab qilich bilan chopilganini isbotlaydi. IX asrning ikkinchi choragidan Movarounnahrda hokimiyat somoniylar qo‘liga o‘tdi. Buxoro ularning markaziga aylandi. Shu davrda Samarqand iqtisodiy va madaniy jihatdan tez rivojlandi. Afrosiyobda somoniylar davrida o‘ymakor ganch naqshlar bilan bezatilgan saroylar, badavlat dehqon xonadonlari, masjid va mad-rasalar, hammom va quvurlar, tosh ko‘chalar topilmoqda. Shahar aholisining suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida shahar hayotining dastlabki yillaridayoq Darg’om tomonidan kanal qazib, suv keltirilgan. Ana shu kanal izlari hozirgi shahar hiyobonining janubida, Alisher Navoiy haykali qad ko‘tarib turgan maskanda ochib o‘rganildi. Bu kanal Registon maydoni orqali Hazrati Xizr masjidi tomon cho‘zilib ketgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, Afrosiyobga janubdan kiraverishda shaharni o’rab turgan xandaq ustiga pishiq g‘ishtlardan ravoqli suvayrig‘ich qurilib, uning tepasidan katta ariq o‘tkazilgan. Bu ariqni "Juyi arziz" ("Qo‘rg‘oshin ariq") deb ataganlar. Ariq shu yerda uchga bo‘lingan va shahar oralab Siyob arig‘iga qadar borgan. X asrning oxirida Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar qo‘liga o‘tganda ham Samarqandda savdo, hunarmandchilik, obodonchilik ishlari davom etadi. Shaharda hunarmandchilik rivojlanib, zodagon dehqon qasrlari endi shahar tashqarisida, ularning dala hov-lilarida markazlashadi. 1220 yilda Chingizxon qo‘shinlari "Juyi arziz" to‘g‘onini buzib, shaharni suvsiz qoldirdi. Shahar mudofaachilari tengsiz jangda taslim bo‘ldilar. Bosqinchilar shaharning devor va darvozalarini vayron qilib, saroy, masjid va madrasalarga, aholi xonadonlariga o‘t qo‘ydilar. Aholining katta qismi jangda qirildi, hunarmandlar Mo‘g‘ilistonga haydab ketildi. Shaharning so‘nggi mudofaachilari Jome masjidida yashirinib, qarshilikni davom ettirdilar. Ularning olovda yongan tanalari jang kiyimida saqlanib qolgan bo‘lib, arxeologik qazishlar chog‘ida topilgan. Shundan keyin "Qo‘rg‘oshin ariq" qayta tiklanmagan. Afrosiyobda suvsiz qolgan aholi Siyobdan charxpalakda suv chiqarib, kun ko‘rgan, keyinchalik aholi Afrosiyobni butunlay tashlab ketgan. Kimsasiz xarobaga aylangan qadimgi Samarqand avvallari "Hisori ko‘hna", "Qal'ai Hisor" deb atalib, XVII asrdan boshlab aholi orasida "Qal'ai Afrosiyob" yoki "Afrosiyob" deb atala boshlagan. Afrosiyobda qazishma ishlari ayniqsa Samarqandda O‘z FA Arxeologiya instituti tashkil topgandan keyin keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yildi. 1989 yildan boshlab Afrosiyobni arxeologik jihatdan tadqiq etish ishiga fransuz arxeologlari - Pol Bernar, Frani Grene va boshqalar jalb etilgan. Fransuz arxeologik missiyasi O‘zbekiston arxeologlari bilan birga Afrosiyobni o‘rganishda qatnashmoqda. O‘zbekiston va fransuz olimlarining hamkorlikda olib borgan tadqiqot natijalari qadimgi Samarqand tarixiga oid qator masalalarga aniqlik kiritdi, ya'ni miloddan avvalgi VI-V asrlarga taalluqli shahar mudofaa devorlari ostidan guvaladan qurilgan yanada qadimgi devor qoldiqlari ochilib, Samarqandning yoshi miloddan avvalgi VIII asrning o‘rtalariga oid ekanligini isbotladi: shaharning ark qismidan miloddan avvalgi VIII asrga oid murabba shaklidagi Samarqand ixshidlarining mahobatli saroyi qoldiqlari ochildi. Afrosiyobda arxeologik tadqiqot ishlari davom etmoqda. Afrosiyobda arxeologik qazishmalar natijasida mahobatli rangtasvirning noyob dastlabki namunalari arxeolog V.Vyatkin tomonidan topilgan (1913). Keyingi qazishmalar davrida (1965-1968) o‘zbek arxeologlari 30 ga yaqin saroy xonalarini ochishga muvaffaq bo‘lganlar, bu xonalarning ko‘plari devoriy rasmlar, naqshlar bilan bezatilgan. Shulardan katta (11x11) va kichik (7x7) xonalardagi rasmlarda bir necha erkak va ayol ark oldida o‘tirgan holda tasvirlangan. Katta xona devorlariga ishlangan rasmlar detallarga boyligi, sug‘d yozuvlarining saqlanib qolganligi bilan ahamiyatga ega. Xona devorlariga ishlangan rasmlarda to‘y marosimi, Sug‘d hukmdorining xorijiy davlatlarning elchilarini qabul qilishi, bu elchilarning yo‘ldagi sarguzashtlari, yirtqich hayvonlar bilan olishuv, ov manzaralari, afsonaviy maxluqlar tasvirlangan. Saqlanib qolgan rasmlar tahlili o‘rta asr mahobatli tasviriy san'atining g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishi, musavvirning ish usul va vositalari haqida, tafsilotlarga boy maishiy sahnalar, etnik ko‘rinishlar o‘sha davr haqida fikr yuritish imkonini beradi. Afrosiyob devoriy rasmlari yagona mazmunga bo‘ysundirilgan: markazda Sug‘d hukmdori Varxumon turadi, an'anaga ko‘ra, rassom uni boshqalarga nisbatan yirik ko‘rinishda (butun devor balandligida, 5-6 m) tasvirlab, hukmdorning buyukligini e'tirof etadi, unga abadiylik, qahramonlik baxsh etadi. Afrosiyob devoriy rasmlari O‘rta Osiyoda arablar istilosiga qadar mahobatli rangtasvir san'ati yuksak darajada rivojlangani, Samarqand esa uning markazi bo‘lganidan dalolat beradi.
Afrosiyob devoriy rasmlari — Afrosiyob arxeologik qazilmalar natijasida topilgan mahobatli rangtasvirning noyob namunalaridan biridir. Dastlabki namunalari arxeolog V.Vyatkin tomonidan ochilgan(1913). Keyingi qazishlar davri(1965—68) da o`zbek arxeologlari 30 ga yaqin saroy xonasini ochishga muvaffaq bo`lganlar, bu xonalarning ko`plari devoriy rasmlar, naqshlar bilan bezatilgan. Shulardan katta (11x11 m) va kichik(7x7 m) xonalardagi rasmlar birmuncha yaxshi saqlangan. Xonalardan birida erkak va ayol ark oldida o`tirgan holda tasvirlangan. Katta xona devorlariga ishlangan rasmlar detallarga boyligi, saqlanib qolgan sug`d yozuvlari bilan ahamiyatli. Xona devorlariga ishlangan rasmlarda to`y marosimi, Sug`d hukmdorining xorijiy davlatlarning elchilarini qabul qilishi, bu elchilarning yo`ldagi sarguzashtlari, yirtqich hayvonlar bilan olishuv, ov manzaralari, afsonaviy maxluklar tasvirlangan. Saklanib qolgan rasmlar tahlili o`rta asr mahobatli tasviriy san`atining g`oyaviy badiiy yo`nalishi, rassomning ish usullari va vositalari haqida, tafsilotlarga boy maishiy sahnalar, etnik ko`rinishlar o`sha davr haqida fikr yuritish imkonini beradi. Rassom devorni 3 qismga bo`lib, 2 chetki qismidan ensiz naqsh hoshiyasi ajratib olgan, asosiy qismga mavzuli tasvir ishlagan, voqealarni yuqoridan kuzatayotganday aks etgirgan. Afrosiyob devoriy rasmlari yagona bir mazmunga bo`ysundirilgan: markazda sug`d hukmdori Varxumon turadi, an`analarga ko`ra rassom uni boshqalarga nisbatan yirik ko`rinishda (butun devor balandligida, 5—6 m) tasvirlab, hukmdorning buyukligini e`tirof etadi, unga abadiylik, qahramonlik baxsh etadi. Afrosiyob devoriy rasmlari O`rta Osiyoda arablar istilosiga qadar mahobatli rangtasvirning rivojlanganligi, Samarqand uning markazi bo`lganligini ko`rsatadi.3
Oxirgi o’n yil ichida Afrosiyob tarixi bo’yicha o’zbek-fransuz qo’shma ekspeditsiyasi(akademik P.Bernar va keyinchalik F.Grene vaM.Isomiddinovlar boshchiligida) yangidan-yangi ma’lumotlarni bermoqdalar.Afrosiyob devoriy suratlarida So’g’d ixshidi Varxumana(VII asr oxiri) saroyida turli hududdan kelgan elchilar tasvirlangan.Shulardan ipak yo’li bo’ylab kelgan Xitoy va Koreya elchilari so’g’d ixshidi tomonidan qabul qilinishi bizgacha yaxshi saqlanib qolgan. Afrosiyob devoriy suratlarida figuralarni qavtma-qavat joylashtirish orqali yassi devorda fazoviy kenglik hosil qilingan. Demak devordagi tasvirning balandda chizilishiga qarab, qanchalik uzoqligini his etamiz. Odamlar qiyofasida ham shu qonunlarga rioya qilinadi, hukmdor shaxslar naturada ulkan, xizmatkorlar esa kichik o’lchamdagi kompozitsiyada o’z yechimini topadi. Bu ularning ichki kechinmalari yuzlarida emas, qo’l,barmoq harakatlarida aks etishi va me’moriy binolarning kichik masshtabligi O’rta Osiyo miniatyurasida keng tarqalganligidan guvohlik beradi.4 Ilk o’rta asrlarda to’qimachilik O’rta Osiyo hunarmandchiligining ustivor yo’nalishiga aylandi. Ayniqsa ipak mahsulotlarini ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yilgan. Arxeologik materiallarning guvohlik berishicha ipak qurtini boqish Qadimgi Baqtriyada bronza davridan ma’lum bo’lgan. Antik davri va ilk o’rta asrlarga kelib, ipakchilik bilan shug’ullanish So’g’diyona va Farg’ona vodiysiga ham keng yoyildi. Ipakchilikning jahonga mashhur markazlari paydo bo’ldi. Masalan, VI-VII asrlarda shakllangan Buxoroning «zandanachi» ipak mahsulotlariga bo’lgan talab hatto ipakchilikning ilk vatani Xitoyda ham katta edi. Zandanachi ipak mahsulotlarining namunalari hatto Afrosiyob devoriy su’ratlarida yaxshi saqlangan. Ilk o’rta asrlar badiiy san’atida asosiy e’tibor tasviriy san’at va haykaltaroshlik bezaklaridan iborat edi.
III asrga qadar ipakni Vatani deb Xitoyni tan olingan III asrdan boshlab ipakchilik markaziy, shimoliy, g’arbiy, sharqiy Turkistonga ko’chgan, undan Farg’ona vodiysi, So’g’d, Eron, Vizantiyagacha yoyilgan. Ipak ishlab chiqarish sohasida ikki gegemon markaz faoliyat yuritgan:Xitoy va So’g’d. XXasrda Belgiyadagi kichkina Yui shaharchasidagi Notterdam soboridan avliyo Domision tobutiga qoplangan oltinrang ipak mato topilgan. Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha bu mato ―zandanachi‖nomi bilan atalgan hamda VI-VIII asrlarda Buxoroning Zandana qishlogida to’qilgan. Arxeologik topilmalar Sug’d hududida paxta, jun va tabiiy ipakdan to’qilgan matolar qo’l mehnati orqali eng oddiy to’qimachilik dastgohlarda amalga oshirilgani ko’rsatiladi. So’g’d matolari Buyuk Ipak yo’li orqali turli davlatlarga eksport qilingan, ayniqsa u Xitoyda yuqori baholangan. Chunki oldinlari nafaqat ipak xom ashyosining o’zi, balki ipak matoning o’zi ham Xitoydan olib kelingan bo’lsa, ilk o’rta asrlardan boshlab ipak O’rta Osiyoning o’zida yetishtirilib, undan tayorlangan matolar aholi ehtiyojini qondirishda Xitoy ipagini siqib chqaradi, shuningdek chetga eksport qilina boshlaydi. Hatto Xitoyning o’ziga ham. Qadimgi forslar ipak, shoyi xom ashyosini Buxoro va Samarqanddan olganlar. Ko’plab So’g’d mato bo’laklari Yevropa muzeylarida hozirgacha asl holida saqlanib kelinayotgani o’sha davrdagi hurarmand ustalarning yuksak mahoratidan darak beradi.Bu fikrimizni yuqorida aytganimiz Belgiyadagi kichkina Yui shaharchasidagi Notterdam soboridan avliyo Domision tobutiga qoplangan oltinrang ipak matoning topilganligi ham tasdiqlaydi.. Mazkur matolarning chidamliligining sir-asrori olimlar uchun hali hanuz jumboq bo’lib qolmoqda.
So’gd hunarmadlari biror martabali kishilar uchun tikiladigan libos matolariga alohida ahamiyat berishgan. Misol uchun elchilar libosi qimmatbaho, qalin va puxta ishlangan tabiiy ipak va ipdan tayyorlangan matodan tikilgan. Uning qalinligi odam egniga qulaylik va ko’rkamlik baxsh etishi hamda chakmon uchun rasmlar va naqshli bezaklarning ketma-ketligi yaqqol ko’rinishi uchun moslangan. Shuningdek, qalin chakmon uzoq vaqtga chidamli,issiq vasovuq havo ta’siridan saqlanishi uchun mo’ljallangan. Elchi egnidagi chakmon yurishga qulay bo’lishi uchun pastki qismidan tizzagacha ikki yon tomonidan qirqimlar hosil qilingan. Erkaklar basavlar va ko’rkam ko’rnishi uchun yelka kengligi kengroq qilib bichilgan. Bo’yin qismi va pastki qismi etagining qirqimlariga alohida hoshiya uchun shu matodan boshqa bichim qilganlar. Ba’zida elchi bosh kiyimi ham egnidagi chakmonga munosib tarzda shu matodan tikilgan. Elchilar sardori bosh kiyimi kashtalangan qalpoqdan boshqalariniki esa oddiy peshonaband qilingan tasmalardan iborat bo’lgan.
L.I.Albaum devoriy rang tasvir suratlarni o’rganarkan, mazkur elchilar chakmoni mutlaqo o’zgacha, ya’ni o’zi xos bezaklarda tasvirlanganini va bu hashamlar boshqa devoriy suratlarda ta’kidlaydi. Uning fikricha, elchi chakmoni alohida va mahsus qimmatbaho liboslar go’zalligini namoyon etish uchun tayyorlangan.
Ularning kiyinish madaniyati muhim diplomatik ahamiyatga ega bo’lishidan bir qatorda o’z xalqining milliy madaniyati va san’atini ham namoyish etgan. Elchi liboslari tasvirida doira ichiga olingan turli hayvonlar ko’rinishi, o’simliksimon bezaklar aks etgan. Liboslar bezagi uchun asosan, qizil, ko’k, oq ranglardan foydalanilgan.6
Ko’k rangni 4 xil ko’rinishini qo’llagan. Bunga sabab bu rangning O’rta Оsiyo tabiatida o’ziga xos o’ringa egaligidir. Liboslarda qalampirmunchoq sifat naqsh uslubi keng qo’llanilgan. Hozirda bu uslubdan o’zbek do’ppilari, kashtado’zligimizda va amaliy san’atning turli ko’rinishlarida qo’llanilayotganligining guvohi bo’lamiz.
XULOSA
Afrosiyob devoriy suratlari so’g’dlar turmushi va hayot sharoitlarini yorqin namoyish etadi. Ular so’g’d milliy madaniyatini butun dunyoga tanishtirishning o’ziga xos vositasi. So’g’d o’lkasi O’rta Osiyoda rivojlangan davlatlardan biri sifatida Osiyo va Ovro’pa qit’asidagi turli mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar yuritgan. Ayniqsa Buyuk Ipak yo’li So’g’d taraqqiyoti hamda uning Eron, Hindiston, Xitoy kabi davlatlar bilan xalqaro aloqalari rivojlanishi uchun sharofatli zamin yaratdi. Shu boisdan ham, hukmdorlar, elchilarning liboslariga alohida ahamiyat qaratilgan. Shu bilan birga, so’g’dlarning o’ziga xos matolari va kiyimkechaklari, ularning to’qimachilik sanoati boshqa davlatlar bilan turli aloqalarni, ayniqsa savdo munosabatlari rivojlanishiga sabab bo’lgan. Binobarin, so’g’d matolari, liboslardagi milliy timsollar tasviri, bezaklar so’g’dlarning o’ziga xos dunyoqarashi, san’ati va madaniyati haqida yorqin tasavvur paydo bo’lishiga imkon berdi.



Download 29.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling