Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


Neoarktik biogeografikviloyatiga


Download 2.84 Mb.
bet127/152
Sana21.11.2023
Hajmi2.84 Mb.
#1793169
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   152
Bog'liq
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]

Neoarktik biogeografikviloyatiga Shimoliy Amerika, Grenlandiya, Bermud va Aleut orollari kiradi. Neoarktik biogeografik viloyatining o‘ziga xos hayvonlariga sixshox kiyik, tog‘ echkisi, ilvirs, muskusli qo‘y, badbo‘y kaltadum, yenot, daraxt jayralarini kiritsa bo‘ladi. Mazkur viloyatning hayvonot olami ko‘p jihatdan paleoarktikanikiga o‘xshash. Har ikki viloyatda ham qunduz, bug‘u, los, tulki, suvsar, oq ayiq, oq sichqon, oq tovushqon, yumronqoziq, silovsinlarni ko‘rish mumkin.
Biogeografik viloyatlardagi hayvonot va o‘simliklar olamining o‘xshashligi va farqi. Turli viloyatlardagi hayvonot va o‘simliklar olami o‘zaro taqqoslanganda tiplar, sinflar o‘rtasida tafovutni deyarli ko‘rmaymiz. Chunki har bir biogeografik viloyatda xordali hayvonlar tipi, ochiq va yopiq urug‘li o‘simliklar tipi, sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar, bir pallali, ikki pallali o‘simliklar sinflarini uchratish mumkin. Biogeografik viloyatlardagi hayvon va o‘simliklar orasidagi tafovut turkum,ayniqsa, oila, avlod vakillarini o‘zaro taqqoslaganda namoyon bo‘ladi.
Habashiston biogeografik viloyatidagi primatlar, xartumlilar, tuyaqushlar, to‘ti- qushlar, tovuqsimonlar turkumining vakillari Paleoarktik viloyatda uchramaydi. Yoki primatlar turkumiga kiruvchi gibbonlar oilasining vakillari Hindomalay bio- geografik viloyatida tarqalgan bo‘lib, Afrikada uchramaydi. Aksincha, martishkalar oilasi Afrikada tarqalgan bo‘lsa-da, Hindomalay biogeografik viloyatda bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, Neotropik biogeografik viloyatdagi oz tishlilar turkumiga mansub chumolixo‘r, yalqov, zirhlilar oilasi Neoarktik biogeografik viloyatida tarqalmagan. Paleoarktik va Neoarktik biogeografik viloyatlardagi o‘simliklar va hayvonlar turkumi, tartib, oilalar bilan o‘xshasalar ham, ular o‘rtasidagi tafovut faqat avlod va turlarda ekanligi ma’lum bo‘ladi. Yevropa zubri Shimoliy Amerikadagi bizonga, Sibir bug‘usi - maral, Amerika bug‘usi - vapitiga, Yevropa yovvoyi qo‘yi - muflon Amerika tog‘ qo‘yiga ko‘p jihatdan o‘xshashdir. O‘simliklari ham Paleoarktik biogeografik viloyat o‘simliklarini eslatadi. O‘rmonlarda pixta, qoraqarag‘ay, boshqa ignabargli o‘simliklar, yopiq urug‘lilardan eman, buk, zarang va boshqa oilalarga mansub o‘t o‘simliklar tarqalgan.
Turli biogeografik viloyatlardagi hayvonlar va o‘simliklar orasidagi o‘xshashlik va tafovut sabablarini bir tomondan qit’alarning paydo bo‘lish tarixi, ikkinchi tomondan organik olam evolutsiyasi bilan tushuntirish mumkin.
Tabiatshunos olimlarning e’tirof etishicha, bizning ko‘hna sayyoramiz hamma era, davrlarda shunday ko‘rinishda bo‘lmagan. Daniyalik olim A.Vegener «Materiklar dreyfi» nazariyasida qayd etishicha, taxminan bir necha million yillar ilgari Yer yuzida hech qanday qit’alar bo‘lmay, sayyoramiz yagona quruqlik - Pangeya va yagona okeandan iborat bo‘lgan. Bundan 200 mln yil ilgari mezozoy erasining trias davrida yagona quruqlik - Pangeya ikki bo‘lakka, Lavraziya va Gondvanaga ajralgan. Oqibatda yagona quruqlikdagi hayvonot va o‘simliklar olami ham ikki tomonga bo‘lingan (47-rasm).



Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling