Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10
Darsning texnologik xaritasi
Download 2.84 Mb.
|
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII.Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism : a)
- IX.Yangimavzubayoni
Darsning texnologik xaritasi:
VIII.Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi 2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. IX.Yangimavzubayoni: Yer yuzida tarqalgan hayvonot va o‘simliklar olami murakkabligi jihatidan bir xil emas. Ba’zi qit’alarda tuzilishi va funksiyasi bo‘yicha nisbatan oddiy, boshqalarida esa o‘ta murakkab hayvonlar va o‘simliklar tarqalgan. Hayvon va o‘simliklarning quruqlikda tarqalishiga qarab olimlar sayyoramizni 6 ta biogeografik viloyatlarga ajratadilar. Bunda ular sutemizuvchilar, qushlar, ochiq urug‘li, yopiq urug‘li o‘simliklar, sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikdagi yashovchilar hamda quruqlikdagi sporali o‘simliklarning tarqalishini asos qilib oladilar. Quyida olimlar tomonidan e’tirof etilgan Avstraliya, Neotropik, Hindomalay, Habashiston, Neoarktik, Paleoarktik biogeografik viloyatlarning hayvonot va o‘simliklari bilan tanishamiz. Avstraliya biogeografik viloyatiga Avstraliyadan tashqari Yangi Zelan- diya, Yangi Gvineya, Polineziya, Tasmaniya orollari kiradi. Bu viloyatda sutemizuvchilar sinfining tuban vakillari tuxum qo‘yib ko‘payuvchi- o‘rdak- burun, yexidna, xaltali hayvonlardan kenguru, xaltali krot, xaltali tiyin, xaltali bo‘ri, xaltali ayiq tarqalgan. Yo‘ldoshli sutemizuvchilar nihoyatda kam. Ular sichqonsimon kemiruv- chilar, ko‘rshapalaklar, dingo itidan iborat bo‘lib, bu hayvon turlari o‘zga qit’alardan o‘tgan, deb taxmin qilinadi. Avstraliyadagi qushlar nihoyatda rang- barang: jannat qushlari, xashaki tovuqlar, kapachi qushlar. Lira qushi, qanotsiz kivi, tuyaqushlardan emu tarqalgan. Sudralib yuruvchilar tuzilishi jihatidan paleozoy erasidagi sudralib yuruvchilarga nihoyatda o‘xshash bo‘lgan. O‘rmonlarda evkaliptlar, janubiy qoraqayin, daraxtsimon paporotniklarni ko‘rish mumkin. Neotropikbiogeografikviloyat. JanubiyvaMarkaziyAmerikahamdaMeksikaningtropikqismi, Karibarxipelagidaniborat. Mazkurviloyatdasutemizuvchilardangajakdumlimaymun, gajakdumliayiq, pampasmushugi, skuns, dengizcho‘chqasi, JanubiyAmerikatulkisi, tubanvakillardanopossum, zirhlilar, chumolixo‘r, yalqov, qushlardankolibri, yapaloqqush, tasqara, nandu, sudralibyuruvchilardanalligatorlar, iguana, ilonlaruchraydi. Hindomalay biogeografik viloyati. Hindiston, Hindixitoy, Seylon, Yava Sumatra, Tayvan, Filippin orollaridan tashkil topgan. Barcha orollarda o‘rmonlar juda ko‘p. Faqat Hindistonning g‘arbiy qismi cho‘l zonasidan iborat. Hayvonlar orasida primatlardan - orangutan (odamsimon maymun), gibbon, chala maymunlar - tupaylar, hind fili, yo‘lbars, bambuk ayig‘i, antilopalar, tapir, nosoroglar, qushlardan yovvoyi bankiv tovuqlari, qirg‘ovullar, tovuslar, sudralib yuruvchilardan - zaharli ilonlar, har xil kaltakesaklar, timsohlar ko‘zga tashlanadi. O‘rmonlarda bambuk, banan, qora daraxtlar o‘sadi. Habashiston biogeografik viloyati Afrikaning markaziy, janubiy qismini, Madagaskarni egallagan. Bu viloyatning o‘ziga xos hayvonot dunyosi martishka, lemur, arslon, fil, begemot, oq va qora ikki shoxli nosoroglar, jirafa, zebra, giyena itlari, odamsimon maymunlar - gorilla, shimpanze, sudralib yuruvchilardan agama, xameleonlar keng tarqalgan. Afrikaning g‘arbiy va tog‘li joylari tropik o‘rmonlar, qolgan qismi esa savannalardan iborat. Ularda baobab, qizil daraxt, palma, akatsiya, daraxtlarda o‘suvchi o‘simliklar - epifitlar keng o‘rin olgan. Paleoarktik biogeografik viloyati butun Yevropa, Osiyoning shimoliy, markaziy qismini, Afrikaning shimoliy qismini egallagan. Nihoyatda katta hududga ega bo‘lishiga qaramay, bu viloyatda sutemizuvchi hayvonlarning boshqa viloyatlarda uchramaydigan birorta ham turkumi yo‘q. Bu viloyatda tuyoqli hayvonlardan ot, sayg‘oq, yelik, kabarga, tog‘ echkisi, los, yovvoyi qo‘y, yirtqichlardan - qo‘ng‘ir ayiq, bo‘ri, tulki, qunduz, hasharotxo‘rlardan vixuxol, qalqonqanotlilardan - ko‘rshapalaklar, qushlardan kar, tustovuq, chittaklar uchraydi. O‘simliklardan ignabarglilar- archalar, pixta, qora qarag‘ay, qarag‘ay, yopiq urug‘lilardan - eman, terak, tol, akatsiya, gledichiy kabi o‘simliklar uchradi. Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling