Litiyning tibbiotda ishlatiladigan birikmalari: - Litiy karbonat— Li2CO3
Litiy tuzlari padagra kasalligini davolashda ishlatiladi. Bemorlarga litiyli dori moddalari berilganda Li+ uretatlardagi natriyni siqib chiqarib eruvchanligi yaxshi bo‘lgan litiy uretatini hosil qiladi va oqibatda kasallik asoratlari yo‘qoladi. - Nаtriy mаkrоbiоgеn elеmеnt boʻlib, hujayra tashqi muhit kationidir. Organizmning natriyga boʻlgan kundalik ehtiyoji 4–7 grammni tashkil etadi. Uning xlorli tuzi oshqozon shirasi tarkibidagi HCl sintezlanishida asosiy komponent vazifasini bajaradi. Natriy ionlari organizmda organizmda suvni bir meyorda ushlab turilishni ta’minlaydi, оsmоtik bоsim qiymаtlаrini sаqlаb turishdа ham ishtirоk etаdi.Natriyning yetishmovchiligi giponatremiya, bezovtalik, diareya, qon aylanishning buzilishi, tana suyuqliklari kamayishi holatlarini keltirib chiqaradi.
Natriyning tibbiotda ishlatiladigan birikmalari: - NaCl - izotonik (0,86%) va gipertonik (3%, 5% va 10%) eritmalar sifatida foydalaniladi.
- NaBr-nerv sistemasining ko‘zg‘aluvchanligi ortib ketganda undagi ko‘zg‘alish va tinchlantirish jarayonlarini o‘zaro mutanosiblashtirishda qo‘llaniladi. Undan nevrosteniya, nevroz, isteriya, uyqusizlik, epilepsiya va boshlang‘ich davrdagi qon bosim kasalligini davolashda foydalaniladi.
- NaJ - gipertirioz, endemik bo‘qoq kasalligida, nafas yo`llarining shamollashida, ko‘z kasalligida (katarakta va boshqalar), bronxial astmada ishlatiladi.
- NaHCO3 - antatsid (kislotaga qarshi) modda sifatida qo‘llaniladi. Jumladan oshqozon shirasining kislotaliligi ortib ketganda, yuqumli kasalliklar, intoksikatsiyalar natijasida kelib chiqqan metobolik atsidoz hollarida ishlatiladi.
- Kаliy, nаtriy singаri mаkrоbiоgеn elеmеnt boʻlib, hujayra ichi kationidir. Kaliyning asosiy qismi (98%) si toplazma tarkibidagi oqsillar, uglevodlar,kreatinin va fosfatlar bilan birikkan holda saqlanadi. U natriy singari osmotik bosimni saqlash va nerv impulslarini hosil qilishda katta ahamiyatga ega. U mushaklar qisqarishini yaxshilaydi. Kаliy iоnlаri yurаk mushаklаrinin.g tаrаngligini kаmаytirаdi. Kаliy yetishmovchiligi gipokalimiya, mushaklar charchashi, nerv impulsi buzilishi, holsizlikka olib keladi. Shuningdek, kaliy qator fermentlarning faolligini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |