Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


Download 2.84 Mb.
bet69/152
Sana21.11.2023
Hajmi2.84 Mb.
#1793169
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   152
Bog'liq
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]

Retrotranspozonlar - DNK ning bir bo‘lagi bo‘lib, ular tuzilishi jihatidan RNK-tutuvchi viruslarni eslatadi. Bunday elementlar o‘zlaridan teskari transkriptaza yordamida o‘z nusxasini sintezlab, bu nusxani DNKning boshqa joyiga ko‘chib o‘tishi (insersiyalanishi)ni ta’minlaydi. Ko‘chish davomida retrotranspozonlarning eski nusxasi o‘z joyida qoladi va faqat ularning nusxasigina ko‘chiriladi. Natijada DNK miqdor jihatdan ko‘payadi.
Uchinchi turdagi ko‘chib yuruvchi elementlar - retropozonlar deb ataladi.
Retropozonlar - ko‘chish mexanizmi bo‘yicha retrotranspozonlarga o‘xshaydi, ya’ni ularning nusxalari sintezlanib, boshqa joyga ko‘chadi. Biroq asosiy farq ular tuzilishi jihatidan viruslarga mutlaqo o‘xshamaydi va nusxa ko‘chirish uchun o‘zlarida teskari transkriptaza fermentiga ega emas. Bu uch turdagi ko‘chib yuruvchi elementlar organizmlar genomining ko‘p miqdorini tashkil qiladi. O‘simliklar genomining qariyb 50 foizi transpozon, retrotranspozon va retropozonlardan tashkil topgan. Masalan, makkajo‘xori donlarida antotsian (qizil) pigmentning paydo bo‘lib yo‘qolishi antotsian rangni beruvchi gen ichidagi transpozonning ko‘chishi bilan izohlanadi.


Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar:


1.Genetik injeneriya qanday fan?
2.Genetik injeneriya fanining paydo bo‘lishi va uning maqsadlari haqida so‘zlab bering.
3.Genetik injeneriya tadqiqot obyektlari nimalardan iborat?
4.Fanning rivojlanish tarixi haqida nimalarni bilasiz?
5.Plazmidlar asosan qanday genlardan tuzilgan?
6.Qaysi toifa plazmid qanday qilib bakteriyalaming antibiotikka chidamliligini tez amalga oshiradi?

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling