Samrqand davlat universiteti
Download 374.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Namuna
1
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMRQAND DAVLAT UNIVERSITETI BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETI 3-KURS 3O6-GURUH TALABASI Obloqulova Baxtigulning ONA TILI O’QITISH O’QITISH METODIKASI fanidan Ikkinchi sinfda jarangli va jarangsiz undoshlarni o’rgatish uslubiyati mavzusida bajargan KURS ISHI Topshirdi : B.Obloqulova Ilmiy rahbar: Sh.G’iyosova 2
Mavzu : 2-sinfda jarangli va jarangsiz undoshlarni o’rgatish uslubiyati KIRISH. I.ASOSIY QISM. 1.1 Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish. 1.2. “Aytilishda tushib qoladigan undoshlar” mavzusu ustida ishlash 1.3. “Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar” mavzusi ustida ishlash Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
3
KIRISH. Kurs ishining dolzarbligi: O‘zbеkiston Rеspublikasi mustaqillik sharofati bilan taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Rеspublikamiz birinchi Prеzidеnti I. A. Karimovning rahnamoligi va bеvosita ishtirokida ishlab chiqilgan ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ O‘zbеkiston ta'lim tizimining samarasi va yutug‘i ekanligi shak-shubhasizdir. Mustaqillik sharofati bilangina bunday kеng miqyosli ijtimoiy loyihalarni hal etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Faxr va iftixor tuyg‘ulari bilan aytishimiz mumkinki, yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari yuz yillarga tatigulik mazmun-mohiyat kasb etmoqda. 1
ham ma'naviy jihatdan sog‘lom qilib o‘stirish, ularning baxt-u saodati, farovon kеlajagini ko‘rish, dunyoda hеch kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi‖. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ma'naviy sohalarda amalga oshirilayotgan jarayonlar, yangiliklar ana shu niyatlarimizning pirovad natijasidir. ―Maktabga e'tibor ─ kеlajakka e'tibor‖ dеgan olijanob shior yurtimizda kеng tarqalib, ustuvor davlat siyosati va umumxalq harakati sifatida hayotda o‘zining amaliy aksini topmoqda. Darhaqiqit, kеcha, bugun va ertangi kun istiqboli va taraqqiyotida o‘qituvchining o‘rni va roli bеqiyosdir. Har bir davrda ta'lim-tarbiya jamiyat munosabatining asosi sanalgan. Ta'lim jarayonining yadrosi sanalgan o‘qituvchi zimmasiga bugungi kun katta talablar qo‘ymoqda. Ta'limda hamma narsa tarbiyachining faoliyatiga asoslanishi kеrak. Shaxsning rivojlanishi va shakllanishiga shaxs ta'sir ko‘rsata oladi, xaraktеrini faqat xaraktеr vositasida yaratish, vujudga kеltirish mumkin. Bolalarni shaxs sifatida
11 I. A. Karimov. O‘zbеkiston Konstitutsiyasi – biz uchun dеmokratik taraqqiyot yo‘lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydеvordir.―Xalq so‘zi‖ gazеtasi, 2009- yil, 6- dеkabr soni. 4
shakllantirish masalasi o‘qituvchi uchun, mashhur muallim, faylasuf va shoir Abdulla Avloniy aytganlaridek, ―Yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidir‖. ―Shuni unutmasligimiz kеrakki, kеlajagimiz poydеvori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida, avvalo, shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kеlib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va kеng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yеtkazish – ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi bo‘lishi lozim, dеb qabul qilishimiz kеrak. Bu esa ta'lim- tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi. Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo‘lmaydi — bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi‖. 2
Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta'limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kеngaytirishga, ularda erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishga, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta'limiga o‘quv fani sifatida emas, balki butun ta'lim tizimini uyushtiruvchi ta'lim jarayoni sifatida qarash lozimligini alohida ta'kidlash joizdir. Boshlang‘ich ta'lim davlat qonunini hayotga tadbiq etishda muhim bosqich hisoblanadi. ―Bolaning jismoniy va psixologik rivojlanishidagi eng asosiy davr – bu boshlang‘ich sinf davridir. Hammamiz bilamizki, sobiq tuzum sharoitida bu masalaga, afsuski, yеtarlicha ahamiyat bеrilmas edi. Quyi sinflarga dars bеrish, asosan, o‘rta maxsus ma'lumotga ega bo‘lgan muallimlarga topshirib qo‘yilgan edi. Boshlang‘ich ta'limning yosh avlod hayotidagi roli va ahamiyatini hisobga olgan holda, bunday nomaqbul holatga butunlay barham bеrildi va bu vazifani bugungi kunda oliy ma'lumotli, yuksak profеssional mahoratga ega
2 I. Karimov. Yuksak ma'naviyat – yеngilmas kuch. Toshkеnt.‖Ma'naviyat‖, 2008, 61-bеt. 5
bo‘lgan pеdagogik kadrlar bajarmoqda‖. 3
Boshlang‘ich sinflarda unoshlar haqida tushunchalarni shakllantirish ancha murakkab ish hisoblanadi. Ba‘zan katta yoshdagi o‘qimishli kishilarning ayrimlari ham unli-undosh, jarangli-jarangsiz, bo‘g‘in yoki urg‘u tushunchalarini farqlayolmaydi. O‘quvchilar unli tovushni undosh tovushdan ongli farqlashlari uchun u tovushlarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zlashtirishlari talab etiladi. Tovush murakkab tushuncha bo‘lganligi uchun boshlang‘ich sinflarda unga ta'rif bеrilmaydi. Shunga qaramay, ―Bolalarda tovush haqida to‘g‘ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar orqali hosil qilinadi. 4
Shunga e'tibor bеrish kеrakki, adabiy tilning fonеtikasini o‘rganish natijasida o‘quvchilar nutqidagi har xillik yo‘qoladi. Shuningdеk, fonеtik tushunchalarni puxta o‘zlashtirmagan o‘quvchi orfografik (imloviy) tushunchalarga ham ega bo‘lmaydi. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida fonеtik-grafik tushunchalar ustida ishlash jarayoni o‘quvchilarda imloviy malakalarni shakllantirishda asosiy davr hisoblanadi, bu davr o‘quvchi savodli yozuvining shakllanishida muhim bosqich bo‘lib, fonеtik-grafik tushunchalar bilan bog‘liq mavzularni o‘rganish dolzarbligini e‘tirof etadi.
1. Boshlang‘ich sinflar ―2-sinf Ona tili‖ darsliklarida bеrilgan fonеtikaga oid mavzular bilan yaqindan tanishish. 2. Boshlang‘ich sinflar ona tili darslarida jarangli va jarangsiz undoshlarga oid mavzular ustida ishlash mashg‘ulotlarini kuzatish va tahlil qilish.So‘z ichida ketma-ket kelgan undoshlar ustida ishlash usullarini belgilash. 4. So‘z ichida ketma-ket kelgan undoshlar ustida ishlash usullarini amaliyotda sinab ko‘rish. 5. Amaliyotda to‘plangan tajribalar natijalarini tahlil qilish. 6. Mavzu bo‘yicha to‘plangan materiallarni sistemalashtirish va ishni
3
kеlajagimizning asosiy omilidir. ―Xalq so‘zi‖ gazеtasi, 2013-yil, 6-dеkabr soni. 4 К. Қосимова. Бошланғич синфларда она тили ўқитиш методкаси. Т., ―Ўқитувчи‖, 1985, 113-бет. 6
shakllantirish. 1.1.Tovushlar va harflar, undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish. Kichik yoshdagi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda boshlang’ich sinf o’quvchilari savod o’rganish davrida o’qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, urg’uli bo’g’inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; v) fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o’quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo’ladi; g) fonetik bilim gapni ohangiga ko’ra to’g’ri aytish, logik urg’u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish uchun zarur; d) so’zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli qo’llash uchun muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlás so’zlari maьnosidagi farq faqat urg’u orqali ajratiladi. So’zning tovush tomonini tasavvur qilish so’zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish va qo’llash uchun zarur. O’qituvchi boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so’zni aniq va to’g’ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko’pincha so’zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi. Maktab dasturiga muvofiq, boshlang’ich sinf o’quvchilari fonetik-grafik ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz undoshlar; so’zni bo’g’inlarga bo’lish, urg’uli bo’g’inni ajratish ko’nikmalariga ega bo’ladilar. Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g’inlarga bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga bo’lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy 7
mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida bir-biriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon ber Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda unga ta’rif berilmaydi. SHunga qaramay, bolalarda tovush haqida to’g’ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so’zdagi tovushlarniig talaffuzi hamda so’zning leksik ma’nosi so’zdagi tovushlarning tarkibiga bog’liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so’zlar har xil lug’aviy ma’noni ifodalaydi. So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so’z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so’zni tovush tomonidan tahlil qilishga o’rganadilar, ya’ni so’zni bo’g’inlarga bo’ladilar, so’zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi. So’zning tovush tarkibini to’g’ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so’zni to’g’ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun savod o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so’zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko’nikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur. Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo’linadi: unli tovushlar va
hisobga olinadi: 1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og’iz bo’shlig’idan erkin ravishda o’tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchraydi); 2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz eshitiladi); 8
3) bo’g’in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g’in hosil qiladi, undosh tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi). O’quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo’l qo’ymaslik, aksincha, 1- sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq a’zolarining vaziyatini kuzatish ko’nikmasini o’stirib borish lozim. Bunday kuzatishlar IV sinfda davom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlarni o’zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta o’zlashtirishga imkon berishi bilan birga, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirish vazifasini ham bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga, umumlashtirishga o’rganadilar. O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi. 1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim: a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz; b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz; v) harf – tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi. O’quvchilar ko’pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yul qo’yadilar. Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o’rgatish zarur: 1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan,
ifodalaydi); 2) jo’ja, jajji so’zlaridagi j tovushi (jarangli, portlovchi) ham, jurnal, vijdon so’zlaridagi j tovushi (jarangli, sirg’aluvchi) ham bitta j harfi bilan ifodalanadi; 3) tong, keng so’zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush (ng) ikki harf birikmasi (ng) bilan ifodalanadi; 4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy).
uchun yoziladi. Bahor,vaqt, davom, zavq, nahor, savob, tavfiq, xaloyiq, Qahhor kabi so’zlarda o eshitilsa ham, a yoziladi. Muomalo, muhokama kabi so’zlardaieshitilsa ham, a yoziladi. 9
och, oq, og’ir, ohkabi so’zlardaorqa qator keng unlini ifodalash uchun qo’llanadi. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida boks, gol, domna, azot, kod, lom, morfema, nota, pochta, rota, sotka, tonna, fosfor, xor, shonkabi so’zlarda o’zbekcha o’harfi o’rniga ishlatiladi. I i harfi . ish, tiyin, jiyron, ziyrak, kiyim, muhimkabi so’zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi.Bir, sira, bilankabi so’zlarda qisqa eshitilsa hami yoziladi. U u harfi.Bur, quv, tuzkabi so’zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun ishlatiladi. Tovush, qovun so’zlaridavdan keyiniishlatilsa ham,uyoziladi. O’o’ harfi.Lekin, kel, tejamoqkabi so’zlarda old qator o’rta keng unlini ifodalash uchun qo’llanadi. Diqqat! a, i, u, o harflariso’z ortasida,a harfi so’z oxirida qo’shaloq kelish mumkin:manfaat, tassurot, tabiiy, shuur, mudoffa. Undoshlar imlosi.
hamfyoziladi.Vv harfi chetdan kirgan avtobus, avtomatkabi so’zlardaftarzida eshitilsa ham,v kabi yoziladi. Dd harfi.Obod, ozodkabi so’zlardat kabi eshitilsa hamdyoziladi.J j harfi. Jo’ja, jo’rakabi so’zlardatil oldi qorishiq portlovchini ifodalasa,chetdan kirgan jurnal, gijja,ajdarkabi so’zlarda til oldi sirg’aluvchi tovushni ifodalash uchun qo’llanadi.Zz harfi.Izsiz, yuz ko’rmaskabi so’zlarda seshitilsa hamzyoziladi. N n harfi. Manba, tanburkabi so’zlardameshilsa hamnyoziladi. F f harfi. Fayz,Fotimakabi so’zlarda ba’zan ptarzida aytilsa hamfyoziladi.Q q harfi.To’qson, maqsad, maqtovkabi so’zlarda x eshitilsa ham qyoziladi.Tutuq belgisi ( ‘ ). Quyidagi vazifalarni bajaradi. 1. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida ayirish belgisi o’rnida ishlatiladi.Unlilardan keyin ularning cho’ziqroq talaffuz qilinishi ifodalasa, undoshlardan keyin kelganda ularning oldingi tovushlardan ajratib aytilishini ko’rsatadi: a’lo,me’yor, qat’iy, tal’at. S , h harflari yonma-yon kelganda, ularni shharfi birikmasidanfarqlash uchunham qo’llanadi: as’hob, is’hoq.Mo’tabar, mo’jiza kabi so’zlarda o’unlisi cho’zib aytilsa 10
hamtutuq belgisi qo’yilmaydi. Undoshlar talaffuzida faol ishtirok etgan a’zolar ham turlicha harakat qilishi mumkin. Masalan: t,d undoshlari talaffuzida tilning oldingi qismi faol ishtirok etsa b, p tovushlari hosil bo’lishida lablar ishtirok etadi.Undosh tovushlarning talaffuzida faol ishtirok etgan a’zolar shu tovushning hosil bo’lish o’rni hisoblanadi.Shunga ko’ra, t,d undoshlari til undoshlariga,b,p undoshlari esa lab undoshlariga kiradi. Undosh tovushlar nutq a’zolarining biror yerida to’siqqa uchrab o’tishlari bilan o’ziga xos xususiyatga ega. Undosh tovushlar tovush paychalarining harakati va holatiga, hovo oqimi og’iz bo’shlig’ining qayerida to’siqqa uchrashiga, faqat shovqindan iboratligiga, talaffuz usullariga ko’ra bir-biridanfarqlanadi: 1.Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra; 2.Hosil bo’lish o’rniga ko’ra; 3.Hosil bo’lish usuliga ko’ra; I . Undoshlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra ikkiga bo’linadi: a) shovqinlilar; b) sonorlar. Shovqinlilar tarkibida shovqinning miqdori ovozga nisbatan ko’proq bo’lgan yoki ovoz qatnashmagan tovushlar b, v, g, d, j, z, k, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g’, h kabi undoshlardir. Shovqinli undoshlar ham o’z
navbatida ikkiga
bo’linadi: 1)
jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, y, j, g’. 2)
Jarangsiz undoshlar: p, f, s, t, ch, k, q, x, h. Undoshlarni janrangli va jarangsizga ajratishda quyidagi sabablar nazarda tutiladi: a) jarangli undoshlarni talaffuz etganda,tovush paychalari qatnashib taranglashadi. Jarangsizlarni talaffuz etganda esa ovozdorlik sezilmaydi, chunki havo oqimi tovush paychalarini titratmaydi va tranglashtirmaydi; b) jarangli undoshlarni talaffuz etganda jaranglashish seziladi. Shovqinli undoshga ovoz qo’shiladi, lekin ovoz miqdori shovqinga nisbatan kam bo’ladi; c) jarangsiz undoshlar faqat shovqindan hosil
bo’ladi vaovoz
mutlaqo ishtirok etmaydi. Sonor undoshlar tarkibida ovoz miqdori shovqinga qaraganda ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham ular undoshlar ichida ovozliroq bo’ladi, unlilarga yaqin turadi. Ammo
11
tarkibida qisman bo’lsa ham, shovqin ishtirok etgani uchun sonorlar undoshlarga kiradi. O’zbek
tilida sonorlarbeshta: m,ng,n,l,r . Boshqa
undoshlarning hammasi
shovqinlilar hisoblanadi. II.
1. Til undoshlari. To’rt xil bo’ladi: a) til oldi: d,j,z,l,n,r,s,t,ch,sh.b) til o’rta: y. c) til orqa:
chuqur
til orqa.
2. Lab undoshlari. Bevosita lablar ishtirokida hosil qilinuvchi tovushlar bo’lib, ulargab,v,m,p,fundoshlari kiradi. Bular ham o’z navbatida ikki turga bo’linadi. A) lab-lab undoshlari: b,p,m. B)
lab-tish undoshlari: v,f. Lab
tish undoshlari boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar tarkibida keladi: vagon, vaqt, vafo, fazo, farmon, telefonkabi. 3Bo’g’iz undoshlari:h III. Hosil bo’lish usuliga ko’ra undoshlar uch turga bo’linadi. 1. Portlovchi undoshlar ikki nutq a’zosining o’zaro jipslashuvi va o’pkadan chiqayotgan havo oqimining ana shu a’zolariga zarb bilan urilib, portlab o’tishidan hosil bo’ladi: b,g,d,j,k,p,t,ch,q. portlovchilar ham o’z xususiyatiga ko’ra ikki turga bo’linadi: sof portlovchilar: b,g,d,k,p,t,q. Qorishiq portlovchilar: ch,j. 2. Sirg’aluvchi undoshlar ikki nutq a’zosi o’zaro yaqinlashuvi va havo oqimining ana shu ikki a’zo orasida ishqalanib-sirg’alib chiqishi bilan hosil bo’ladi va unga v,j,z,y,s,f,x,h,sh,g’undoshlari kiradi. Masalan, havo oqimining ikki lab o’rtasidagi yoki pastki lab bilan yuqori tishlar orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishi v, f undoshlarini;Til bilan yuqori milk o’rtasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishi j,z,s,shundoshlarini; Tilning o’rta qismi bilan qattiq tanglay o’rta qismi orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishiyundoshini;Tilning o’rta qismi bilan tanglayning orqa qismi o’rtasidagitor oraliqdan sirg’alib o’tishig’,xundoshlarini;Bo’g’izdagi un paychalari orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishihundoshini hosil qiladi. 3. Portlovchi-sirg’aluvchi undoshlar portlash va sirg’alish jarayoning bir vaqtda yuz berishi natijasida vujudga keladi. Bularga m,n,ng,rundoshlari kiradi. Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so’zlar qo’sh undoshli so’zlardir. 12
yoziladi.
talaffuz etiladi, lekin qo’sh undosh bilan yoziladi. Gramm,metalkabi so’zlar oxirida kelgan qo’sh undoshlardan biri talaffuzda tushirilib qoldirilsa ham yozuvda hamisha ifodalanadi. Bunday undosh bilan tugagan so’zlarga qoshimchalar qo’shilganda qo’sh undoshning biri yozilmaydi. Qatorundoshlarning talaffuzi va imlosi.Bir bo’g’inida yonma-yon ikki xil undosh kelgan so’zlar qator undoshli so’zlardir.So’z boshidagi qator undoshlar o’rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo’shib talaffuz qilinsa ham bu qisqa unli yozilmaydi.Go’sht,do’st,bargkabi so’z oxirida kelgan qator undoshlardan biri talaffuzda tushib qolsa ham yozuvda ifodalanadi. Paxta nimcha o’simlik so’zlarida ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar bir bo’g’inda bo’lmaganligi uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi. Quyidagi so’zlarning ichidan ng harfi bitta tovushni ifodalaydiganlarini ajratib oling va ular ishtirokida gaplar tuzing:bunga, tongga, so’nggi, arqonga, ko’nglim, bongi, jarangi, ingliz, arang senga, o’shanga.Tovushlar va harflar. Tovushlar va harflarga oid asosiy bilimlar o‘quvchilarning savod o‘rgatish jarayonida o‘rgangan amaliy bilimlariga asoslangan holda, 1-, 2-sinflarda bеriladi, ularga oid ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi. Tovushlar va harflar, unli va undoshlar, ularning harfiy ifodasi; bo‘g‘in, jarangli va jarangsiz undosh tovushlar haqida tushuncha bеriladi. Bolalar shu bilimlar asosida aytilishi va yozilishida farq qiladigan so‘zlar; a va o, u va i tovushli so‘zlarning atilishi va yozilishi; so‘z oxirida kеlgan jarangli b va d undoshlarining jarangsiz jufti p va t eshitilsa ham, b va d harfining yozilishi; ayrim so‘zlar oxirida kеlgan d va t undoshlarining talaffuzda tushib qolishi, ammo yozuvda saqlanishi; yonma-yon kеlgan ikki bir xil undoshli so‘zlarning aytilishi va yozilishini bilib oladilar
O‘quvchilarga jarangli va jarangsiz undosh tovushlar talaffuzini kuzatishga 13
asoslanib tanishtiriladi. Bundajufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar ajratiladi. Kuzatishda o‘quvchilar faol qatnashishi va ularga jufti bor jarangli undosh bilan jarangsiz undoshlarni ajratish qanchalik muhim ekanini yaqqol ko'rsatish uchun faqat bitta undosh tovush bilan farqlanadigan baqir — paqir, gul - kul, dil — til,
Bunda o‘qituvchi o'quvchUar diqqatini b~p, v—f, g~k, d~t, z~s,j—ch, j—sh tovushlari bid jarangli, ikkinchisi jarangsiz undoshdan iborat tovush juftlarini hosil qilishiga qaratadi, ularning talaffuzidagi farqni amaliy tushuntiradi (jarangli undosh tovushlarda shovqin va qisman ovoz qatnashadi, jarangsiz undoshlarda esa faqat shovqin eshitiladi). O‘zbek tilida ikki har xil undosh yonma-yon keladigan so‘zlar mavjud. Oxirida yonma-yon kelgan ikki undoshli rost, do’st, xursand, payvand, xo’rozqand kabi so‘zlardagi d, t undosh tovushlar ba‘zan aytilmaydi (talaffuz qilinmaydi), ammo yoziladi. Dasturga ko‘ra, o‘quvchilar nutqida ko‘p qo‘llanadigan, ularning faol lug‘atiga aylangan ayrim so‘zlar misolida bunday so‘zlarning aytilishi va yozilishi haqida o‘quvchilarda ko‘nikma hosil qilish ko‘zda tutiladi. 1-dars Mavzu: Aytilishda tushib qoladigan undoshlar Ta‘limiy maqsad: So‘z oxirida aytilishida tushib qoladigan d va t undoshli so‘zlarning to‘g‘ri aytilishi va imlosi haqida ko‘nikma hosil qilish. Ta‘rbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni so‘zlarni orfoepik me‘yorlarga amal qilgan holda talaffuz qilishga o‘rgatish, ularda nutq madaniyatini shakllantirish. Darsning borishi: Oxirida yonma-yon kelgan ikki undoshli so‘zlarning to‘g‘ri aytilishi va yozilishini kuzatish. I. Lug‘at ustida ishlash. Lug‘at ustida ishlashda so‘zlarning izohi o‘qituvchi tomonidan aytiladi, o‘quvchilar izohga mos so‘zni topib aytadilar. Bi mashq ―Bir so‘z bilan ayting‖ deb nomlanishi mumkin. 14
─ O’zbekistonning markaziy shahrining nomi. (Toshkent) ─ Biror o’simlikni boshqa o’simlik tanasiga ulab o’tkazish usuli. (Payvand) Ota-onaning o’g’il va qizi. (Farzand) ─ Tana qo’yib, shoxlar chiqarib o’sadigan o’simlik. (Daraxt) ─ Oziq-ovqat mahsuloti. (Go’sht) ─ Insonning yaqin kishilaridan biri. (Do’st) ─ Biror harakatni bajarish uchun astoydil bel bog’lash. (Qasd) ─ Odamning shod bo’lgandagi holati. (Xursand) ─ Amir Temur poytaxt qilgan shahar nomi. (Samarqand) ─ Bolalarning sevimli shirinligi nomi. (Xo’rozqand) O‘quvchilar aytgan so‘zlarni o‘qituvchi doskaga yozib boradi. ─ Shu so‘zlarning oxirida nechta undosh harf yozilgan? O‘qituvchi muammo mohiyatini qisqacha tushuntiradi: o‘zbek tilida mana shu kabi oxirida ikkita undosh yonma-yon kelgan so‘zlarni aytganimizda, ba‘zan so‘z oxiridagi d, t tovushlari tushib qoladi, ammo bu so‘zlarni yozganda, asliga muvofiq, ya‘ni oxiridagi undosh harfni tushirib qoldirmay, xursand, Samarqand, do’st, g’isht kabi yozamiz. II. Aytilishda tushib qoladigan undoshlarni kuzatish. 1. So‘z oxirida d, t harflari tushirib qoldirilgan so‘zlarni yozdirish, aytilishi va yozilishni qiyoslash. 131-mashq. Nuqtalar o‘rniga d, t harflaridan mosini qo‘yib ko‘chiring. Xursan… , balan… , darax… , pas… , farzan… , payvan… , ros… , do‘s… . 2. O‘quvchilarga qoidani darslikdan o‘qitish. 5
O‘quvchilarga qoidani tushuntirishda Samarqand, farzand, do’st, daraxt so‘zlari bilan obod, ozod, hayot, iqtisod, ma’naviyat kabi so‘zlar qiyoslanadi, ya‘ni qoida ketma-ket kelgan undoshli so‘zlar uchun yozilganligi eslatib o‘tiladi
5
T., Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012, 52-bet. 15
III. Aytilishda tushib qoladigan undoshlarning aytilishi va yozilishi haqidagi ko‘nikmani shakllantirish. Buning uchun darslikdagi 132-mashqdan foydalaniladi. Mashq sharti quyidagicha: O‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning aytilishi va yozilishidagi farqni ayting.
Ona shahrim – azim Toshkent, Go’zallikda tengsiz poytaxt. Kelajagi buyuk shahar, Quchog’ida yuz ochar baxt. Ko’chalari ravon, nurli, Binolari ko’rkam, baland. Bo’lsam deyman bir koriga Yaraydigan komil farzand. Abdurahmon Akbar
1. O‘qituvchi o‘quvchilarga ―Men she‘rni o‘qib beraman, sizlar aytilishida tushib qoladigan d va t undoshli so‘zlarni aniqlab aytasiz‖ topshirig‘ini berib, yuqoridagi she‘rni ifodali o‘qiydi. O‘quvchilar Toshkent, poytaxt, payvand, baland so‘zlarini aniqlaydilar (zarur bo‘lsa, o‘qituvchi yordam beradi). O‘quvchilar 133-mashqni mustqil bajaradilar. O‘qituvchi o‘quvchilar javobini umumlashtiradi, mavzu haqidagi fikrlarni xulosalaydi. Darsni yakunlash. Savol: Darsda nimalarni bilib oldingiz? IV. Uyga vazifa. 134-mashq. O‘rganilgan mavzuga mos to‘rtta so‘z yozish. 2- dars Mavzu: Aytilishda tushib qoladigan undoshlar Maqsad: So‘z oxirida aytilishida tushib qoladigan d va t undoshliso‘zlarning to‘g‘ri aytilishi va imlosi haqidagi ko‘nikmani o‘stirish.
16
Darsning borishi. I. Uy vazifasini tekshirish. Mashq parta oralab ko‘rib chiqilgach, bir necha o‘quvchi yozib kelgan so‘zlarni o‘qiydi, qanday yozganini tushuntiradi. II. So‘zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslash bilan aytilishda tushib qoladigan undoshlarning imlosi haqidagi ko‘nikmani mustahkamlash. 1. Izohli yozuv: o‘qituvchi quyidagi so‘zlarni to‘g‘ri qilib aytadi: payvand, farzand, baland, xursand, Samarqand, do’st, mashinist, juft, g’isht, go’sht. O‘quvchilar navbat bilan so‘zlarni izohlab doskaga yozadilar, qolgan o‘quvchilar daftarlariga ko‘chirib yozadilar. Masalan, payvand so‘zida ikki bo‘g‘in bor: pay-vand, so‘z oxiridagi d undoshi aytilishda ba‘zan eshitilmaydi, ammo so‘z oxirida d harfi yoziladi. 2. 135-mashqni birgalikda bajarish. 135-mashq. Maqollarni o‘qing. Mehnatdan do‘st ortar. Boshingga qilich kelsa ham rost gapir. Rejasiz ish – olipsiz g‘isht. Baland tog‘da qor bo‘lar, mard kishida or bo‘lar. Ikkita maqolni ko‘chiring. Aytilishi va yozilishida farq qiladigan so‘zlarning tagiga chizing. 3. 136-mashqni mustaqil bajarish. 4. O‘z diktant yoki yoddan yozuv. 137-mashq. III. Darsni yakunlash. IV. Uyga vazifa. 138-mashq.
3. 3-sinfda “Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar” mavzusi ustida ishlash
17
Fonеtik tushunchalar ustida ishlash ona tili o‘qitish tizimida asosiy vazifalardan biri sanaladi. Chunki tovush tilshunoslikda til birligi sifatida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun tovush ma‘no farqlovchi fonema sifatida boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘rgatib boriladi. 3-sinfda fonеtik tushunchalarga oid bilimlar yanada kеngaytiriladi. 3-sinfda sinfda ―Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar‖ mavzusi asosida o‘quvchilar so‘z oxirida tushib qoladigan undoshli so‘zlar va ularning imlosi bilan tanishadilar. Quyida aynan shu mavzu asosida tashkil qilingan dars ishlanmasini kеltirib o‘tamiz. Mavzu: Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar Darsning maqsadi: Talaffuzda tushib qoladigan undoshlarning imlosini takrorlab, mustahkamlash; chiroyli yozuv malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish; Vatanga mеhr-muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalash. Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash. Darsning mеtodi: suhbat, savol-javob, kuzatish. Darsning jihozi: shahar va qishloqlarning bugungi go‘zal qiyofasi tasvirlangan rangli rasmlar. Darsning borishi: Darsni tashkil etish. O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi kuzatiladi. Yoddan yozuv diktanti. 53-mashqdagi shе'r kitobdan bir nеcha marta o‘qitiladi (o‘qituvchi bilan birgalikda jo‘r bo‘lib, ovozsiz, ichdan, yakka holda). Farzand bo’lib maqtayman, Xursand bo’lib maqtayman. Shu o’lka suvin ichdim, Dilband bo’lib maqtayman. Onajon O’zbekiston, Mehribon O’zbekiston. Po’lat Mo’min O‘qituvchi o‘quvchilar shе‘rni yod olganlariga ishonch hosil qilgach, kitoblar
18
olib qo‘yiladi. O‘quvchilarga shе‘rni yoddan mustaqil yozish tavsiya etiladi. O‘quvchilar yozganlarini kitobdan tеkshiradilar. Talaffuzda tushib qoladigan undoshlarning imlosini kuzatish, o‘rgatish. So‘z oxirida tushib qoladigan t, d undoshlarining imlosi 54-mashqni o‘quvchilar jamoasi bilan doskada va daftarda bajarish orqali eslatiladi. O‘quvchilar mashq talabini bajarib, so‘zlarni qayta o‘qib, yozganlariga qiyoslaydilar. O‘qituvchi rahbarligida bunday so‘zlarning talaffuzi va yozilishidagi farqni aniqlaydilar, shu so‘zlar bilan og‘zaki gaplar tuzadilar. Darslikdagi qoida ustida ishlanadi. O‘qituvchi qoidani tushuntirgach, o‘quvchilar uni kitobdan o‘qiydilar, qoidaga mos misollar tanlaydilar, o‘quvchilar aytgan so‘zlardan 6 – 8 tasi doskaga (talaffuzda tushib qoladigan undoshlar o‘rniga nuqta qo‘yilgan holda) ikki ustun shaklida yozib boriladi. Samarqan... Toshkеn... Payvan... darax... Bahraman... kaf... O‘quvchilar birinchi ustundagi so‘zlarning oxiriga ―d‖, ikkinchi ustundagi so‘zlarning oxiriga ―t‖ undoshlarini qo‘yib, so‘zlarni ko‘chiradilar. O‘qituvchi so‘zlarni o‘qiydi. Bolalar so‘zlarning aytilishi bilan yozilishini kuzatib boradilar. Birinchi ustundagi so‘zlar o‘qilganda ―d‖ undosh tovushining tushib qolayotganini,
ikkinchi ustundagi so‘zlar o‘qilganda esa ―t‖ undosh tovushi tushib qolayotganini aniqlaydilar. Qoidani bilganlaricha aytib bеradilar. So‘ngra 55-mashq bajariladi. Mustaqil ish. O‘qituvchi doskaga farzan., mush., balan., mashinis., dilban., g‘ish., ros. so‘zlarini yozib qo‘yadi, o‘quvchilarga nuqtalar o‘rniga ―d‖, ―t‖ undoshlaridan mosini qo‘yib, doskada bеrilgan so‘zlarni ikki ustun shaklida yozishni topshiradi va birinchi ustunga oxirida ―d‖ harfi yoziladigan so‘zlarni yozish tushuntiriladi. Mustaqil ish o‘quvchi rahbarligida tеkshiriladi. Mantiqiy mashq. 57-mashq. Bu mashq topshirig‘iga ko‘ra og‘zaki bajariladi. O‘quvchilarning diqqati juft, to‘rt so‘zlarining talaffuzi va imlosiga qaratiladi. Bu so‘zlar o‘quvchilarga 19
takror-takror talaffuz qildiriladi. Talaffuzda to‘rt emas to‘r eshitilayotgani, bunda so‘z ma'nosi butunlay o‘zgarib kеtganligi, juft so‘zini talaffuz qilishda juft emas, jup, ya'ni ―f‖ o‘rnida ―p‖ eshitilayotgani, shunga qaramay, bu so‘zlar aslicha yozilishi tushuntiriladi. So‘ngra gap mazmunan qanday gap ekanligi aniqlanadi. Gap mantiq tomondan ko‘rib chiqiladi va unda so‘raldayotgan narsa qanday joylashtirilishi haqida xulosa chiqariladi. Husnixat mashqlari. Husnixat uchun matеrial. Uu. Umid, Murod, Umid Murod bilan inoq. Darsni yakunlash. Uyga vazifa: 56-mashq. Talaffuzda ―d‖, ―t‖ undoshlari tushib qoladigan so‘zlardan 10 ta topib yozish. Dars davonida o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash, orfografik hushyorligini ta‘minlash uchun “So’z ichida ketma-ket kelgan har xil undoshlar” mavzusiga doir ta‘limiy mashqlarni o‘ylab toppish, ijod qilish hamda ularni dars davomida qollash yaxshi samara beradi. Quyida ana shunday mashqlardan misollar keltirilgan. Tushunchani so’z bilan ifodalash mashqlari: Onalarda tugamaydigan ―narsa‖ (mehr) Eng yaqin o‘rtoq (do‘st) O‘zbekistonning poytaxti (Toshkent) Nomi shirinlik bilan tugaydigan shahar (Samarqand) Ayollar bayrami oyi (mart) Va‘dasida turadigan, saxiy (mard) Ertaklardagi podshohlar yashaydigan joy (qasr) Yuz yil (asr) Hech to‘xtamaydigan jarayon (vaqt) Bolalar yaxshi ko‘radigan shirinlik (qand) Antonim so’zlardan: Xafa emas (xursand) Tez emas (sust)
20
Baland emas (past) Suyak emas (go‘sht) Yolg‘on emas (rost) Bo‘sh emas (band) Aql emas (jahl) Nasiya emas (naqd) Loy emas (g‘isht) Vodiy emas (dasht) Bunday mashqlar o‘quvchining so‘z boyligini oshiradi, darsga bo‘lgan qiziqishini orttiradi.
Mavzu: Diktantni tahlil qilish. Yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlash. O‘rganilgan mavzularni mustahkamlash mashqlarni bajarish. Maqsad: Xatolar ustida ishlash ko‘nikmasini shakllantirish; jarangli va jarangsiz undoshlarni, talaffuzda tushib qoladigan va ketma-ket kelgan bir xil undoshli so‘zlarni to‘g‘ri yozish ko‘nikmasini o‘stirish. Darsning borishi. Diktant natijasi haqida tushuntirish. II. Ko‘pchilik o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolar ustida ishlash. 1. Diktant matnidagi so‘z oxirida talaffuzda tushib qoladigan undoshli so‘zni va shu qoidaga mos o‘zingiz yozgan so‘zlarni o‘qing. 2. So‘z ichida ketma-ket kelgan bir xil undosh harf yozilgan so‘zlarni o‘qing. Talaffuzda tushib qoladigan undoshli va ketma-ket kelgan bir xil undoshli so‘zlarni xato yozgan o‘quvchilar shu so‘zlarni to‘g‘ri yozadilar. Boshqa o‘quvchilar aytilishida tushib qoladigan va ketma-ket ikkita bir xil undosh harf yoziladigan so‘zlarga ikkitadan misol aytadilar va yozadilar. III. Darsni yakunlash. IV. Tarqatma materiallar bilan ishlash. V. Uyga vazifa. O‘rganilgan qoidalarni yodda tutish. Mavzu bo’yicha dars ishlanma
21
Undosh tovushlar va harflar Dars maqsadi:
O`quvchilarning undosh tovushlar va undosh harflar haqidagi bilimlarini aniqlash, undosh tovushlarni hosil bo`lishi, ularni so`z tarkibida aniqlay olishini mustahkamlash. Tarbiyaviy: O`quvchilarni topqirlikka o`rgatish, tabiat ne`matlarining foydasi haqida tushuncha hosil qilish, tabiatni asrashga, parvarishlashga o`rgatish. Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning undosh tovush va harflar haqidagi bilimlarini, so`z boyligini, chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish. Dars turi: Mustahkamlovchi dars. Dars jihozi: Undosh harlarning kesma shakli, narsalarning rasmlari, ko`rgazmalar, proektor, 1-sinf darsligi muallif E.Shodmonova, T.G’afforova, 2014 yil, ona tilidan qo’llanma.
Savol-javob, suhbat, o`tilgan mavzuni mustahkamlashda “So`z o`yini”dan foydalanish, tarmoqlash usulidan, proektor yordamida “So`z tuz” o`yinidan foydalaniladi. Darsning borishi
Navbatchi axborotini tinglash.O’quvchilar davomatini aniqlash. (3 daqiqa) O`qituvchi: Hozir qaysi fasl? Kuz faslida ob-havo qanday bo’ladi? Bugun ob-havo qanday? Shu kunning yangiliklari asosida suhbat tashkil etish. 22
eshitdingiz?
Sport yangiliklari, poytaxtimizga tashrif buyurgan mehmonlar haqidagi yangiliklari aytiladi.
Ona tili. O`qituvchi: Biz o`tgan ona tili darsimizda qanday mavzu bilan tanishganmiz, uyga vazifa nima? O`quvchi: Unli tovush va harflarni mustahkamlash.Uyga vazifa 23-mashq. Shartiga ko`ra so`zlar tuzib, yozish lozim.
berilgan vazifa baholanib, umumlashtiriladi. O`qituvchi: Otilgan mavzularni biz yodga olaylik. Unli tovushlar qanday aytiladi? O`quvchi: Unli tovushlar hech qanday to`siqqa uchramaydi, cho`zib talaffuz qilinadi.
6 ta: a, o, e, i, u, o`. O`qituvchi: Uchqur so`zini bo`g`in-tovush, tovush-harf jihatidan tahlil qilinadi. O`quvchi: Uch – 1 bo`g`in, 2 ta tovush (u, ch), 2 ta harf (u, ch). qur – 2 bo`g`in, 3 ta tovush (q, u, r), 3 ta harf (q, u, r). O`qituvchi: a, u, o unlilari bilan boshlanuvchi so`zlar topadi, izohlaydi. O`quvchilar bilimlari izohlanadi, rag`batlantiriladi. Dam olish daqiqasi: Bo`yin cho`zib qarag`ay, Yon atrofga qaragay. 23
Baland akang qarag’ay. O`qituvchi: O`zbek tilida unli tovushdan tashqari yana qanday tovush bor, u qanday hosil bo`ladi? O`quvchi: Undosh tovush to`siqqa uchraydi, cho`zilmaydi. O`zbek tilida 23 ta undosh harf bor. Dars maqsadi e’lon qilinadi. YANGI MAVZU BAYONI: O`qituvchi: Mana, sizlar bilan bugun undosh tovushlarni takrorlaymiz. Sinf daftariga sana, mavzuni yozing. Lug`at diktanti (kuz, qalam, kitob, shavla, burgut, bulbul). Undosh harflarning tagiga chiziladi. Sinf taxtasidagi so`zlar bilan tekshiriladi. DARSLIK BILAN ISHLASH: O`quvchilarga undoshlar haqida, ularning yozilishini o`rgatish. O`qituvchi: Quyidagi topishmoqning javobini toping: Ikki yoni tog`, o`rtasida sarig` yog`.
Darsligimizning 17-betidagi 24-mashqda Ibrohim Donishning “Yong`oq” she`ri berilgan. (5 daqiqa) O`quvchilar o`qib, undoshlar tagiga chizish topshiriladi. Nechta undosh borligi aniqlatiladi (15 xil undosh, 9 xil undosh ishtirok etmagan). Sinf taxtasiga yozilgan she`r matnini daftarlariga ko`chiriladi.O’quvchilarga chiroyli yozish qoidalari eslatiladi.
24
Dehqon boboning shapalog’idan. “So`z tuz!” mashqi proektor orqali beriladi. O`quvchilarga proektor haqida tushuncha beriladi. Mashq shartini tushuntiriladi. O’quvchilar har bir shakldan oltitadan so’z tuzishlari kerak. (3 daqiqa) Qatorlar bo’yicha tuzilgan so’zlar o’qitilib,rag’batlantiriladi. (2 daqiqa). 25-mashq asosida rasmli diktant o`tkaziladi. Darslikdagi lug`atdan tekshiriladi. Sabzavotlarning foydasi, vitaminlarga boyligi, ularni yetishtirishda dehqonlarning mehnati haqida suhbat o`tkaziladi. Daftarga yozilgan sabzavot nomlaridagi undoshlarning tagiga chizish topshiriladi.
chiniqtiradi. Dam olish daqiqasi. “Zanjir” o’yini: Bunda o’quvchilar aytgan birinchi so’zning oxiridagi harf bilan ikkinchi so’zni aytishlari kerak. (5 daqiqa) O`qituvchi: O`tilgan mavzuni mustahkamlovchi savollar, topshiriqlar beriladi. (5 daqiqa)Kesma harflar ichidan undosh tovushni ifodalovchi undosh harflarni ajratib ko`rsatish, o`kuz topshirig`I beriladi. Undosh tovushlarga qoida chiqariladi. O`quvchi: Undosh tovushlar og`izda to`siqqa uchraydi, qisqa aytiladi, ovoz va shovqindan hosil bo`ladi. 35-mashq uyga bajariladi. O`quvchilar undosh tovushni aniqlaydilar, harf birikmalarini ajratib tagiga chizadilar (sh, ch, ng). (2 daqiqa)
25
Mustahkamlovchi topshiriqlar beriladi. O`qituvchi: Lug`at diktantdagi so`zlar ishtirok etgan gaplar tuzing.
Qalam bilan chiroyli rasm chizdim. Kitob-mening do`stim. O`qituvchi: Mana shu tuzgan gaplarimizda undosh tovushlar ishtirok etganmi?
Bunda o`quvchilarning o`g`zaki nutqi, so`z boyligi o`sishi ko`zda tutilgan. Bilardim, bildim, bilmoqchiman. (4 daqiqa) O`quvchilar o`z bilimlarini belgilar qo`yish orqali aks ettiradilar. Har bir o’quvchiga uchta shakl chizilgan qog’ozlar tarqatiladi. Agar dars o’quvchiga yoqsa,birinchi rasmga kulib turgan shakl chizadilar. Agar dars yoqmasa,yig’lab turgan shaklni,darsga befarq bo’lsa to’g'ri chiziq chizadilar. O`quvchilar bilimlari baholanib, rag`batlantiriladi. (2 daqiqa)
X u l o s a Boshlang‘ich ta'lim o‘quv dasturiga muvofiq, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari fonеtik-grafik ko‘nikmalar komplеksini egallaydilar: tovushlar va harflar; unli va undosh tovushlar; jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar; jufti yo‘q jarangli va jarangsiz undoshlar; so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish; urg‘uli bo‘g‘inni ajratish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. 26
O‘quvchilarga jarangli va jarangsiz undoshlar ham tovushlar talaffuzini kuzatishga asoslanib tanishtiriladi. Bunda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar ajratiladi. Kuzatishda o‘quvchilar faol qatnashishi va ularga jufti bor jarangli undosh bilan jarangsiz undoshlarni ajratish qanchalik muhim ekanligini yaqqol ko‘rsatish uchun. Biz ―2- sinflarda undoshlar ustida ishlash mavzusidagi kurs ishimiz mavzusi ustida ishlash va uni shakllantirish jarayonida quyidagi xulosalarga kеldik: ─ Boshlang‘ich sinflar ona tili ta'limida fonеtik va grafik tushunchalar ustida ishlash nihoyatda murakkab ish hisoblanadi. Chunki hatto katta yoshdagi kishilarning hali ko‘pchiligi unli - undosh, tovush - harf, jarangli - jarangsiz, til - yozuv tushunchaliring farqiga bormaydi. Ba‘zan ―lotin yozuvi‖ bilan ―lotin tili tushunchasini farqlay olmaslik holatlari uchrab turadi. Baholanki, lotin tili hozirda o‘lik til hisoblanadi. ─ Ona tili ta'limida undoshlar bilan bog‘liq fonеtik-grafik tushuncha orqali o‘quvchilarda imloviy hamda grafik malaka shakllantiriladi. ─ Jarangli va jarangsiz undoshlar bilan bog‘liq fonеtik tushunchalar ustida ishlashning muayyan bosqichlari, usullari ham uslubiy qo‘llnmalarda aniq bеrilmagan. ─ Undoshlar bilan bog‘liq fonеtik tushunchalar ustida ishlash ta'limda muhim ahamiyat kasb etadi, aynan o‘quvchining savodxonligi mana shu tushunchalarni o‘zlashtirib borish bilan belgilanadi. ─ Fonеtik tushunchalarni nazorat qilishda o‘qituvchi muntazam ravishda o‘quvchilar egallagan tushunchalarni tеkshirib turishi, o‘quvchilar ko‘nikma va malakalarini tahlil vositasida aniqlab borishi, o‘quvchilarning kamchilik va nuqsonlarini bartaraf etib borishi yaxshi samara bеradi. ─ Ona tili ta'limida jarangli va jarangsiz undoshlar bilan bog‘liq fonеtik tushuncha orqali imloviy malaka shakllantiriladi. Shuning uchun mashg‘ulotlarda olingan yozma ishlarning sifatiga qarab, ularning imloviy jihatini tahlil qilib, o‘quvchilarning fonеtik tushunchalarni o‘zlashtirish darajasi
27
qanday ekanligini aniqlash mumkin. ─ Jarangli va jarangsiz undoshlar bilan bog‘liq fonеtik tushunchalarni nazorat qilishda turli ta'limiy vositalar va o‘yinlardan foydalanish lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat –yengilmas kuch. –T.: Ma‘naviyat, 2008. –B. 89-90. 2. Karimov I.A. Til elni birlashtirishi lozim. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent: O‘zbekiston. 2012., 439 b, 66-bet. 3. «Ta'lim to‘g‘risida» gi Qonun // Barkamol avlod – O‘zbеkiston 28
taraqqiyotining poydеvori.-T., 1997.-B. 27. 4. Abuzalova M. Gapning eng kichik qurilish qoliplari haqida\\ O`TA. 2003. N . 42-46 b. 5.A. Rafiyev. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi. — T.: 2003. 6.Ikromova R, Muhamedova D., Shodmonqulova D., Maqsudova M., G‘ulomova X. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidan ma'ruza matnlari (Morfemika. So‘z yasalishi. Morfologiya.). Toshkent. 2001-yil. 7. Yunusov R. O`zbеk tilidan praktikum. 1-qism, TDPU, 2006. 8. Karimova Q., Matchonov S va .b. Ona tili o‘qitish metodikasi. Darslik. – Toshkent: Noshir. 2009. -351. 9. Mirzayev M., Usmonov S. , Rasulov I. O`zbek tili. T., «O`qituvchi» 2006 yil 10. Nigmatov X.G. Funktsionalnaya morfologiya tyurkoyazichnix pamyatnikov XI-XII vv. st.71-72. 11. Nurmonov A. Gap haqidagi sintaktik nazariyalar. T. 2013. Sayfullaеva R., 12. Nurmonov A.,Shahobiddinova Sh. Grammatik katеgoriya muammosiga doir ayrim mulohazalar \\ O`TA. 2014. N 6 22-26 b. 13. Otamirzaеva Z., Yusupova M. O`zbеk tili. - Toshkеnt:, O`AJBNT markazi 2004. 14.Ona tili. 4-sinf maktab darsligi. Ikromov R., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Shodmonova D. Toshkent: O‘qituvchi., 2007.190 b. 15. Raxmatullaеv Sh. Hozirgi adabiy o`zbеk tili. Univеrsitеt nashriyoti, 2006. 16.R. Safarova va boshq. Savod o'rgatish darslari (Alifbeni o‘qitish bo‘yicha metodik qoMlanma). - T.: „Ma’naviyat“, 2003.
17. Sayfullaеva R.R. va.b. Hozirgi o`zbеk adabiy tili. T., «Fan va tеxnologiya», 2009, -416. 18. Tursunov U., Muxtorov J., Raxmatullaеv S. Hozirgi o`zbеk adabiy tili. - Toshkеnt:, O`zbеkiston, 2003. 19. Hamroеv M, Muhamеdova D., Shodmonqulova D. Ona tili. - Toshkеnt:, Moliya, 2008.
29
20. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 1-qism. T., «O`qituvchi» 1980 yil 21. O`zbеk tili grammatikasi. T. 2007.144 b.; 22.Shoabdurahmonov Sh, Asqarova M., Xojiev A, Rasulov I, Doniyorov X. Internet saytlari 23.
Savod o’rgatishda interfaol usullardan foydalanish http://alifbe.zy.uz/11
Vasikova Shaxnozani maxsus sayti. 24. Yo’ldosheva Sh. 3- sinf o’qish darslarida interfaol usullardan foydalanish. O’quvchilarning milliy ma’naviyati shakllantirishda boshlang’ich ta’limning o , rni.(ilmiy-metodik to’plam). NTDPU Toshkent-2009. Ziyonet.uz
Document Outline
Download 374.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling