Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10
VIII.Darsning borishi (reja)
Download 2.84 Mb.
|
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- IX.Yangimavzubayoni
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi 2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. IX.Yangimavzubayoni: Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan xususiyat irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonunlarini o‘rganuvchi fandir. Irsiyat - organizmning o‘z belgisi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodlariga o‘tkazish xossasi bo‘lib, irsiyat tur doirasidagi individlarning o‘xshashligini ta’minlaydi. Irsiyat hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlarga tur, zot, navning xarakterli belgilarini avloddan avlodga saqlab borish imkonini beradi. O‘zgaruvchanlik organizmlarning individual rivojlanish jarayonida yangi belgilarni hosil qilish xossasidir. Bir tur individlari o‘rtasidagi tafovutlar organizm irsiyatining moddiy asoslari o‘zgarishiga bog‘liq. O‘zgaruvchanlik tashqi muhit sharoitlari bilan ham belgilanadi. O‘zgaruvchanlik tirik tabiatning xilma-xilligini yaratib, tanlash uchun material yetkazib beradi, irsiyat esa 80 bu xilma-xillik orasidan eng moslanganlarini saqlab qoladi, o‘zgaruvchanlik natijalarini mustahkamlaydi. Tiriklikning bu ikkala xususiyatlari - irsiyat va o‘zgaruvchanlik organik olamning evolutsiyasi asosini tashkil qiladi. Irsiyat mexanizmlari to‘g‘risidagi dastlabki fikrlar G. Mendel nomi bilan bog‘liq. G. Mendel kashfiyotining yaratilishidan ancha avval sun’iy duragaylash usuli qo‘llanila boshlagan, belgilarning dominantlik xususiyatlari kashf etilgan bo‘lsa ham, irsiyat qonunlari aynan shu olim tomonidan yaratilgan. G. Mendel irsiyatni o‘rganishga yangicha yondashdi, gibridologik analiz usulini takomillashtirdi. Gibridologik (duragaylash) usul - bir-biridan keskin farq qiluvchi (alternativ) belgilarga ega bo‘lgan organizmlarni chatishtirish va bu belgilarning keyingi avlodlarda yuzaga chiqishini tahlil qilishga asoslangan. Gibridologik usulni qo‘llashda quyidagilarga e’tibor berish kerak: ayrim belgilar (odatda 1 yoki 2 juft alternativ belgilar) irsiylanishini tahlil qilish; duragaylash uchun sof liniyalar yoki gomozigotalardan foydalanish; har bir individdan olingan avlodni alohida tahlil qilish; juda ko‘p belgilardan bitta yoki bir-birini inkor etuvchi belgilarni ajratib olish va ketma-ket keladigan bir qancha avlodlarda ularning yuzaga chiqishini aniq miqdoriy tahlil qilish No‘xat o‘simliklarini ko‘p marta o‘z-o‘ziga chatishtirish natijasida G. Mendel sof (toza) liniyalarni keltirib chiqardi. Ularni o‘zaro chatishtirib, keyingi avlodlarda belgilar irsiyatlanishini tahlil qildi. To‘liq dominantlik. Irsiyat qonuniyatlarini o‘rganishni G. Mendel monoduragay chatishtirishdan, ya’ni faqat bir juft alternativ belgisi bilan farq qiluvchi ota-onalarni duragaylashdan boshladi. Sariq va yashil no‘xatlar chatishtirilsa, birinchi avlod duragaylari hammasi bir xil, ya’ni sariq rangda bo‘ladi. Bu tajribadan birinchi avlod duragaylarining bir xilligi qonuni kelib chiqadi. Birinchi avlodda yuzaga chiqqan belgi dominant (lotincha «dominans» - «ustinlik qilish»), namoyon bo‘lmagan belgi esa retsessiv (lotincha recessus- chekinish) deb ataladi. Bir-birini inkor etuvchi alternativ belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlar - allel genlar deyiladi. Ular gomolog xromosomalarning birxil lokuslarida (joylarida) joylashadi. Bir xil dominant (AA) yoki retsessiv (aa) allellardan tashkil topgan organizm gomozigotali deyiladi va bir xil gametalar hosil qiladi. Har xil allellardan (bitta dominant va bitta retsessiv - Aa) tashkil topgan organizm geterozigotali deyiladi va ikki xil gametalarni hosil qiladi. Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling