Sana “ ” 201 yil


Download 1.37 Mb.
bet78/147
Sana09.01.2022
Hajmi1.37 Mb.
#260840
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   147
Bog'liq
10 simf kimyo dars ishlanma

Yangi dars bayoni:

Fizik xossalari. Spirtlarning dastlabki to‘rt vakillari suyuqliklar bo‘lib o‘ziga xos hidga ega. Yuqori spirtlar (C12H25OHdan boshlab) qattiq moddalardir va ular suvda amalda erimaydilar. Spirtlarning molekular massasi ortishi bilan qaynash temperaturasi ham ortib boradi.Тegishli uglevodorodlarga qaraganda spirtlarning qaynash harorati anchagina yuqori. Bunga sabab spirtlarda molekulalararo vodorod bog‘lanishning borligidir. Spirtlar va suv molekulalarida vodorod bog‘ kislorod atomlaridagi

erkin elektron juftlar hisobiga hosil bo‘ladi: bir molekuladagi kislorod atomi boshqa molekuladagi vodorod atomi bilan o‘zaro molekulalararo vodorod bog‘lanish hosil qiladi. Vodorod bog‘lar spirt molekulalari o‘rtasida ham, shuningdek, spirt bilan suv molekulalari o‘rtasida ham yuzaga kelishi mumkin.

Ishlatilishi. Etanol tibbiyotda dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi. Haroratni o‘lchashda termometrlarda ishlatiladi. Etil spirt organizmga kuchli ta’sir etadi. U asab tizimi, ovqat hazm qilish a’zolarini va yurak qon-tomirlarining ish faoliyati ishdan chiqib og‘ir kasalliklarga olib keladi.

Mavzuga oid masala va mashqlar.1. Spirtlarning qaynash harorati tegishli uglevodorodning qaynash haroratidan baland bo‘lishining sababi nimada?

2. 18 g propil spirtining yetarli miqdordagi natriy metali bilan ta’sirlashishidan qancha hajm (l n.sh.) vodorod olish mumkin?

3. 23 g etil spirtining yetarli miqdordagi natriy metali bilan ta’sirlashishidan qancha hajm (l n.sh.) vodorod olish mumkin?

4. 9,6 g metil spirtining yetarli miqdordagi natriy metali bilan ta’sirlashishidan qancha hajm (l n.sh.) vodorod olish mumkin?


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling