Sana “ ” 201 yil
Download 1.37 Mb.
|
10 simf kimyo dars ishlanma
Yangi dars bayoni:
1-tajriba. Sirka kislotaning olinishi.Probirkaga 2-3 g natriy atsetat soling va 1,5-2 ml kontsentrlangan sulfat kislota qo‘shing. Probirkaning og‘zini gaz o‘tkazgich nay o‘rnatilgan probka bilan berkiting, naychaning ikkinchi uchini boshqa probirkaga tushiring. Aralashmani yig‘gich probirkada 1,0-1,5 ml suyuqlik yig‘ilguncha qizdiring. Mustaqil xulosalar uchun topshiriq.1. Yig‘gich probirkada qanday modda hosil bo‘ladi?2. Qanday alomatlar buni tasdiqlaydi?3. Tegishli reaksiyalarning tenglamalarini yozing.Laboratoriya ishi № 4 2-tajriba. Sirka kislotaning ba’zi metallar bilan reaksiyasi. Ikkita probirka olib, ularning har qaysisiga 1 ml dan sirka kislota eritma- sidan soling. Probirkalarning biriga ozgina magniy qirindisidan, ikkinchisiga esa bir necha dona ruh soling. Birinchi probirkada reaksiya shiddatli boradi, ikkinchisida esa sekin boradi (ba’zan u faqat qizdirilganda boshlanadi). Mustaqil xulosalar uchun topshiriq. 1. Sirka kislota magniy va rux bilan qanday qanday reaksiyaga kirishadi? 2. Bu reaksiyalar tezliklarini solishtiring va reaksi- yalarning molekula, ionli va qisqartirilgan ionli tenglama- larini yozing. 3-tajriba. Sirka kislotaning asoslar bilan reaksiyasi. Probirkaga 1,0-1,5 ml natriy gidroksid eritmasidan soling. Ustiga bir necha tomchi fenolftalein eritmasidan tomizing. Sirka kislota qo‘shilganda eritma rangsizlanadi. Tegishli reaksiyalarning tenglamalarini yozing va tenglashtiring. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling