Samrqand davlat universiteti


Download 374.3 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.06.2020
Hajmi374.3 Kb.
#116568
Bog'liq
Namuna


 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  



OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

SAMRQAND DAVLAT UNIVERSITETI 

BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETI 

3-KURS 3O6-GURUH  TALABASI  

Obloqulova Baxtigulning 

 

ONA TILI O’QITISH  O’QITISH METODIKASI 

 

fanidan 

Ikkinchi sinfda  jarangli  va  jarangsiz  undoshlarni o’rgatish 

uslubiyati  

mavzusida bajargan 



KURS ISHI 

                                Topshirdi :                            B.Obloqulova                        

                                Ilmiy rahbar:                        Sh.G’iyosova 

                                     

 

                  

 

 

 

 

 

 

Samarqand -2O2O 



 

Mavzu : 2-sinfda  jarangli  va  jarangsiz  undoshlarni o’rgatish 

uslubiyati 

 

 

KIRISH. 

I.ASOSIY QISM. 

1.1  Tovushlar  va  harflar,  unli  va  undosh  tovushlarning  xususiyatlari  bilan 

tanishtirish. 



1.2. “Aytilishda tushib qoladigan  undoshlar” mavzusu ustida ishlash 

1.3. “Talaffuzda  tushib  qoladigan  undoshlar”  mavzusi  ustida ishlash 

Xulosa. 


Foydalanilgan adabiyotlar. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

KIRISH. 

Kurs ishining dolzarbligi: O‘zbеkiston  Rеspublikasi  mustaqillik  sharofati  

bilan  taraqqiyot  bosqichiga ko‘tarildi.  Rеspublikamiz  birinchi Prеzidеnti  I.  A.  

Karimovning  rahnamoligi  va  bеvosita ishtirokida  ishlab  chiqilgan  ―Kadrlar  

tayyorlash  Milliy  dasturi‖  O‘zbеkiston  ta'lim tizimining  samarasi  va  yutug‘i  

ekanligi  shak-shubhasizdir.  Mustaqillik  sharofati bilangina  bunday  kеng  miqyosli  

ijtimoiy  loyihalarni  hal  etish  imkoniyati  paydo bo‘ldi.  Faxr  va  iftixor  tuyg‘ulari  

bilan    aytishimiz    mumkinki,    yurtimizda    amalga  oshirilayotgan    ulkan  

bunyodkorlik  ishlari  yuz  yillarga  tatigulik  mazmun-mohiyat kasb  etmoqda. 

1

  

―Barcha  ezgu  niyatlarimizning  markazida  farzandlarimizni  ham  jismoniy,  



ham ma'naviy  jihatdan  sog‘lom  qilib  o‘stirish,  ularning  baxt-u  saodati,  farovon 

kеlajagini  ko‘rish,  dunyoda  hеch  kimdan  kam  bo‘lmaydigan  avlodni  tarbiyalash 

orzusi  turadi‖. 

  Iqtisodiy,  siyosiy,  ijtimoiy,  madaniy  va  ma'naviy  sohalarda  amalga 

oshirilayotgan    jarayonlar,    yangiliklar    ana    shu    niyatlarimizning    pirovad  

natijasidir.  

―Maktabga  e'tibor  ─  kеlajakka  e'tibor‖  dеgan  olijanob  shior  yurtimizda  

kеng tarqalib,  ustuvor  davlat  siyosati  va  umumxalq  harakati  sifatida  hayotda  

o‘zining amaliy  aksini  topmoqda.  Darhaqiqit,  kеcha,  bugun  va  ertangi  kun  

istiqboli  va taraqqiyotida  o‘qituvchining  o‘rni  va roli bеqiyosdir. Har bir davrda 

ta'lim-tarbiya  jamiyat    munosabatining    asosi    sanalgan.    Ta'lim    jarayonining  

yadrosi  sanalgan o‘qituvchi  zimmasiga  bugungi  kun  katta  talablar  qo‘ymoqda.  

Ta'limda  hamma narsa  tarbiyachining  faoliyatiga  asoslanishi  kеrak.  Shaxsning  

rivojlanishi    va  shakllanishiga    shaxs    ta'sir    ko‘rsata    oladi,    xaraktеrini    faqat  

xaraktеr  vositasida yaratish,  vujudga  kеltirish  mumkin.  Bolalarni  shaxs  sifatida  

 

11



 I. A. Karimov.  O‘zbеkiston Konstitutsiyasi – biz uchun dеmokratik  taraqqiyot yo‘lida va fuqarolik jamiyatini  

barpo etishda mustahkam poydеvordir.―Xalq so‘zi‖ gazеtasi, 2009-  yil, 6- dеkabr soni. 



 

shakllantirish masalasi  o‘qituvchi  uchun,  mashhur  muallim,  faylasuf  va  shoir  



Abdulla  Avloniy aytganlaridek, ―Yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo 

sadoqat, yo falokat masalasidir‖.  

 ―Shuni  unutmasligimiz  kеrakki,  kеlajagimiz  poydеvori  bilim  dargohlarida 

yaratiladi,    boshqacha    aytganda,    xalqimizning    ertangi    kuni    qanday    bo‘lishi 

farzandlarimizning  bugun  qanday  ta'lim  va  tarbiya  olishiga  bog‘liq.   Buning 

uchun  har  qaysi  ota-ona,  ustoz  va  murabbiy  har  bir  bola  timsolida,  avvalo, 

shaxsni    ko‘rishi    zarur.    Ana    shu    oddiy    talabdan    kеlib    chiqqan    holda, 

farzandlarimizni   mustaqil   va   kеng   fikrlash    qobiliyatiga    ega    bo‘lgan,    ongli 

yashaydigan  komil  insonlar  etib  voyaga  yеtkazish  –  ta'lim-tarbiya  sohasining 

asosiy  maqsadi  bo‘lishi  lozim,  dеb  qabul  qilishimiz  kеrak.  Bu  esa  ta'lim-

tarbiya ishini  uyg‘un holda  olib borishni  talab  etadi.  

Ta'limni    tarbiyadan,    tarbiyani    esa    ta'limdan    ajratib    bo‘lmaydi    —    bu 

sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi‖. 

2

 



 Boshlang‘ich    sinflarda    ona    tili    ta'limi    bolalarning        tafakkur    qilish 

faoliyatlarini kеngaytirishga,  ularda  erkin  fikrlay  olish,  o‘zgalar  fikrini  anglash,  

o‘z  fikrini og‘zaki  va  yozma  ravishda  ravon  bayon  qila  olishga,  jamiyat  a'zolari  

bilan  erkin muloqotda  bo‘la  olish  ko‘nikma  va  malakalarini  rivojlantirishga  

xizmat  qiladi.  Bu o‘rinda  ona  tili  ta'limiga  o‘quv  fani  sifatida  emas,  balki  

butun  ta'lim  tizimini uyushtiruvchi  ta'lim  jarayoni  sifatida  qarash  lozimligini  

alohida  ta'kidlash  joizdir.  

Boshlang‘ich  ta'lim  davlat  qonunini  hayotga  tadbiq  etishda  muhim  bosqich 

hisoblanadi.  ―Bolaning  jismoniy  va  psixologik  rivojlanishidagi  eng  asosiy  davr  

– bu  boshlang‘ich  sinf  davridir.  Hammamiz  bilamizki,  sobiq  tuzum  sharoitida  

bu masalaga,  afsuski,  yеtarlicha  ahamiyat  bеrilmas  edi.  Quyi  sinflarga  dars  

bеrish,  asosan,  o‘rta  maxsus  ma'lumotga  ega  bo‘lgan  muallimlarga    topshirib 

qo‘yilgan edi. Boshlang‘ich  ta'limning  yosh  avlod  hayotidagi  roli  va  ahamiyatini  

hisobga olgan  holda,  bunday  nomaqbul  holatga  butunlay  barham  bеrildi  va  bu  

vazifani bugungi  kunda   oliy  ma'lumotli,  yuksak   profеssional  mahoratga   ega  

 

2



 I. Karimov.  Yuksak ma'naviyat – yеngilmas kuch. Toshkеnt.‖Ma'naviyat‖, 2008,  61-bеt.   

 

bo‘lgan pеdagogik kadrlar bajarmoqda‖. 



3

 

 Boshlang‘ich  sinflarda  unoshlar haqida  tushunchalarni  shakllantirish  ancha 



murakkab    ish    hisoblanadi.    Ba‘zan    katta    yoshdagi    o‘qimishli    kishilarning  

ayrimlari ham  unli-undosh,  jarangli-jarangsiz,  bo‘g‘in  yoki  urg‘u  tushunchalarini  

farqlayolmaydi.  O‘quvchilar  unli  tovushni  undosh  tovushdan  ongli  farqlashlari  

uchun    u  tovushlarning   o‘ziga  xos  xususiyatlarini    o‘zlashtirishlari   talab  etiladi. 

Tovush  murakkab  tushuncha  bo‘lganligi  uchun  boshlang‘ich  sinflarda  unga ta'rif 

bеrilmaydi.  Shunga  qaramay,  ―Bolalarda  tovush  haqida  to‘g‘ri  ilmiy  tasavvur 

amaliy  mashqlar  orqali  hosil  qilinadi.

4

   



Shunga    e'tibor    bеrish    kеrakki,    adabiy    tilning    fonеtikasini    o‘rganish  

natijasida  o‘quvchilar    nutqidagi    har    xillik    yo‘qoladi.    Shuningdеk,    fonеtik  

tushunchalarni  puxta    o‘zlashtirmagan    o‘quvchi    orfografik    (imloviy)  

tushunchalarga  ham  ega bo‘lmaydi.  

Boshlang‘ich    sinf    ona    tili    darslarida    fonеtik-grafik  tushunchalar  ustida 

ishlash jarayoni  o‘quvchilarda  imloviy  malakalarni  shakllantirishda  asosiy  davr 

hisoblanadi,  bu  davr  o‘quvchi  savodli  yozuvining  shakllanishida  muhim  bosqich 

bo‘lib,    fonеtik-grafik    tushunchalar    bilan    bog‘liq    mavzularni    o‘rganish  

dolzarbligini  e‘tirof  etadi.   

Kurs ishining maqsad va vazifasi:  

1.  Boshlang‘ich  sinflar  ―2-sinf Ona  tili‖  darsliklarida  bеrilgan  fonеtikaga  oid 

mavzular  bilan yaqindan tanishish.  

2.  Boshlang‘ich  sinflar  ona  tili  darslarida  jarangli va jarangsiz undoshlarga  oid 

mavzular    ustida  ishlash  mashg‘ulotlarini    kuzatish  va  tahlil    qilish.So‘z  ichida 

ketma-ket kelgan undoshlar ustida ishlash usullarini  belgilash.  

4.   So‘z  ichida  ketma-ket  kelgan  undoshlar  ustida  ishlash  usullarini amaliyotda  

sinab ko‘rish.  

5.  Amaliyotda  to‘plangan tajribalar  natijalarini  tahlil  qilish.  

6.    Mavzu    bo‘yicha    to‘plangan    materiallarni    sistemalashtirish    va    ishni 

 

3

 I.A.Karimov. Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish – yorug‘  



kеlajagimizning  asosiy omilidir.  ―Xalq so‘zi‖ gazеtasi, 2013-yil,  6-dеkabr soni.   

4

 К. Қосимова. Бошланғич синфларда она тили  ўқитиш методкаси. Т., ―Ўқитувчи‖, 1985,  113-бет. 



 

shakllantirish. 



1.1.Tovushlar va harflar,  undosh tovushlarning xususiyatlari bilan 

tanishtirish. 

Kichik  yoshdagi  o’quvchilarning  og’zaki  va  yozma  nutqni  egallashlarida 

fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda  

boshlang’ich  sinf  o’quvchilari savod  o’rganish  davrida  o’qishni  va  yozishni  bilib 

oladilar; b) fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g’ri talaffuz 

qilish,  urg’uli  bo’g’inni  ajratish,  orfoepik  me’yorga  rioya  qilish)  asosini  tashkil 

etadi;  v)  fonetik  bilim  morfologik  va  so’z  yasalishiga  oid  bilimlar  bilan  birga 

o’quvchilarda  qator  imloviy  malakalar  (jarangsiz  va  jarangli  undoshlarning 

yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo’ladi; g) fonetik bilim gapni ohangiga ko’ra 

to’g’ri aytish, logik urg’u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish uchun zarur; 

d)  so’zning  tovush  tomonini  bilish  uning  ma’nosini  tushunish  va  nutqda  ongli 

qo’llash uchun muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlás so’zlari maьnosidagi farq 

faqat  urg’u  orqali  ajratiladi.  So’zning  tovush  tomonini  tasavvur  qilish  so’zlarni 

talaffuzda farqlash, ayrim so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish va qo’llash uchun zarur. 

O’qituvchi boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda 

so’zni  aniq  va  to’g’ri  talaffuz  qilish  ustida  doimiy  ishlab  boradi,  shu  maqsadda 

ko’pincha so’zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi. 

Maktab  dasturiga  muvofiq,  boshlang’ich  sinf  o’quvchilari  fonetik-grafik   

ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, 

jufti  bor jarangli  va jarangsiz undoshlar, jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz 

undoshlar; so’zni bo’g’inlarga bo’lish, urg’uli bo’g’inni  ajratish ko’nikmalariga ega 

bo’ladilar. 

Bolalar  maktabga  kelgunga  qadar  ham  nutqning  tovush  qurilishini  amaliy 

o’zlashtiradilar,  ammo  ular  maxsus  o’qigunlariga  qadar  so’zni  bo’g’inlarga 

bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. Boshlang’ich sinf 

o’quvchilarida  so’zni  to’g’ri  talaffuz  qilish,  bo’g’inlarga  bo’lish,  undagi  har  bir 

tovushni  tartibi  bilan  aniq  aytish  ko’nikmasini  shakllantirish  ustida  maqsadga 

muvofiq  ishlash,  o’z  navbatida,  analiz,  sintez,  taqqoslash,  guruhlash  kabi  aqliy 



 

mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida bir-biriga 



ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon ber 

Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda unga ta’rif 

berilmaydi. SHunga qaramay, bolalarda tovush haqida to’g’ri ilmiy tasavvur amaliy 

mashqlar  yordamida  hosil  qilinadi.  Bunda  yetakchi  usul  so’zdagi  tovushlarniig 

talaffuzi hamda so’zning leksik ma’nosi so’zdagi tovushlarning tarkibiga bog’liqligi 

ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara 

kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so’zlar har xil lug’aviy ma’noni 

ifodalaydi. 

So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi. 

Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so’z tovushlardan tuzilishini bilib 

oladilar.  Ular  so’zni  tovush  tomonidan  tahlil  qilishga  o’rganadilar,  ya’ni  so’zni 

bo’g’inlarga  bo’ladilar,  so’zdagi tovushlarni  tartibi  bilan  aytadilar.  Bunda  tovush 

tomondan  tahlilni  harf  tomondan  tahlil  bilan  aralashtirmaslikka  alohida  ahamiyat 

beriladi. 

So’zning  tovush  tarkibini  to’g’ri  tasavvur  etish  undagi  harflarni  tushirib   

qoldirmay yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, 

so’zni to’g’ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun savod 

o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida 

so’zdagi  tovushlar  tarkibini  aniqlash  ko’nikmasini  takomillashtirish  ustida  ishlab 

borish zarur. 

Ma’lumki,  nutq  tovushlari  ikki  katta  guruhga  bo’linadi:  unli  tovushlar  va 

undosh  tovushlar.  Buni  o’quvchilarga  tushuntirishda  ularning  quyidagi  belgilari 

hisobga olinadi:  

1)  talaffuz  qilinish  usuli  (unli  tovush  talaffuz  qilinganda  havo  oqimi  og’iz 

bo’shlig’idan erkin ravishda o’tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og’iz 

bo’shlig’ida to’siqqa uchraydi);  

2) ovoz va shovqinning ishtiroki  (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh 

tovushlar  talaffuz  qilinganda  shovqin  eshitiladi,  ba’zan  shovqin  va  qisman  ovoz 

eshitiladi);  



 

3) bo’g’in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g’in hosil qiladi, undosh 



tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi). 

O’quvchilar  bu  belgilarni  yodlab  olishlariga  yo’l  qo’ymaslik,  aksincha,  1-

sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq 

a’zolarining  vaziyatini  kuzatish  ko’nikmasini  o’stirib  borish  lozim.  Bunday 

kuzatishlar  IV  sinfda  davom  ettiriladi  va  umumlashtiriladi.  Tovushlarni 

o’zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta o’zlashtirishga 

imkon berishi bilan birga, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirish vazifasini ham 

bajaradi;  xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga, 

umumlashtirishga o’rganadilar. 

O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar 

bilan ifodalanadi. 1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim: 

a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;  

b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz;  

v) harf – tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi.  

O’quvchilar ko’pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yul qo’yadilar. 

Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o’rgatish zarur:   

1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin    (masalan, 

maktab  so’zidagi  b  harfi  p  tovushini,  maktabim  so’zidagi  b  harfi  b  tovushini 

ifodalaydi);  

2)  jo’ja, jajji so’zlaridagi tovushi  (jarangli, portlovchi) ham, jurnal, vijdon 

so’zlaridagi tovushi (jarangli, sirg’aluvchi) ham bitta harfi bilan ifodalanadi;  

3)      tong,  keng  so’zlaridagi  uchinchi  jarangli  undosh  tovush  (ng)  ikki  harf 

birikmasi (ng) bilan ifodalanadi; 

4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy). 

A a harfi. badan, vazifa, gap, dasht, jabr, zarb, kalla, lab, mana, nam, past, rasm, 

talaba,faraz, xabar, shabada, g’azab, harf so’zlarida old qator keng unlini ifodalash 

uchun yoziladi. Bahor,vaqt, davom, zavq, nahor, savob, tavfiq, xaloyiq, Qahhor kabi 

so’zlarda eshitilsa ham, yoziladi. Muomalo, muhokama kabi so’zlardaieshitilsa 

ham, yoziladi. 



 

O o  harfi.  obod, ovoz, odob, ojiz, ozod, oy, olomon, ona, opa, oson, ota, oxur, 



och, oq, og’ir, ohkabi so’zlardaorqa qator keng unlini ifodalash uchun  qo’llanadi. 

Lotin  yozuviga  asoslangan  o’zbek  alifbosida  boks,  gol,  domna,  azot,  kod,  lom, 



morfema, nota, pochta, rota, sotka, tonna, fosfor, xor, shonkabi so’zlarda o’zbekcha 

o’harfi o’rniga ishlatiladi. 

I i harfi . ish, tiyin, jiyron, ziyrak, kiyim, muhimkabi so’zlarda old qator tor unlini 

ifodalash uchun yoziladi.Bir, sira, bilankabi so’zlarda qisqa eshitilsa hamyoziladi. 



U u harfi.Bur, quv, tuzkabi so’zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun ishlatiladi. 

Tovush, 

qovun 

so’zlaridavdan 

keyiniishlatilsa 

ham,uyoziladi.  



O’o’ harfi.Lekin, kel, tejamoqkabi so’zlarda old qator o’rta keng unlini ifodalash 

uchun qo’llanadi. 

Diqqat!  a,  i,  u,  o  harflariso’z  ortasida,a  harfi  so’z  oxirida  qo’shaloq  kelish 

mumkin:manfaat, tassurot, tabiiy, shuur, mudoffa. 

Undoshlar imlosi. 

Bb  harfi.Odob,  kitob  so’zlarida  pkabi,qibla,  tobla  so’zlaridavtarzida  eshitilsa 

hamfyoziladi.Vv  harfi  chetdan  kirgan  avtobus,  avtomatkabi  so’zlardaftarzida 

eshitilsa  ham,v  kabi  yoziladi.  Dd  harfi.Obod,  ozodkabi  so’zlardat  kabi  eshitilsa 

hamdyoziladi.J  j  harfi.  Jo’ja,  jo’rakabi  so’zlardatil  oldi  qorishiq  portlovchini 

ifodalasa,chetdan  kirgan  jurnal,  gijja,ajdarkabi  so’zlarda  til  oldi  sirg’aluvchi 

tovushni  ifodalash  uchun  qo’llanadi.Zz  harfi.Izsiz,  yuz  ko’rmaskabi  so’zlarda 

seshitilsa  hamzyoziladi.  N  n  harfi.  Manba,  tanburkabi  so’zlardameshilsa 

hamnyoziladi.  F  f  harfi.  Fayz,Fotimakabi  so’zlarda  ba’zan  ptarzida  aytilsa 

hamfyoziladi.Q  q  harfi.To’qson,  maqsad,  maqtovkabi  so’zlarda  x  eshitilsa  ham 

qyoziladi.Tutuq belgisi ( ‘ ). Quyidagi vazifalarni bajaradi. 



1.  Lotin  yozuviga  asoslangan  o’zbek  alifbosida  ayirish  belgisi  o’rnida 

ishlatiladi.Unlilardan  keyin  ularning  cho’ziqroq  talaffuz  qilinishi  ifodalasa, 

undoshlardan  keyin  kelganda  ularning  oldingi  tovushlardan  ajratib  aytilishini 

ko’rsatadi: a’lo,me’yor, qat’iy, tal’at.  



S , h harflari yonma-yon kelganda, ularni shharfi birikmasidanfarqlash uchunham 

qo’llanadi: as’hob, is’hoq.Mo’tabar, mo’jiza kabi so’zlarda o’unlisi cho’zib aytilsa 



10 

 

hamtutuq belgisi qo’yilmaydi. 



 Undoshlar  talaffuzida  faol  ishtirok  etgan  a’zolar  ham  turlicha  harakat  qilishi 

mumkin. Masalan: t,d undoshlari talaffuzida tilning oldingi qismi faol ishtirok etsa 



b, p tovushlari hosil bo’lishida lablar ishtirok etadi.Undosh tovushlarning talaffuzida 

faol  ishtirok  etgan  a’zolar  shu  tovushning  hosil  bo’lish  o’rni  hisoblanadi.Shunga 

ko’ra, t,d undoshlari til undoshlariga,b,p undoshlari esa lab undoshlariga kiradi. 

 Undosh tovushlar nutq a’zolarining biror yerida to’siqqa uchrab o’tishlari bilan 

o’ziga  xos  xususiyatga  ega.  Undosh  tovushlar  tovush  paychalarining  harakati  va 

holatiga,  hovo  oqimi  og’iz  bo’shlig’ining  qayerida  to’siqqa  uchrashiga,  faqat 

shovqindan  iboratligiga,  talaffuz  usullariga  ko’ra  bir-biridanfarqlanadi:  

1.Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra; 

2.Hosil bo’lish o’rniga ko’ra; 

3.Hosil bo’lish usuliga ko’ra; 

 I  .  Undoshlar  ovoz  va  shovqinning  ishtirokiga  ko’ra  ikkiga  bo’linadi:  a) 

shovqinlilar; b) sonorlar. 

 Shovqinlilar  tarkibida  shovqinning  miqdori  ovozga  nisbatan  ko’proq  bo’lgan 

yoki ovoz qatnashmagan tovushlar b, v, g, d, j, z, k, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g’, h 

kabi 

undoshlardir. 



 Shovqinli 

undoshlar 

ham 

o’z 


navbatida 

ikkiga 


bo’linadi: 

1) 


jarangli 

undoshlar: 



b, 

v, 

g, 

d, 

z, 

y, 

j, 

g’. 

2) 


Jarangsiz 

undoshlar: 



p, 

f, 

s, 

t, 

ch, 

k, 

q, 

x, 

h. 

 Undoshlarni janrangli va jarangsizga ajratishda quyidagi sabablar nazarda tutiladi: 

a) jarangli undoshlarni talaffuz etganda,tovush paychalari qatnashib taranglashadi. 

Jarangsizlarni talaffuz etganda esa ovozdorlik sezilmaydi, chunki havo oqimi tovush 

paychalarini  titratmaydi  va  tranglashtirmaydi;  b)  jarangli  undoshlarni  talaffuz 

etganda  jaranglashish  seziladi.  Shovqinli  undoshga  ovoz  qo’shiladi,  lekin  ovoz 

miqdori shovqinga nisbatan kam bo’ladi; c) jarangsiz undoshlar faqat shovqindan 

hosil 


bo’ladi 

vaovoz 


mutlaqo 

ishtirok 

etmaydi.  

 Sonor undoshlar tarkibida ovoz miqdori shovqinga qaraganda ko’p bo’ladi. Shuning 

uchun ham ular undoshlar ichida ovozliroq bo’ladi, unlilarga yaqin turadi. Ammo 


11 

 

tarkibida qisman bo’lsa ham, shovqin ishtirok etgani uchun sonorlar undoshlarga 



kiradi. 

O’zbek 


tilida 

sonorlarbeshta: 



m,ng,n,l,r 

. 

 Boshqa 


undoshlarning 

hammasi 


shovqinlilar 

hisoblanadi.  

 II. 

Hosil  bo’lish  o’rniga  ko’ra  undoshlar  uch  turga  bo’linadi. 

1. Til undoshlari. To’rt xil bo’ladi: a) til oldi: d,j,z,l,n,r,s,t,ch,sh.b) til o’rta: y. c) til 

orqa: 

k,g,ng. 

d) 

chuqur 


til 

orqa. 


2.  Lab  undoshlari.  Bevosita  lablar  ishtirokida  hosil  qilinuvchi  tovushlar  bo’lib, 

ulargab,v,m,p,fundoshlari kiradi. Bular ham o’z navbatida ikki turga bo’linadi. A) 

lab-lab 

undoshlari: 



b,p,m. 

B) 


lab-tish 

undoshlari: 



v,f. 

Lab 


tish 

undoshlari boshqa tillardan  o’zlashgan  so’zlar tarkibida  keladi: vagon,  vaqt, vafo, 

fazo, farmon, telefonkabi. 

3Bo’g’iz undoshlari:



III.  Hosil  bo’lish  usuliga  ko’ra  undoshlar  uch  turga  bo’linadi.  

1.  Portlovchi  undoshlar  ikki  nutq  a’zosining  o’zaro  jipslashuvi  va  o’pkadan 

chiqayotgan havo oqimining ana shu a’zolariga zarb bilan urilib, portlab o’tishidan 

hosil bo’ladi: b,g,d,j,k,p,t,ch,q. portlovchilar ham o’z xususiyatiga ko’ra ikki turga 

bo’linadi:  sof  portlovchilar:  b,g,d,k,p,t,q.  Qorishiq  portlovchilar:  ch,j. 

2. Sirg’aluvchi undoshlar ikki nutq a’zosi o’zaro yaqinlashuvi va havo oqimining 

ana shu ikki a’zo orasida ishqalanib-sirg’alib chiqishi bilan hosil bo’ladi va unga 

v,j,z,y,s,f,x,h,sh,g’undoshlari kiradi. 

Masalan,  havo  oqimining  ikki lab  o’rtasidagi  yoki  pastki  lab  bilan  yuqori tishlar 

orasidagi  tor  oraliqdan  sirg’alib  o’tishi  v,  f  undoshlarini;Til  bilan  yuqori  milk 

o’rtasidagi  tor  oraliqdan  sirg’alib  o’tishi  j,z,s,shundoshlarini;  Tilning  o’rta  qismi 

bilan  qattiq  tanglay  o’rta  qismi  orasidagi  tor  oraliqdan  sirg’alib 

o’tishiyundoshini;Tilning  o’rta  qismi  bilan  tanglayning  orqa  qismi  o’rtasidagitor 

oraliqdan sirg’alib o’tishig’,xundoshlarini;Bo’g’izdagi un paychalari orasidagi tor 

oraliqdan sirg’alib o’tishihundoshini hosil qiladi. 

3. Portlovchi-sirg’aluvchi undoshlar portlash va sirg’alish jarayoning bir vaqtda yuz 

berishi natijasida vujudga keladi. Bularga m,n,ng,rundoshlari kiradi. 

Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so’zlar qo’sh undoshli so’zlardir. 



12 

 

 Ikki,chaqqonkabi  so’zlarda  undosh  qismlari  aniq  talaffuz  qilinadi  va  shunday 

yoziladi.  

  

Million,artillereyakabi  so’zlarda  kelgan  qo’sh  undoshlar  bir  undoshdek 

talaffuz etiladi, lekin qo’sh undosh bilan yoziladi. 



 Gramm,metalkabi  so’zlar  oxirida  kelgan  qo’sh  undoshlardan  biri  talaffuzda 

tushirilib  qoldirilsa  ham  yozuvda  hamisha  ifodalanadi.  Bunday  undosh  bilan 

tugagan so’zlarga qoshimchalar qo’shilganda qo’sh undoshning biri yozilmaydi. 

 Qatorundoshlarning  talaffuzi  va  imlosi.Bir  bo’g’inida  yonma-yon  ikki  xil 

undosh  kelgan  so’zlar  qator  undoshli  so’zlardir.So’z  boshidagi  qator  undoshlar 

o’rtasiga  yoki  oldiga  bir  qisqa  unli  qo’shib  talaffuz  qilinsa  ham  bu  qisqa  unli 

yozilmaydi.Go’sht,do’st,bargkabi  so’z  oxirida  kelgan  qator  undoshlardan  biri 

talaffuzda tushib qolsa ham yozuvda ifodalanadi. Paxta nimcha o’simlik so’zlarida 

ham  yonma-yon  kelgan  ikki  undosh  bor,  lekin  bu  undoshlar  bir  bo’g’inda 

bo’lmaganligi uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi.  

Quyidagi so’zlarning ichidan ng harfi bitta tovushni ifodalaydiganlarini ajratib 

oling va  ular ishtirokida gaplar tuzing:bunga, tongga,  so’nggi, arqonga, ko’nglim, 

bongi, jarangi, ingliz, arang senga, o’shanga.Tovushlar  va  harflar.  Tovushlar  va  

harflarga    oid    asosiy    bilimlar  o‘quvchilarning    savod    o‘rgatish    jarayonida  

o‘rgangan  amaliy  bilimlariga asoslangan  holda,  1-,  2-sinflarda  bеriladi,  ularga  

oid    ko‘nikma    va    malakalar    hosil  qilinadi.    Tovushlar    va    harflar,    unli    va  

undoshlar,    ularning    harfiy    ifodasi;    bo‘g‘in,  jarangli    va    jarangsiz    undosh  

tovushlar  haqida  tushuncha  bеriladi.  Bolalar  shu bilimlar  asosida  aytilishi  va  

yozilishida  farq  qiladigan  so‘zlar;  a  va  o,  u  va  i tovushli  so‘zlarning  atilishi  

va  yozilishi;  so‘z  oxirida  kеlgan  jarangli  b  va  d undoshlarining jarangsiz jufti p 

va t eshitilsa ham, b va d harfining yozilishi; ayrim so‘zlar  oxirida  kеlgan  d  va  t  

undoshlarining  talaffuzda  tushib  qolishi,  ammo yozuvda  saqlanishi;  yonma-yon  

kеlgan ikki bir xil undoshli so‘zlarning aytilishi va yozilishini  bilib oladilar 

2.2. 2-sinfda “Aytilishda tushib qoladigan  undoshlar” mavzusu ustida ishlash 

  

O‘quvchilarga jarangli va jarangsiz undosh tovushlar talaffuzini kuzatishga 



13 

 

asoslanib  tanishtiriladi.  Bundajufti  bor  jarangli  va  jarangsiz  undoshlar  ajratiladi. 



Kuzatishda  o‘quvchilar  faol  qatnashishi  va  ularga  jufti  bor  jarangli  undosh  bilan 

jarangsiz  undoshlarni  ajratish  qanchalik  muhim  ekanini  yaqqol  ko'rsatish  uchun 

faqat bitta undosh tovush bilan farqlanadigan  baqir — paqir, gul - kul, dil — til, 

zina — sina, joy — choy kabi so'zlardagi tovushlarni taqqoslash maqsadga muvofiq. 

Bunda  o‘qituvchi  o'quvchUar  diqqatini  b~p,  v—f,  g~k,  d~t,  z~s,j—ch,  j—sh 

tovushlari bid jarangli, ikkinchisi jarangsiz undoshdan iborat tovush juftlarini hosil 

qilishiga qaratadi, ularning talaffuzidagi farqni amaliy tushuntiradi (jarangli undosh 

tovushlarda  shovqin  va  qisman  ovoz  qatnashadi,  jarangsiz  undoshlarda  esa  faqat 

shovqin eshitiladi). 

O‘zbek  tilida  ikki  har  xil  undosh  yonma-yon  keladigan  so‘zlar  mavjud. 

Oxirida yonma-yon kelgan ikki undoshli rost, do’st, xursand, payvand, xo’rozqand 

kabi  so‘zlardagi    d,  t  undosh  tovushlar  ba‘zan  aytilmaydi  (talaffuz  qilinmaydi), 

ammo yoziladi.    

Dasturga  ko‘ra,  o‘quvchilar  nutqida  ko‘p  qo‘llanadigan,  ularning  faol 

lug‘atiga    aylangan    ayrim    so‘zlar    misolida    bunday    so‘zlarning    aytilishi    va  

yozilishi haqida  o‘quvchilarda ko‘nikma hosil qilish ko‘zda tutiladi.  

                                    1-dars  

Mavzu:  Aytilishda   tushib qoladigan undoshlar  

Ta‘limiy  maqsad:  So‘z  oxirida  aytilishida  tushib  qoladigan  d  va  t  undoshli 

so‘zlarning to‘g‘ri aytilishi  va imlosi  haqida ko‘nikma hosil qilish.  

Ta‘rbiyaviy  maqsad:  o‘quvchilarni  so‘zlarni  orfoepik  me‘yorlarga  amal qilgan 

holda talaffuz qilishga  o‘rgatish, ularda nutq madaniyatini  shakllantirish.  

Darsning borishi:   

Oxirida    yonma-yon    kelgan    ikki    undoshli    so‘zlarning    to‘g‘ri    aytilishi    va 

yozilishini  kuzatish.    

I.  Lug‘at ustida ishlash.   

Lug‘at    ustida    ishlashda    so‘zlarning    izohi    o‘qituvchi    tomonidan    aytiladi, 

o‘quvchilar  izohga  mos  so‘zni  topib  aytadilar.  Bi  mashq  ―Bir  so‘z  bilan 

ayting‖ deb nomlanishi mumkin.  



14 

 

─  O’zbekistonning markaziy shahrining nomi. (Toshkent)  



─  Biror o’simlikni boshqa o’simlik tanasiga ulab o’tkazish usuli. (Payvand)   

Ota-onaning o’g’il va qizi. (Farzand)  

─  Tana qo’yib, shoxlar chiqarib o’sadigan o’simlik. (Daraxt)  

─  Oziq-ovqat mahsuloti. (Go’sht)  

─  Insonning yaqin kishilaridan biri. (Do’st)  

─  Biror harakatni bajarish uchun astoydil bel bog’lash. (Qasd)  

─  Odamning shod bo’lgandagi holati. (Xursand)  

─  Amir Temur poytaxt qilgan shahar nomi. (Samarqand)  

─  Bolalarning sevimli shirinligi nomi. (Xo’rozqand)  

O‘quvchilar aytgan so‘zlarni o‘qituvchi doskaga yozib boradi.   

─ Shu so‘zlarning oxirida nechta undosh harf yozilgan?  

O‘qituvchi  muammo  mohiyatini  qisqacha  tushuntiradi:  o‘zbek  tilida  mana shu  

kabi  oxirida  ikkita  undosh  yonma-yon  kelgan  so‘zlarni  aytganimizda,  ba‘zan 

so‘z  oxiridagi d, t  tovushlari tushib qoladi, ammo bu so‘zlarni  yozganda, asliga 

muvofiq,  ya‘ni  oxiridagi  undosh  harfni  tushirib qoldirmay, xursand, Samarqand, 

do’st, g’isht kabi yozamiz.  

II.  Aytilishda  tushib qoladigan undoshlarni kuzatish.  

1.  So‘z  oxirida  d,  t  harflari  tushirib  qoldirilgan  so‘zlarni  yozdirish,  

aytilishi  va yozilishni  qiyoslash.   

131-mashq. Nuqtalar o‘rniga d, t harflaridan  mosini qo‘yib ko‘chiring.  

Xursan… , balan… , darax… , pas… , farzan… , payvan… , ros… , do‘s… .  

2.  O‘quvchilarga  qoidani darslikdan o‘qitish.

5

 

 



 

O‘quvchilarga  qoidani  tushuntirishda  Samarqand,  farzand,  do’st,  daraxt 

so‘zlari bilan obod, ozod, hayot, iqtisod, ma’naviyat kabi so‘zlar qiyoslanadi, ya‘ni  

qoida ketma-ket kelgan  undoshli so‘zlar uchun yozilganligi  eslatib o‘tiladi  

 

5

 K. Qosimova, S. Fuzailov,  A. Ne‘matova.  Ona tili.  Umumiy  o‘rta ta‘lim  maktablarining  2-sinfi  uchun darslik. 



T., Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012,  52-bet. 

15 

 

III.  Aytilishda  tushib  qoladigan  undoshlarning  aytilishi  va  yozilishi  haqidagi  



ko‘nikmani    shakllantirish.      Buning    uchun  darslikdagi    132-mashqdan 

foydalaniladi.  

Mashq  sharti  quyidagicha:  O‘qing.  Ajratib  ko‘rsatilgan  so‘zlarning  aytilishi  

va yozilishidagi  farqni ayting. 

  

Ona shahrim –  azim Toshkent,  



Go’zallikda tengsiz poytaxt.  

Kelajagi buyuk shahar,  

Quchog’ida yuz ochar baxt.  

Ko’chalari ravon, nurli,  

Binolari ko’rkam, baland.  

Bo’lsam deyman bir koriga  

Yaraydigan komil farzand.  

                                                                     Abdurahmon Akbar  

  

1.  O‘qituvchi  o‘quvchilarga  ―Men  she‘rni  o‘qib  beraman,  sizlar aytilishida  



tushib  qoladigan  d  va  t undoshli so‘zlarni  aniqlab aytasiz‖ topshirig‘ini  berib, 

yuqoridagi she‘rni ifodali o‘qiydi. O‘quvchilar Toshkent, poytaxt, payvand, baland 

so‘zlarini aniqlaydilar  (zarur bo‘lsa, o‘qituvchi yordam beradi).   

O‘quvchilar  133-mashqni  mustqil  bajaradilar.  O‘qituvchi  o‘quvchilar  javobini  

umumlashtiradi,  mavzu haqidagi fikrlarni xulosalaydi.  

Darsni yakunlash.    

Savol: Darsda nimalarni  bilib oldingiz?  

IV.  Uyga vazifa. 134-mashq.  O‘rganilgan  mavzuga mos to‘rtta so‘z  

yozish. 

2- dars  

Mavzu:  Aytilishda   tushib qoladigan undoshlar  

Maqsad:  So‘z  oxirida  aytilishida  tushib  qoladigan  d  va  t  undoshliso‘zlarning 

to‘g‘ri aytilishi  va imlosi  haqidagi ko‘nikmani o‘stirish.  


16 

 

Darsning borishi.  



I.  Uy vazifasini  tekshirish.  

Mashq  parta  oralab  ko‘rib  chiqilgach,  bir  necha  o‘quvchi  yozib  kelgan  

so‘zlarni o‘qiydi, qanday yozganini tushuntiradi.  

II.  So‘zlarning  aytilishi    va  yozilishini  taqqoslash    bilan  aytilishda    tushib 

qoladigan undoshlarning  imlosi haqidagi ko‘nikmani  mustahkamlash.  

1.  Izohli yozuv: o‘qituvchi quyidagi so‘zlarni to‘g‘ri qilib aytadi: payvand, farzand,  

baland,  xursand,  Samarqand,  do’st,  mashinist,  juft,  g’isht,  go’sht.  

O‘quvchilar    navbat    bilan    so‘zlarni    izohlab    doskaga    yozadilar,    qolgan  

o‘quvchilar  daftarlariga    ko‘chirib    yozadilar.    Masalan,    payvand    so‘zida    ikki 

bo‘g‘in  bor:    pay-vand,  so‘z  oxiridagi  d  undoshi  aytilishda  ba‘zan  eshitilmaydi, 

ammo so‘z oxirida d harfi yoziladi.  

2.  135-mashqni birgalikda  bajarish.  

  135-mashq. Maqollarni  o‘qing.  

Mehnatdan do‘st ortar. Boshingga qilich kelsa ham  rost gapir. Rejasiz ish – olipsiz 

g‘isht. Baland tog‘da qor bo‘lar, mard kishida or bo‘lar.  

  Ikkita  maqolni  ko‘chiring.  Aytilishi  va  yozilishida  farq qiladigan so‘zlarning  

tagiga chizing.  

3.  136-mashqni mustaqil bajarish.  

4.  O‘z diktant yoki yoddan yozuv. 137-mashq.  

III.  Darsni yakunlash.  

IV.  Uyga vazifa. 138-mashq. 

 

 



 

 

 



3. 3-sinfda  “Talaffuzda  tushib  qoladigan  undoshlar”  mavzusi  ustida 

ishlash 

  


17 

 

Fonеtik  tushunchalar  ustida  ishlash  ona  tili  o‘qitish  tizimida  asosiy vazifalardan  



biri  sanaladi.  Chunki  tovush  tilshunoslikda  til  birligi  sifatida  muhim ahamiyatga  

ega.    Shuning   uchun   tovush   ma‘no    farqlovchi    fonema   sifatida  boshlang‘ich 

sinflardan boshlab o‘rgatib boriladi.  

3-sinfda fonеtik tushunchalarga  oid bilimlar  yanada kеngaytiriladi.    

3-sinfda    sinfda    ―Talaffuzda    tushib    qoladigan    undoshlar‖    mavzusi    asosida 

o‘quvchilar so‘z oxirida tushib qoladigan undoshli so‘zlar va ularning imlosi bilan 

tanishadilar.  Quyida  aynan  shu  mavzu  asosida  tashkil  qilingan  dars ishlanmasini 

kеltirib  o‘tamiz.  

Mavzu:  Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar  

Darsning  maqsadi:  Talaffuzda  tushib  qoladigan  undoshlarning  imlosini takrorlab,  

mustahkamlash;  chiroyli  yozuv  malaka  va  ko‘nikmalarini  

takomillashtirish;  Vatanga mеhr-muhabbat tuyg‘ularini  tarbiyalash.  

Darsning turi:  takrorlash, mustahkamlash.  

Darsning mеtodi: suhbat, savol-javob, kuzatish.  

Darsning  jihozi:  shahar  va  qishloqlarning  bugungi  go‘zal  qiyofasi tasvirlangan  

rangli  rasmlar.  

Darsning borishi:  

Darsni  tashkil    etish.  O‘quvchilarning    darsga  tayyorgarligi    kuzatiladi.  Yoddan 

yozuv diktanti.  

53-mashqdagi    shе'r    kitobdan    bir    nеcha    marta    o‘qitiladi    (o‘qituvchi    bilan 

birgalikda  jo‘r bo‘lib, ovozsiz, ichdan, yakka holda).   

Farzand bo’lib maqtayman,  

Xursand bo’lib maqtayman.  

Shu o’lka suvin ichdim,  

Dilband bo’lib maqtayman.  

Onajon O’zbekiston,  

Mehribon O’zbekiston.  

Po’lat Mo’min  

O‘qituvchi  o‘quvchilar  shе‘rni  yod  olganlariga  ishonch  hosil  qilgach, kitoblar  


18 

 

olib  qo‘yiladi.  O‘quvchilarga  shе‘rni  yoddan  mustaqil  yozish  tavsiya etiladi.  



O‘quvchilar  yozganlarini    kitobdan  tеkshiradilar.  Talaffuzda  tushib  qoladigan 

undoshlarning  imlosini  kuzatish, o‘rgatish. So‘z  oxirida  tushib  qoladigan  t,  d  

undoshlarining  imlosi  54-mashqni o‘quvchilar jamoasi bilan doskada va daftarda 

bajarish  orqali  eslatiladi.  O‘quvchilar    mashq    talabini    bajarib,    so‘zlarni    qayta  

o‘qib,  yozganlariga qiyoslaydilar.  O‘qituvchi  rahbarligida  bunday  so‘zlarning  

talaffuzi  va  yozilishidagi farqni  aniqlaydilar,  shu  so‘zlar  bilan  og‘zaki  gaplar  

tuzadilar.  Darslikdagi  qoida ustida ishlanadi. O‘qituvchi  qoidani  tushuntirgach,  

o‘quvchilar  uni  kitobdan  o‘qiydilar, qoidaga mos misollar tanlaydilar, o‘quvchilar 

aytgan so‘zlardan 6 – 8 tasi doskaga (talaffuzda  tushib  qoladigan  undoshlar  o‘rniga  

nuqta  qo‘yilgan  holda)  ikki  ustun  

shaklida yozib boriladi.  

Samarqan...                                        Toshkеn...  

Payvan...                                            darax...  

Bahraman...                                        kaf...  

O‘quvchilar  birinchi  ustundagi  so‘zlarning  oxiriga  ―d‖,  ikkinchi  ustundagi  

so‘zlarning  oxiriga  ―t‖  undoshlarini  qo‘yib,  so‘zlarni  ko‘chiradilar.  O‘qituvchi 

so‘zlarni  o‘qiydi.  Bolalar  so‘zlarning  aytilishi  bilan  yozilishini  kuzatib  boradilar. 

Birinchi ustundagi so‘zlar o‘qilganda ―d‖ undosh tovushining tushib qolayotganini,

 

ikkinchi  ustundagi  so‘zlar  o‘qilganda  esa ―t‖ undosh tovushi tushib qolayotganini 



aniqlaydilar.  Qoidani bilganlaricha  aytib bеradilar. So‘ngra 55-mashq bajariladi.  

Mustaqil  ish.  O‘qituvchi    doskaga    farzan.,    mush.,    balan.,    mashinis.,    dilban.,  

g‘ish.,  ros. so‘zlarini  yozib  qo‘yadi,  o‘quvchilarga  nuqtalar  o‘rniga  ―d‖,  ―t‖  

undoshlaridan mosini  qo‘yib,  doskada  bеrilgan  so‘zlarni  ikki  ustun  shaklida  

yozishni  topshiradi  

va  birinchi  ustunga  oxirida  ―d‖  harfi  yoziladigan  so‘zlarni  yozish  tushuntiriladi.  

Mustaqil ish o‘quvchi rahbarligida tеkshiriladi.  

Mantiqiy  mashq.  

57-mashq. Bu mashq topshirig‘iga ko‘ra og‘zaki bajariladi. O‘quvchilarning diqqati  

juft,  to‘rt  so‘zlarining  talaffuzi  va  imlosiga  qaratiladi.  Bu  so‘zlar o‘quvchilarga  



19 

 

takror-takror  talaffuz  qildiriladi.  Talaffuzda  to‘rt  emas  to‘r eshitilayotgani,  bunda  



so‘z  ma'nosi  butunlay  o‘zgarib  kеtganligi,  juft  so‘zini talaffuz  qilishda  juft  

emas,  jup,  ya'ni  ―f‖  o‘rnida  ―p‖  eshitilayotgani,  shunga qaramay, bu so‘zlar 

aslicha  yozilishi  tushuntiriladi.  So‘ngra  gap  mazmunan  qanday  gap    ekanligi  

aniqlanadi.  Gap  mantiq  tomondan  ko‘rib  chiqiladi  va  unda so‘raldayotgan narsa 

qanday joylashtirilishi  haqida xulosa chiqariladi.  

Husnixat mashqlari. Husnixat uchun matеrial.  

Uu. Umid, Murod, Umid Murod bilan inoq.  

Darsni yakunlash.  

Uyga  vazifa:  56-mashq.  Talaffuzda  ―d‖,  ―t‖  undoshlari  tushib  qoladigan  

so‘zlardan 10 ta topib yozish.  

Dars  davonida  o‘quvchilarning  bilimini  mustahkamlash,  orfografik hushyorligini  

ta‘minlash  uchun  “So’z  ichida  ketma-ket  kelgan  har  xil undoshlar”  mavzusiga  

doir  ta‘limiy mashqlarni o‘ylab toppish, ijod qilish hamda ularni  dars  davomida  

qollash    yaxshi    samara    beradi.    Quyida    ana    shunday  mashqlardan  misollar  

keltirilgan.  

Tushunchani so’z bilan ifodalash mashqlari:  

Onalarda tugamaydigan  ―narsa‖ (mehr)  

Eng yaqin o‘rtoq (do‘st)  

O‘zbekistonning poytaxti (Toshkent)  

Nomi shirinlik  bilan tugaydigan  shahar (Samarqand)  

Ayollar  bayrami oyi (mart)  

Va‘dasida turadigan, saxiy (mard)  

Ertaklardagi  podshohlar yashaydigan joy (qasr)  

Yuz yil (asr)  

Hech to‘xtamaydigan jarayon (vaqt)  

Bolalar  yaxshi ko‘radigan shirinlik  (qand)  

Antonim so’zlardan:  

Xafa emas (xursand)  

Tez emas (sust)  


20 

 

Baland emas (past)  



Suyak emas (go‘sht)  

Yolg‘on emas (rost)  

Bo‘sh emas (band)  

Aql emas (jahl)  

Nasiya emas (naqd)  

Loy emas (g‘isht)  

Vodiy emas (dasht)  

Bunday  mashqlar  o‘quvchining  so‘z  boyligini  oshiradi,  darsga  bo‘lgan  

qiziqishini  orttiradi.  

   


Mavzu:  Diktantni  tahlil  qilish.  Yo‘l  qo‘yilgan  xatolar  ustida  ishlash. O‘rganilgan  

mavzularni  mustahkamlash mashqlarni  bajarish.  

Maqsad:  Xatolar  ustida  ishlash  ko‘nikmasini  shakllantirish;  jarangli  va jarangsiz  

undoshlarni,  talaffuzda  tushib  qoladigan  va  ketma-ket  kelgan  bir  xil undoshli 

so‘zlarni to‘g‘ri  yozish ko‘nikmasini  o‘stirish.  

Darsning borishi. 

Diktant  natijasi  haqida tushuntirish.  

II. Ko‘pchilik o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolar ustida ishlash.  

1.  Diktant  matnidagi  so‘z  oxirida  talaffuzda  tushib  qoladigan  undoshli  

so‘zni va shu qoidaga mos o‘zingiz yozgan so‘zlarni o‘qing.  

2.  So‘z  ichida  ketma-ket  kelgan  bir  xil  undosh  harf  yozilgan  so‘zlarni  

o‘qing.  Talaffuzda    tushib    qoladigan    undoshli    va    ketma-ket    kelgan    bir    xil  

undoshli so‘zlarni xato yozgan o‘quvchilar shu so‘zlarni to‘g‘ri yozadilar. Boshqa  

o‘quvchilar  aytilishida  tushib  qoladigan  va  ketma-ket  ikkita  bir  xil undosh harf 

yoziladigan  so‘zlarga ikkitadan  misol aytadilar  va yozadilar.  

III.    Darsni yakunlash.  

IV.  Tarqatma materiallar  bilan ishlash.  

V.   Uyga vazifa. O‘rganilgan  qoidalarni  yodda tutish. 

Mavzu bo’yicha dars ishlanma  


21 

 

Mavzu: 



Undosh tovushlar va harflar 

Dars maqsadi: 

 

     Тa’limiy: 

O`quvchilarning undosh tovushlar va undosh harflar 

haqidagi bilimlarini aniqlash, undosh tovushlarni hosil 

bo`lishi, ularni so`z tarkibida aniqlay olishini 

mustahkamlash. 



     Tarbiyaviy: 

O`quvchilarni topqirlikka o`rgatish, tabiat ne`matlarining 

foydasi haqida tushuncha hosil qilish, tabiatni asrashga, 

parvarishlashga o`rgatish. 



     Rivojlantiruvchi: 

O`quvchilarning undosh tovush va harflar haqidagi 

bilimlarini, so`z boyligini, chiroyli yozuv malakalarini 

rivojlantirish. 



Dars turi: 

Mustahkamlovchi dars. 



Dars jihozi: 

Undosh harlarning kesma shakli, narsalarning rasmlari, 

ko`rgazmalar, proektor, 1-sinf darsligi muallif 

E.Shodmonova, T.G’afforova, 2014 yil, ona tilidan 

qo’llanma. 

Dars uslubi: 

Savol-javob, suhbat, o`tilgan mavzuni mustahkamlashda 

“So`z o`yini”dan foydalanish, tarmoqlash usulidan, 

proektor yordamida “So`z tuz” o`yinidan foydalaniladi. 

Darsning borishi 

TASHKILIY QISM: 

Navbatchi axborotini tinglash.O’quvchilar davomatini aniqlash. (3 daqiqa) 



O`qituvchi:  Hozir qaysi fasl? 

Kuz faslida ob-havo qanday bo’ladi? 

Bugun ob-havo qanday? 

Shu kunning yangiliklari asosida suhbat tashkil etish. 



22 

 

O`qituvchi:  Hozirgi kunda qanday yangiliklarning guvohi bo`lyapsiz yoki 

eshitdingiz? 

O`quvchi: 

Sport yangiliklari, poytaxtimizga tashrif buyurgan mehmonlar 

haqidagi yangiliklari aytiladi. 

O`qituvchi:  Hozir qaysi dars? (6 daqiqa) 

O`quvchi: 

Ona tili. 



O`qituvchi:  Biz o`tgan ona tili darsimizda qanday mavzu bilan tanishganmiz, 

uyga vazifa nima? 



O`quvchi: 

Unli tovush va harflarni mustahkamlash.Uyga vazifa 23-mashq. 

Shartiga ko`ra so`zlar tuzib, yozish lozim. 

O`qituvchi:  2-3- o`quvchidan uy ishi so`raladi, muhokama qilinadi. Uyga 

berilgan vazifa baholanib, umumlashtiriladi. 



O`qituvchi:  Otilgan mavzularni biz yodga olaylik. Unli tovushlar qanday 

aytiladi? 



O`quvchi: 

Unli tovushlar hech qanday to`siqqa uchramaydi, cho`zib talaffuz 

qilinadi. 

O`qituvchi:  Unli tovushlar nechta va qaysilar? 

O`quvchi: 

6 ta: aoeiuo`



O`qituvchi:  Uchqur so`zini bo`g`in-tovush, tovush-harf jihatidan tahlil qilinadi. 

O`quvchi: 

Uch – 1 bo`g`in, 2 ta tovush (uch), 2 ta harf (uch).  

qur – 2 bo`g`in, 3 ta tovush (qur), 3 ta harf (qur). 

O`qituvchi:  auunlilari bilan boshlanuvchi so`zlar topadi, izohlaydi. 

O`quvchilar bilimlari izohlanadi, rag`batlantiriladi. 



Dam olish daqiqasi: 

Bo`yin cho`zib qarag`ay, 

Yon atrofga qaragay. 

23 

 

Der u: barcha daraxtdan, 



Baland akang qarag’ay. 

O`qituvchi:  O`zbek tilida unli tovushdan tashqari yana qanday tovush bor, u 

qanday hosil bo`ladi? 



O`quvchi: 

Undosh tovush to`siqqa uchraydi, cho`zilmaydi. O`zbek tilida 23 ta 

undosh harf bor. 

Dars maqsadi e’lon qilinadi. 



YANGI MAVZU BAYONI: 

O`qituvchi:  Mana, sizlar bilan bugun undosh tovushlarni takrorlaymiz. Sinf 

daftariga sana, mavzuni yozing. Lug`at diktanti 

(kuzqalamkitobshavlaburgutbulbul). 

Undosh harflarning tagiga chiziladi. Sinf taxtasidagi so`zlar bilan tekshiriladi. 



DARSLIK BILAN ISHLASH: 

O`quvchilarga undoshlar haqida, ularning yozilishini o`rgatish. 



O`qituvchi:  Quyidagi topishmoqning javobini toping: 

Ikki yoni tog`, o`rtasida 

sarig` yog`. 

(yong`oq) 

Darsligimizning 17-betidagi 24-mashqda Ibrohim Donishning 

“Yong`oq” she`ri berilgan. (5 daqiqa) 

O`quvchilar o`qib, undoshlar tagiga chizish topshiriladi. Nechta undosh borligi 

aniqlatiladi (15 xil undosh, 9 xil undosh ishtirok etmagan). 

Sinf taxtasiga yozilgan she`r matnini daftarlariga ko`chiriladi.O’quvchilarga 

chiroyli yozish qoidalari eslatiladi. 

Dam olish daqiqasi: 

Olma yedim baqalog’idan, 

Anjir yedim yapalog’idan. 


24 

 

Olcha yedim qo’shalog’idan, 



Dehqon boboning shapalog’idan

“So`z  tuz!”  mashqi  proektor  orqali  beriladi.  O`quvchilarga  proektor  haqida 

tushuncha  beriladi.  Mashq  shartini  tushuntiriladi.  O’quvchilar  har  bir  shakldan 

oltitadan so’z tuzishlari kerak. (3 daqiqa) 

Qatorlar bo’yicha tuzilgan so’zlar o’qitilib,rag’batlantiriladi. (2 daqiqa). 

25-mashq  asosida  rasmli  diktant  o`tkaziladi.  Darslikdagi  lug`atdan  tekshiriladi. 

Sabzavotlarning foydasi, vitaminlarga  boyligi, ularni yetishtirishda  dehqonlarning 

mehnati  haqida  suhbat  o`tkaziladi.  Daftarga  yozilgan  sabzavot  nomlaridagi 

undoshlarning tagiga chizish topshiriladi. 

O`qituvchi:  Mehnat haqida qanday maqollar bilasiz? (4 daqiqa) 

1-o`quvchi:   Mehnat – baxt keltirar. 

2-o`quvchi:  Mehnat, mehnatning tagi rohat. 

3-o`quvchi:  Ishlagan tishaydi, ishlamagan tishlamaydi. 

O`qituvchi:  Barakalla, bolajonlar, mehnat insonni ulug`laydi sog`lom qiladi, 

chiniqtiradi. 



Dam olish daqiqasi. 

“Zanjir” o’yini: Bunda o’quvchilar aytgan birinchi so’zning oxiridagi harf bilan 

ikkinchi so’zni aytishlari kerak. (5 daqiqa) 



O`qituvchi:  O`tilgan mavzuni mustahkamlovchi savollar, topshiriqlar beriladi. 

(5 daqiqa)Kesma harflar ichidan undosh tovushni ifodalovchi 

undosh harflarni ajratib ko`rsatish, o`kuz topshirig`I beriladi. 

Undosh tovushlarga qoida chiqariladi. 



O`quvchi: 

Undosh tovushlar og`izda to`siqqa uchraydi, qisqa aytiladi, ovoz va 

shovqindan hosil bo`ladi. 

35-mashq uyga bajariladi. O`quvchilar undosh tovushni aniqlaydilar, harf 

birikmalarini ajratib tagiga chizadilar (shchng). (2 daqiqa) 

O`qituvchi:  Harf birikmalariga nechta katak ajratiladi (1 ta), nima uchun? 


25 

 

Mustahkamlovchi topshiriqlar beriladi. 



O`qituvchi:  Lug`at diktantdagi so`zlar ishtirok etgan gaplar tuzing. 

 

O`quvchilar:  Kuz keldi. (4 daqiqa) 

Qalam bilan chiroyli rasm chizdim. 

Kitob-mening do`stim. 



O`qituvchi: 

Mana shu tuzgan gaplarimizda undosh tovushlar ishtirok 

etganmi? 

O`quvchilar:  Albatta, har bir so`zimiz unli va undosh tovushlardan tuzilgan. 

 

Bunda o`quvchilarning o`g`zaki nutqi, so`z boyligi o`sishi ko`zda tutilgan. 



Bilardim, bildim, bilmoqchiman. (4 daqiqa) 

O`quvchilar o`z bilimlarini belgilar qo`yish orqali aks ettiradilar. Har bir o’quvchiga 

uchta shakl chizilgan qog’ozlar tarqatiladi. 

Agar dars o’quvchiga yoqsa,birinchi rasmga kulib turgan shakl chizadilar. 

Agar  dars  yoqmasa,yig’lab  turgan  shaklni,darsga  befarq  bo’lsa  to’g'ri  chiziq 

chizadilar. 

O`quvchilar bilimlari baholanib, rag`batlantiriladi. (2 daqiqa) 

 

 



 

 

 



X u l o s a 

Boshlang‘ich ta'lim o‘quv dasturiga muvofiq, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 

fonеtik-grafik  ko‘nikmalar  komplеksini  egallaydilar:  tovushlar  va  harflar;  unli  

va undosh  tovushlar;  jufti  bor  jarangli  va  jarangsiz  undoshlar;  jufti  yo‘q  jarangli  

va jarangsiz  undoshlar;  so‘zni  bo‘g‘inlarga  bo‘lish;  urg‘uli  bo‘g‘inni  ajratish 

ko‘nikmalariga  ega bo‘ladilar.  



26 

 

O‘quvchilarga  jarangli  va  jarangsiz  undoshlar  ham  tovushlar  talaffuzini  



kuzatishga    asoslanib    tanishtiriladi.    Bunda    jufti    bor    jarangli    va    jarangsiz  

undoshlar ajratiladi.  Kuzatishda  o‘quvchilar  faol  qatnashishi  va  ularga  jufti  bor  

jarangli undosh  bilan  jarangsiz  undoshlarni  ajratish  qanchalik  muhim  ekanligini  

yaqqol ko‘rsatish  uchun.  

Biz    ―2-  sinflarda  undoshlar    ustida    ishlash  mavzusidagi    kurs  ishimiz  

mavzusi   ustida    ishlash    va    uni    shakllantirish jarayonida  quyidagi    xulosalarga 

kеldik:  

─  Boshlang‘ich  sinflar  ona  tili  ta'limida  fonеtik  va  grafik  tushunchalar  ustida  

ishlash    nihoyatda    murakkab    ish    hisoblanadi.    Chunki    hatto    katta    yoshdagi 

kishilarning  hali  ko‘pchiligi  unli  -  undosh,  tovush  -  harf,  jarangli  -  jarangsiz,  

til  - yozuv  tushunchaliring  farqiga  bormaydi.   

Ba‘zan  ―lotin  yozuvi‖  bilan  ―lotin  tili tushunchasini  farqlay  olmaslik  holatlari  

uchrab  turadi.  Baholanki,  lotin  tili  hozirda o‘lik til hisoblanadi.  

─  Ona  tili  ta'limida  undoshlar  bilan   bog‘liq  fonеtik-grafik tushuncha orqali 

o‘quvchilarda imloviy  hamda grafik malaka  shakllantiriladi.   

 ─    Jarangli  va  jarangsiz  undoshlar    bilan    bog‘liq    fonеtik    tushunchalar    ustida 

ishlashning    muayyan    bosqichlari,    usullari    ham    uslubiy    qo‘llnmalarda    aniq 

bеrilmagan.   

─  Undoshlar  bilan  bog‘liq  fonеtik  tushunchalar  ustida ishlash  ta'limda  muhim  

ahamiyat  kasb  etadi,  aynan  o‘quvchining  savodxonligi mana shu tushunchalarni  

o‘zlashtirib borish bilan belgilanadi.    

─    Fonеtik    tushunchalarni    nazorat    qilishda    o‘qituvchi    muntazam    ravishda 

o‘quvchilar  egallagan  tushunchalarni  tеkshirib  turishi,  o‘quvchilar  ko‘nikma  va 

malakalarini  tahlil  vositasida  aniqlab  borishi,  o‘quvchilarning  kamchilik  va  

nuqsonlarini  bartaraf etib borishi yaxshi samara bеradi.  

─    Ona    tili    ta'limida    jarangli  va  jarangsiz  undoshlar    bilan    bog‘liq    fonеtik 

tushuncha    orqali    imloviy    malaka    shakllantiriladi.    Shuning    uchun  

mashg‘ulotlarda  olingan    yozma    ishlarning    sifatiga    qarab,    ularning    imloviy  

jihatini  tahlil  qilib, o‘quvchilarning  fonеtik  tushunchalarni  o‘zlashtirish  darajasi  


27 

 

qanday  ekanligini aniqlash mumkin.  



─  Jarangli va jarangsiz undoshlar  bilan  bog‘liq  fonеtik  tushunchalarni  nazorat 

qilishda turli  ta'limiy  vositalar  va o‘yinlardan foydalanish lozim.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 

1.  Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat –yengilmas kuch. –T.: Ma‘naviyat, 2008.  

–B. 89-90.  

2.    Karimov  I.A.  Til  elni  birlashtirishi  lozim.  O‘zbekiston  mustaqillikka  erishish 

ostonasida. Toshkent: O‘zbekiston. 2012., 439 b, 66-bet.  

3.    «Ta'lim    to‘g‘risida»    gi    Qonun        //    Barkamol    avlod    –    O‘zbеkiston 



28 

 

taraqqiyotining poydеvori.-T., 1997.-B. 27.  



4.  Abuzalova M. Gapning eng kichik qurilish qoliplari haqida\\ O`TA. 2003. N . 

42-46 b. 

5.A. Rafiyev. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi. — T.: 2003. 

6.Ikromova    R,    Muhamedova    D.,    Shodmonqulova    D.,    Maqsudova    M., 

G‘ulomova  X.  Hozirgi  o‘zbek  adabiy  tilidan  ma'ruza  matnlari  (Morfemika.  So‘z 

yasalishi. Morfologiya.). Toshkent. 2001-yil.  

7.  Yunusov R. O`zbеk tilidan  praktikum. 1-qism,   TDPU, 2006.  

8.  Karimova  Q.,  Matchonov  S  va  .b.  Ona  tili  o‘qitish  metodikasi.  Darslik.  –

Toshkent: Noshir. 2009. -351.  

9. Mirzayev M., Usmonov S. , Rasulov I. O`zbek tili. T., «O`qituvchi» 2006 yil  

10. Nigmatov X.G.  Funktsionalnaya morfologiya tyurkoyazichnix pamyatnikov  

XI-XII vv. st.71-72.  

11. Nurmonov A. Gap haqidagi sintaktik nazariyalar. T. 2013. Sayfullaеva R.,   

12. Nurmonov  A.,Shahobiddinova  Sh.    Grammatik  katеgoriya  muammosiga  

doir ayrim mulohazalar \\ O`TA. 2014. N 6  22-26 b.  

13. Otamirzaеva Z., Yusupova M. O`zbеk tili. - Toshkеnt:, O`AJBNT markazi  

2004.  

14.Ona  tili.  4-sinf  maktab  darsligi.  Ikromov  R.,  G‘ulomova  X.,  Yo‘ldosheva  



Sh., Shodmonova D. Toshkent: O‘qituvchi., 2007.190 b. 

15. Raxmatullaеv Sh.  Hozirgi adabiy o`zbеk tili. Univеrsitеt nashriyoti, 2006.  

16.R.  Safarova  va  boshq.  Savod  o'rgatish  darslari  (Alifbeni  o‘qitish  bo‘yicha 

metodik qoMlanma). - T.: „Ma’naviyat“, 2003. 

 

17. Sayfullaеva R.R. va.b. Hozirgi o`zbеk adabiy tili. T., «Fan va tеxnologiya»,  



2009, -416.  

18. Tursunov  U.,  Muxtorov  J.,    Raxmatullaеv  S.  Hozirgi  o`zbеk  adabiy  tili.  - 

Toshkеnt:, O`zbеkiston,  2003.  

19. Hamroеv  M,  Muhamеdova  D.,  Shodmonqulova  D.  Ona  tili.  -  Toshkеnt:,  

Moliya, 2008.  


29 

 

20. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 1-qism. T., «O`qituvchi» 1980 yil  



21. O`zbеk tili grammatikasi. T. 2007.144 b.;  

22.Shoabdurahmonov Sh, Asqarova M., Xojiev A, Rasulov I, Doniyorov X.   

Internet saytlari 

23. 


Savod o’rgatishda interfaol usullardan foydalanish 

http://alifbe.zy.uz/11

 

Vasikova Shaxnozani maxsus sayti. 



24. 

Yo’ldosheva  Sh.  3-  sinf  o’qish  darslarida  interfaol  usullardan  foydalanish. 

O’quvchilarning  milliy  ma’naviyati  shakllantirishda  boshlang’ich  ta’limning 

o

,



rni.(ilmiy-metodik to’plam). NTDPU Toshkent-2009. Ziyonet.uz 

 

 



 

Document Outline

  • Darsning borishi
    • TASHKILIY QISM:
    • YANGI MAVZU BAYONI:
    • DARSLIK BILAN ISHLASH:

Download 374.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling