Sana “ ” 201 yil. Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha


Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, geografiya “ darsligi


Download 1.46 Mb.
bet14/103
Sana03.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1154894
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103
Bog'liq
10-sinf Geografiya(konspekt)

Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, geografiya “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, geografiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Yerning paydo bo‘lishi haqidagi hozirgi zamon nazariyalariga ko‘ra, Yer murakkab taraqqiyot bosqichlarini o‘z boshidan kechirgan. So‘nggi yillardagi ma’lumotlarda keltirilishicha, Yer taraqqiyotining astronomik, geologik, biologik va antropogen bosqichlarini ajratish mumkin.Astronomik bosqich 5–4,6 mlrd yillar oralig‘ini o‘z ichiga oladi. Bundan 5 mlrd yil oldin koinotdagi disksimon gaz va chang massasining gravitatsion mexanik quyuqlashuvi oqibatida Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar singari Yer ham sharsimon shaklga ega bo‘lgan. Yer tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga, uning ichki qismi asta-sekin qizib, moddalarning saralanishiga olib kelgan. Oqibatda Yerning turli qatlamlari hosil bo‘la boshlagan, vulqonlar harakatlanishi kuzatilgan.Vulqon va tektonik harakatlarning boshlanish paytidan Yerning
geologik bosqichi boshlangan. Yer po‘sti yuzlab million yillar davomida doimiy ravishda o‘zgarib turgan, materiklar goh shakllanib, goh parchalangan. Materiklar doimiy harakatda bo‘lgan va ba’zida birlashib yirik materiklarni hosil qilgan. Yerda 3,8 mlrd yil avval hayot paydo bo‘lishi bilan Yer taraqqiyotining biologik bosqichi boshlangan. Yerda dastlabki odamlarning paydo
bo‘lishi (3–1,5 mln yil) antropogen bosqichni boshlab bergan.Yerning geologik taraqqiyot tarixi, uning rivojlanish davrlari va rivojlanish bosqichlariga ajratish bilan ko‘plab geologlar shug‘ullanganlar. Natijada geoxronologiya paydo bo‘lgan. Geoxronologiya (geologik yilnoma) – yer po‘stidagi tog‘ jinslarining hosil bo‘lish ketma-ketligi va yoshi haqidagi ta’limot. Geoxronologiya mutlaq va nisbiy geoxronologiyaga bo‘linadi. Mutlaq geoxronologiyada Yerning yoshi yillar bilan ifodalanadi. Nisbiy geoxronologiyada esa, tog‘ jinslarining ketma-ket qatlamlanib joylanishiga asoslaniladi. Bunga ko‘ra, ustida yotgan qatlam (cho‘kindi jinslar qatlamlarining dastlabki holati buzilmaganda) ostidagidan yosh bo‘ladi.
Geoxronologik shkala – geoxronologik bo‘limlarning iye rarxiya (quyi bo‘limlarning yuqori bo‘limlarga bosqichma-bosqich bo‘ysinish) tizimi. Shkalada eng yirik birlik supereon bo‘lib, ular 2 ta: tokembriy va fanerozoy. Tokembriy supereoni xades, arxey (yoki arxeozoy) va proterozoy eonlariga bo‘lingan, fanerozoy supereoni esa shu nomdagi bitta eondan iborat. Eonlar, o‘z navbatida, bir nechta eralarni birlashtiradi. Masalan, fanerozoy eoni paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralariga ajratilgan. Eralar davrlarga, davrlar zamonlarga, zamonlar esa asrlarga bo‘lingan. Shkalaning yuqori qismi, ya’ni fanerozoy paleontologik metod asosida puxta tuzilgan, pastki qismi bo‘lgan tokembriy toshqotgan qoldiqlarning yaxshi saqlanmaganligi sababli paleontologik metod cheklangan bo‘lib, natijada bo‘limlarga unchalik mukammal ajratilmagan.
Stratigra k va unga moslashgan geoxronologiya shkalasi 1881-yilda Italiyaning Bolonya shahrida ikkinchi xalqaro geologlar kongressida tasdiqlangan va o‘sha vaqtdan boshlab jahonda umumiy hisoblanadi. O‘tgan vaqt mobaynida paleontologik metodning takomillashishi nati-
jasida olingan yangi ma’lumotlar asosida geoxronologiya shkalasiga aniqliklar kiritilib, o‘zgartirib borilmoqda. Shuning uchun turli yillarda nashr etilgan adabiyotlarda geoxronologiya jadvalida keltirilgan ma’lumotlar mos kelmaslik hollari uchraydi. Quyida keltirilgan Xalqaro geoxronologik jadvalda berilgan ma’lumotlar Xalqaro stratigra yakomissiyasining 2016-yil ma’lumotlari asosida tuzildi (3-jadval)
Yer geologik taraqqiyotining tokembriy supereoni 4 mlrd yil davom etgan. Bu bosqich Yer tarixining sayyora shaklini olgan kundan boshlanib, proterozoy, arxey va xades eonlarini qamrab oladi va bundan 541–570 mln yil oldin tugagan. Bu bosqichda tektonik harakatlar, magmatizm hodisalari, Yerni meteoritlar “yomg‘iri toshbo‘ron” qilishi kuchli ro‘y bergan. Atmosfera, asosan, azot, ammiak, karbonat angidridi, suv bug‘lari, metan, vodorod, inert gazlar, kislotalardan tashkil topgan. Ayrim olimlarning kricha, dastlabki atmosfera kislorodsiz bo‘lgan. Yer po‘sti sovigandan (suvning qaynash haroratidan pastga tushganidan) so‘ng Yer yuzasining ma’lum pastqam joylarida kichik suv havzalari (ko‘llar va dengizlar) paydo bo‘ladi. Ular bir-biri bilan tutashib katta suv havzalarini hosil qilgan va ular okean deb atalgan. Bosqich oxirlarida tog‘ jinslarining nurashi va eroziya natijasida cho‘kindi jinslar to‘planishiga sharoit yuzaga kelgan. Olimlar litosfera, atmosfera va gidrosferalarning hosil bo‘lishida vulqonlar asosiy vazifani bajargan, deb hisoblaydilar.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling