Da quruQlikda yashovchilar (Amphibia) sinfining umumiy tavsifi va tasnifi, ekologiyasi


Download 26.39 Kb.
bet3/5
Sana09.01.2022
Hajmi26.39 Kb.
#258961
1   2   3   4   5
Bog'liq
1,8

Mavzu bayoni:

Qadimgi zamonda amfibiyalar sinfining turlari ko‘p bo‘lgan va ular 11-12 ta turkumga ega bo‘lgan. Hozirgi vaqtda Amfibiyalar sinfi 2 ta kenja sinfga, ya’ni 1. Yupqaumurtqalilar (Lepospondyli) kenja sinfi va 2. Yoyumurtqalilar (Apsidospondyli) kenja sinfiga bo‘linadi. Yupqaumurtqalilar (Lepospondyli) kenja sinfiga 2 ta turkum, ya’ni Dumlilar (Caudata yoki Urodela) turkumi va Oyoqsizlar (Apoda) turkumi kiradi. Yoyumurtqalilar (Apsidospondyli) kenja sinfiga esa bitta Dumsizlar (Ecaudata yoki Anura) turkumi kiradi. Shuningdek, suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining 41 ta oilasi, 430 ta avlodi va 4500 tadan 6630 tagacha turi bor. Shulardan 5850 ta turi Dumsizlar (Ecaudata yoki Anura) turkumiga, 600 ta turi Dumlilar (Caudata yoki Urodela) turkumiga va 180 taga yaqin turi Oyoqsizlar (Apoda) turkumiga kiradi.

O‘zbekiston hududida amfibiyalar sinfidan dumsizlar turkumiga kiradigan 3 ta turi (ko‘l baqasi (Rana ridibunda, yashil qurbaqa (Bufo viridis) va O‘rta Osiyo qurbaqasi (Bufo danatensis) uchraydi. Dumlilar turkumidan tritonlar akvariumlarda boqiladi. MDHda suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfiga 41 ta tur, 12 ta avlod va 8 ta oila kiradi. Oyoqsizlar turkumining vakillari MDHda uchramaydi1.

Suvda hamda quruqlikda yashovchilar quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning kam sonli sinfi bo’lib, o’z ichiga 2500 ga yaqin turni oladi va 3 ta turkumga bo’linadi: 1. Oyoqsizlar (Apoda); 2. Dumlilar (Caudata); 3. Dumsizlar (Ecaudata).




Download 26.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling