Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


Download 2.84 Mb.
bet131/152
Sana21.11.2023
Hajmi2.84 Mb.
#1793169
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   152
Bog'liq
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]

48-rasm. Galapogoss orollarida tarqalgan
vyuroklarning bitta ajdod
turlardan kelib chiqqanligi.


Divergensiya asosan mutatsion jarayon, alohidalanish, populatsiya to‘l- qinlari, tabiiy tanlanish ta’sirida ro‘y bergan.
Divergensiya tur paydo bo‘lishining yo‘llaridan biri bo‘lib, bunda populatsiyalar evolutsiyaning boshlang‘ich omillari ta’siri natijasida ajdod turdan sezilarli darajada farq qiladigan belgilarni to‘playdi va saqlaydi, oqibatda tur ajralib, yangi turlarni hosil qiladi.
Parallel evolutsiya (grekcha - parallelos - «yonma-yon boruvchi») - bir- biriga qarindosh bo‘lgan organizmlar guruhlarida bir yo‘nalishda o‘xshash belgilar paydo bo‘lishi bilan ifodalanadigan evolutsion o‘zgarish. Masalan, sutemizuvchi kitsimonlar va kurakoyoqlilar bir-biridan mustaqil holda suv muhitiga o‘tishgan va ularda suv muhitiga moslanishlar - kurakoyoqlar paydo bo‘lgan. Afrika va Janubiy Amerika qit’alarida tarqalgan sutemizuvchilar tana tuzilishida o‘xshashlikni ko‘rish mumkin (49-rasm).
Parallelizm bir-biriga genetik yaqin turlarda belgilarning o‘xshashligi, gomologik tuzilmalarning mustaqil holda o‘zgarishlari natijasida yuzaga keladigan evolutsiyadir. Har xil turlarning bir xil genlarida o‘xshash muta­tsiyalar paydo bo‘lishi parallelizmga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday hodisani N. I. Vavilovning irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlari qonuni tavsiflab beradi. Mazkur qonunga mu- vofiq, bir-biriga qarindosh turlar irsiy o‘zgaruvchanlikning o‘xshash qatorlari bilan ta’riflanadi. Shuning uchun o‘xshash belgilar bir-biriga qarindosh turlarda mustaqil - parallel holda hosil bo‘ladi.
Konvergent evolutsiya - kelib chiqishi jihatidan uzoq guruhlar (ken- ja sinf, sinf, tip) organizmlarning o‘xshash belgilarga ega bo‘lishi bilan ifodalanadigan evolutsion o‘zgarish xili.



Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling