Samsung: Koreys brendi haqida
Download 70.06 Kb.
|
SAMSUNG
SAMSUNG: Koreys brendi haqida Samsung hozirgi kunda – bu kichik va yirik elektronikali maishiy texnikaning barcha turi. Samsung qanday qilib hozirgi darajaga yetishganini bilasizmi? Buning tarixi juda qiziq. Barchasi 1930 yillarda boshlandi. Koreyaning unchalik katta bo‘lmagan Tegu shaharchasidagi tadbirkor Li Byon Chxol tegirmonda guruchli un chiqarib qishloq do‘konchasida sotardi. 1938 yilda u 40 ishchi o‘rinli firmaga asos soldi va guruchli un, lag‘mon va quritilgan baliqlarni Xitoyga sotishga mo‘ljallangan o‘z savdo yo‘lini tikladi. Savdo rivojlana boshladi va 1948 yilda Li Byon Chxol o‘z kompaniyasini – Samsung Trading Company nomi bilan ro‘yxatdan o‘tkazdi – o‘sha davrda ommabop va ambitsiyali bo‘lgan amerikacha nom asoschini uzoqni ko‘zlab qilgan rejasini ko‘rsatib turardi. Kompaniya tez suratlarda rivojlana boshladi, ishlab chiqarish va eksport mahsulotlari sonini kengaytirdi – tikuv mashinalari, shakar, po‘lat, mineral o‘g‘itlar eksportini yo‘lga qo‘ydi. Nafaqat Xitoyga, yana Gonkong va Makao bilan savdo aloqalarini yo‘lga quydi. (Makao sobiq Portugaliya koloniyasi, ayni vaqtda Xitoy hududi). Koreya urushi davri (1950–1953) Samsung Trading Co uchun og‘ir keldi, lekin kompaniya, iqtisodiy inqiroz sharoitida asosiy e’tiborini yirik kompaniyalarga qaratib ularni kredit, yengilliklar va davlat buyurtmasi bilan ta’minlagan (o‘sha davrda Samsungdan tashqari yana Daewoo, Hyundai kabi kompaniyalar tanilgan edi) asosan Janubiy Koreya hukumati yordamida omon qoldi va barcha muammolarni (vayron bo‘lgan zavodlar va omborxonalar) yenga oldi. Va 60-70 yillarga kelib Samsung mamlakatning yetakchi korporatsiyasiga aylandi. 1969 yilda kompaniya tarixida birato‘la ikki muhim xodisa ro‘y berdi. Ilk marta ingliz tilidagi yorliq (logotip) yaratildi va Sanyo kompaniyasi bilan hamkorlikda oq–qora televizorlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bir necha yildan so‘ng mazkur qo‘shma tashkilot Samsung Trading Co nazoratiga o‘tadi va Samsung Electronics korporatsiyasiga aylanadi. U 1977 yilda rangli televizor, 1979 yilda videomagnitofon, 1983 yildan boshlab esa kompyuterlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. 1991 – 1992 yillardan boshlab Samsung Electronics mobil telefon ishlab chiqarishni boshladi. 1993 yilda Samsung Electronics 2015 yilgacha foydalanilgan yorliqni (logotip) joriy etadi. Keyingi yillarda rivojlanish tez suratlarda o‘sa boshladi. Samsung keng ko‘lamli boshqa bo‘linmalar tashkil qildi, ayni damda ushbu korporatsiyaning nafaqat elektronika bilan shug‘ullanadigan bo‘limlari mavjud, balki sug‘urta, kimyo sanoati, og‘ir sanoat, quruvchilik, dam olish maskanlari, avtomobil sanoati bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalari mavjud. Dunyoni 828 metr balandlikka teng, eng baland Burj – Xalif minorasi binosi 2004 – 2010 yillarda Samsung korporatsiyasining Samsung Engineering bo‘linmasi tomonidan qurilgan. Shuningdek, Koreyada Renault Samsung Motor zavodida ishlab chiqariladigan yengil avtomobillar ham taqdim etilgan. Mazkur avtomobillar Nissan va Renault: Renault Koleos? Nissan Almera Classic savdo belgisi ostida sotuvga chiqariladi (ayniqsa, Rossiyada juda mashhur avtomobil savdo belgilari). Bugungi kunda Samsung brendi uchramaydigan hayot sohasini topish qiyin. Kompaniya tarixi – omad sari harakat qilish, faollik, fidoyilik va o‘z imkoniyatlaringga ishonish, mo‘jizalar yaratishga qodirligiga yaqqol misol bo‘la oladi. Download 70.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling