TO’rt oyoQlilar (Tetrapoda) katta sinfi. Suvda HamDA QuruQlikda yashovchilar (Amphibia) sinfining umumiy tavsifi VA tasnifi, ekologiyasi HAMDA aHamiyati
reja:
1. To’rt oyoqlilar katta sinfining umumiy tavsifi va tasnifi.
2. Suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfi vakillarining o’ziga xos tuzilish xususiyatlari.
3. Amfibiyalarning ko’payishi va rivojlanishi.
4. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining tasnifi.
a) Oyoqsizlar (Apoda) turkumi.
b) Dumlilar (Caudata, Urodela) turkumi.
v) Dumsizlar (Ecaudata, Anura) turkumi.
5. Amfibiyalarning ekologiyasi.
To’rtoyoqlilar qisman (suvda ham quruqlikda yashovchilar) yoki butunlay (sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar) quruqlikda hayot kechi-rishga o’tgan umurtqali hayvonlar. Ayrim to’rt oyoqlilar qaytadan suvda yashashga o’tgan (ko’pchilik dumli amfibiyalar, timsohlar, ayrim toshbaqalar, ilonlar, pingvinlar, kurakoyoqlilar, kitsimonlar va boshqalar). Barcha to’rt oyoqlilar o’pka bilan nafas oladi. 2 ta qon aylanish doirasiga ega. Ikki juft harakat organlari ko’p richaglar shaklida 5 barmoqli bo’ladi. Richaglar oyoqlarning faqat tanaga nisbatan emas, balki oyoqlarning ayrim qismlariga nisbatan harakat qilishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |