Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10
Oqsil molekulasining tuzilish darajalari
Download 2.84 Mb.
|
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Strukturani tutib turuvchi bog‘lar
- Yangi mavzuni mustahkamlash Savol va topshiriqlar
- Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
- Uyga vazifa
- Sana:________“___” Biologiya fani Sinf: 10- A 10- B 10- V
- V.Didaktik jihoz
- Dars bosqichlari Vaqt
- VIII.Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism : a)
- IX.Yangi mavzu bayoni : Mavzu:Hayotning molekula darajasidagi umumbiologik qonuniyatlar Nazorat shakli:Test topshiriqlari.
Oqsil molekulasining tuzilish darajalari
Fermentativ funksiya. Fermentlar plastik va energetik almashinuv reaksiyalarida katalizatorlik vazifasini bajaradi. Barcha fermentlar oqsil tabiatiga ega. Har bir ferment ma’lum bir modda (substrat)ga ta’sir ko‘rsatadi va ma’lum tipdagi reaksiyalarni tezlashtiradi. Transport funksiyasi. Umurtqali hayvonlar qonida gemoglobin, umurtqasiz hayvonlar qonida gemosianin, muskul to‘qimasida mioglobin O2 va CO2ning transportini, qon plazmasi oqsili - albumin lipidlar, yog‘ kislotalari va boshqa biologik faol moddalar transportini ta’minlaydi. Hujayra membranasi oqsillari esa membrana orqali moddalarni o‘tkazish vazifasini bajaradi. Himoya funksiyasi.Antitana, antitoksin, interferon oqsillari organizmni yot moddalardan himoya qiladi. Qon tarkibidagi immunnoglobulin oqsili qonga kirgan virus va bakteriyalarni taniydi, zararsizlantiradi. Qon plazmasi tarkibidagi fibrinogen, trombin oqsillari qonning ivishini ta’minlaydi. Toksin (zahar) funksiyasi.Ayrim hayvonlar o‘zini dushmandan himoya qilish uchun maxsus zaharlar ishlab chiqaradilar. Botulizm, vabo va difteriya kasalligini chaqiruvchi mikroblarning zaharlari ham oqsil tabiatga ega Yangi mavzuni mustahkamlash Savol va topshiriqlar: Biologik polimerlarning qanday guruhlarini bilasiz? Aminokislotalarning tarkibi, tuzilishi va xossalarini gapirib bering. Almashadigan va almashmaydigan aminokislotalarni izohlang. Oqsil molekulalarining tuzilish darajalarini tushuntirib bering. Oqsillarning funksiyalari nimalardan iborat? Dezoksiribonuklein kislotaning tuzilishi, tarkibi haqida nimalarni bilasiz. Ribonuklein kislotaning tuzilishi, tarkibini izohlang. Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 1-topshiriq.DNK va RNKning umumiy jihatlari va farqlarini aniqlab, diagrammada aks ettiring 2-topshiriq.Jadvalni to‘ldiring.
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish _____________________ Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, vaqo`shmcha adabiyotlar. Fan o`qituvchisi______________________________________________ O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________ Sana:________“___” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V 7- Mavzu: Umumlashtiruvchi dars. Nazorat ishi-1 I.Darsning maqsadi: a) ta’limiy: o`quvchilar olgan bilimlarini nazorat qilish b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish. d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3 II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. III.Darsning usuli: .Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar. V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar. VI.Texnik jihoz:Kadoskop, kompyuter, flepchat doska. VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut: Darsning texnik chizmasi:
VIII.Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi 2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish v)tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. IX.Yangi mavzu bayoni: Mavzu:Hayotning molekula darajasidagi umumbiologik qonuniyatlar Nazorat shakli:Test topshiriqlari. 1.”Biologiya” atamasini qaysi olimlar fanga kiritgan? 1.K.Timeryazyev 2.J.Lamark 3.I.Ivanov 4.G. Trivinarus 5.S. Karpechenko A.2,4 B. 1,3, C.3,5 D.4,5 2.Mikroorganizmlarni o`rganuvchi biologiya fanining tarmog`i. A.botanika B. agronomiya C.gidrobiologiya D.mikrobiologiya 3.Suv hayvonlari va o`simliklari ularning muhitga moslanuvchanlik belgilarini biologiyaning qaysi tarmog`I o`rganadi? A.botanika B. agronomiya C.gidrobiologiya D.mikrobiologiya 4.Hujayra nazariyasi, biogenetic qonun kabi qonunlar qaysi metod yordamida kashf etilgan? A.kuzatish metodi B. taqqoslash metodi C.tarixiy metod D.modellashtirish 5. Biologiya fani oldida turgan muommolardan biri. A.dunyo aholisi sonini tartibga solish. B. qizilcha kasalligiga vaksina yaratish C.aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash D.hayvonlar va o`simliklar genofondini saqlash usullarini ishlab chiqish 6.Tirik organizmga xos bo`lgan hayotiy jarayonlar qayerda sodir bo`ladi8? A.to`qimalarda B. hujayralarda C.organlarda C. organism darajasida 7.Morfofiziologiyk, genetic, ekologik jihatdan o`xshash individlar yig`indisi… A.biogeo sinoz B. ekologik tizim C.populatsiya D.ekosistema 8.Hayotning yerdagi barcha tiriklikning darajasi nima? A.biosfera B. evolyutsiya C.ekosistema D.ekotizim 9. Makromolekulalarning noyob tuzilishi xususiyati, ularning bajaradigan qanday vazifalari bor? A.ekologik B. biologik C.kimyoviy D.fiziologik 10.Oqsillarning monomeri: A.aminokislota B. nukleotid C.monosaxarid D.lipid Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling