Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


Download 2.84 Mb.
bet81/152
Sana21.11.2023
Hajmi2.84 Mb.
#1793169
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   152
Bog'liq
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]

Gibridomalar. Hujayra muhandisligi rivojlanishi gibridomalar olish biotexnologiyasini vujudga keltirdi va monoklonal antitanalar sintez qilish imkonini yaratdi.
Ma’lumki, normal hujayralar juda sekin bo‘linib ko‘payadi va ularning bo‘linishi cheklangan. Rak hujayralar esa tez va cheksiz bo‘linadi. Biror foydali oqsil sintezlovchi normal hujayra biomassasini sun’iy sharoitda ko‘paytirib, shu oqsil moddani ko‘plab ishlab chiqarsa bo‘ladi. Lekin normal hujayralardan yetarli biomassa olish cheklangan bo‘lganligi uchun bunday muammolar o‘z yechimini topmagan edi.


29-rasm. Qo‘y klonining yaratilishi.


1975-yilda ingliz olimlari Keler va Milshteyn sun’iy sharoitda antitana sintezlovchi limfotsit hujayrasi bilan cheksiz va tez bo‘linuvchi rak hujayrasini bir-biriga qo‘shish natijasida tabiatda uchramaydigan gibrid hujayra yaratdilar. Bunday gibrid hujayra gibridoma deb ataladi. Natijada sun’iy sharoitda antitana sintez qiluvchi hujayraning cheksiz ko‘payishiga erishildi.Gibridoma hujayrasini maqsadga muvofiq har qanday hujayrani rak hujayrasi bilan biriktirish yo‘li bilan hosil qilish mumkin.. Bu texnologiyani hozirgi kunda qimmatbaho oqsil regulatorlar, antitana va gormonlar sintezida gen muhandisligi bilan barobar ishlatish mumkin. Shuning uchun hujayra mu- handisligiga asoslangan biotexnologiyaning imkoniyati cheksiz hisoblanadi.


Yangi mavzuni mustahkamlash:
Savol va topshiriqlar:
1.Hayvonlarni klonlashning qanday yo‘llari bor?
2.Gibridoma hujayrasining qanday afzalliklarini bilasiz?
3.Monoklonal antitanalar sintez qiluvchi gibridoma hujayralarining alohida klonlarini olish uchun gibridoma hujayralarini qanday ko‘paytirasiz?

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling