Sana “ ” 201 yil. Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha


Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, geografiya “ darsligi


Download 1.46 Mb.
bet63/103
Sana03.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1154894
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103
Bog'liq
10-sinf Geografiya(konspekt)

Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, geografiya “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, geografiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Ma’lumki, Yevropa jahon mintaqalari orasida eng ko‘p turli siyosiy jarayonlar va o‘zgarishlarni boshidan kechirgan mintaqa hisoblanadi. Potsdam shartnomasi urushdan keyingi davrlarda G‘arbiy Yevropaning AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya davlatlari yordamida siyosiy jihatdan yuksalishi, kapitalistik munosabatlarga asoslangan iqtisodning rivojlanishiga sababchi bo‘ldi. Sharqiy Yevropa davlatlarining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi esa Sobiq Ittifoq davlati ta’sirida amalga oshgan va bu yerda sotsialistik tuzum asosiy mafkuraga aylangan.Urush talofatlari bartaraf etilgach, ushbu subregionning asosiy davlatlari hamkorlikda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish, sharqiy davlatlarda yuzaga kelgan sotsialistik tuzumning g‘arbiy hududlarga yoyilishining oldini olish maqsadida keyinchalik jahondagi eng kuchli integratsion uyushmalardan biri deb tan olingan Yevropa Ittifoqi shakllantirildi. Sharqiy Yevropa hududida sotsialistik tuzum yemirilgach, undagi davlatlarni o‘z geosiyosiy nazoratida ushlash maqsadida 2004–2013 yillar oralig‘ida subregionning 11 ta davlati Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiritildi. Yevropa davlatlari iqtisodiyotida 2008-yil yuz bergan moliyaviyiqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlari hali ham sezilib turgan davrda Afrika va Yaqin Sharq davlatlarida yuz berayotgan turli siyosiy notinchliklar natijasida mintaqa hududiga katta miqdorda migrantlarning kirib kelishi bir qator siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy muammolarning yuzaga kelishiga sababchi bo‘lmoqda. Turli toifadagi migrantlar bilan birga Yevropaga turli g‘oyalar, turli madaniyat va urf-odatlar ham kirib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida migrantlar va tub aholi o‘rtasida turli ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. 1776-yil Angliyaning Amerikadagi 13 ta mustamlakasi o‘z siyosiy mustaqilligini e’lon qildi. Asosan, zamonaviy AQSH hududining shimoli-sharqiy va sharqiy qismlarini egallagan 13 ta shtat keyingi davrlarda o‘z hududlarini kengaytirish maqsadida bu yerdagi turli davlatlarga tegishli bo‘lgan bir qism yerlarni sotib olgan bo‘lsa (masalan: Fransiyadan Luizianani, Rossiyadan Alyaskani), janubiy va markaziy shtatlarning katta qismini esa urushlar natijasida Ispaniya, Meksika kabi davlatlardan tortib oldi. XIX asrning oxiridan boshlab, avval meridinal yo‘nalishda butun Amerika qit’asini, keyinchalik esa Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliya hamda Okeaniya hududlari nazoratini sekin-astalik bilan qo‘lga kiritdi.
Jahonning qadimiy madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Xitoyda 1910- yil monarxiya tuzumining ag‘darilishi Sharqiy Osiyo mintaqasida katta o‘zgarishlarning yuz berishiga sababchi bo‘ldi. 1949-yil ichki siyosiy kelishmovchiliklarni SSSR yordamida hal qilgan kommunistik partiya bu
yerda sotsialistik tuzumni o‘rnatishga erishdi. Bugungi Xitoy geosiyosati davlatning izchil iqtisodiy rivojlanishi, sotsialistik rejali iqtisodiyotdan erkin bozor munosabatlariga o‘tishiga qaratilgan. Xitoyning 1976–1989-yillardagi rahbari Den Syaopin tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya asosida Xitoyda iqtisodiyot va jamiyatni erkinlashtirish borasidagi islohotlar bosqichmabosqich amalga oshirilmoqda. Qisqa fursatda iqtisodiyotda ijobiy natijalarga erishildi. Buni Xitoyning umumiy YMM ko‘rsatkichiga ko‘ra jahonda birinchi o‘rinni egallashida ham ko‘rish mumkin. 2016-yil ma’lumotlariga ko‘ra, jahon umumiy YMMning 17,8 % ga yaqini aynan ushbu davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. Tabiiyki, iqtisodiy qudratini oshirib borayotgan Xitoy jahonda o‘zining geosiyosiy ta’sir doirasini ham kengaytirishga intilmoqda. U birinchi navbatda, yaqin qo‘shnilari, katta tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy resurs imkoniyatiga ega davlatlar bilan aloqalarini mustahkamlab bormoqda.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling