Sana “ ” 20 yil. Sinf “7 ” Fan nomi: adabiyot mavzu: Mirmuhsinning hayoti va ijodi Darsning maqsadi : a ta’limiy maqsad


Download 23.47 Kb.
bet1/4
Sana04.01.2023
Hajmi23.47 Kb.
#1077846
  1   2   3   4
Bog'liq
Kumush. ona tili millat ruhi Mirmuhsin ochiq dar


Sana “____” _____________ 20___-yil. Sinf “7 ” Fan nomi: adabiyot
MAVZU: Mirmuhsinning hayoti va ijodi
Darsning maqsadi :
a) ta’limiy maqsad : Mirmuhsinning hayoti va ijodi haqida oʻquvchilarga yetarli ma’lumot berish
b) tarbiyaviy maqsad : Oʻquvchilarni vatanparvarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalash; ularni buyuk ajdodlarimizning adabiy merosiga, Ona Vatanga muhabbat, shonli tarixga, milliy urf-odat, an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash ; ularning ongida milliy va zamonaviy adabiyotimizni asrab avaylash va unga hurmat bilan qarash hislarini uyg‘otish.
c) rivojlantiruvchi maqsad : O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish. Ifodali o‘qish, tinglab tushunish, tahlil qilish, misollar keltira olish, keltirilgan misollarni hayot bilan bog‘lay olish ko‘nikmasini hosil qilish.
Darsning turi : Noan’anaviy
Dars metodi : « Xotira estafetasi» metodi, « Aralash-quralash» metodi, « Tushunchalar tahlili » metodi.
Darsning jihozlanishi : Darslik, tarqatma materiallar, ragʻbat kartochkalari, koʻrgazmali qurollar, qoʻshimcha adabiyotlar,texnik vositalar, slaydlar
Darsning taqsimlanishi :
Tashkiliy qism – 2 daqiqa
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash – 10 daqiqa
Yangi mavzuni tushuntirish - 12 daqiqa
Yangi mavzuni mustahkamlash – 14 daqiqa
O‘quvchilarni baholash - 3 daqiqa
Uyga vazifa berish - 3 daqiqa

Darsning borishi :
Darsni tashkillashtirish. Salomlashish, davomatni aniqlash, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish.Oʻquvchilarni guruhlarga ajratish.
I.Oʻtilgan mavzuni mustahkamlash :
Topshiriq-1 : Tezkor savol -javob

  1. Asqad Muxtor qachon va qayerda tugʻilgan ? ( 1923-yil Fargʻonada)

  2. Asqad Muxtorning oilasi asli qayerdan boʻlgan ? (Tataristondan)

  3. Asqad Muxtor otasidan necha yoshida ayrilgan ? (11 yoshida)

  4. Asqad Muxtor nima sababdan bolalar uyiga borib qolgan ?

  5. Asqad Muxtorning ilk qissasi qaysi ? ( « Daryolar tutashgan joyda »)

  6. Asqad Muxtor qanday unvon bilan taqdirlangan ? ( « Oʻzbekiston xalq yozuvchisi)


Download 23.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling