Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10
Download 2.84 Mb.
|
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars bosqichlari Vaqt
- VIII.Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism : a)
- 6-rasm.Genetik kod. Izoh: AUG - start kodon; UAA, UAG, UGA teminator - stop kodonlar.
- 7-rasm.Transkripsiya
- Uyga vazifa
- Sana:________“___” Biologiya fani Sinf: 10- A 10- B 10- V
- VI.Texnik jihoz
VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut: Darsning texnologikxaritasi:
VIII.Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi 2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish v)tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. IX.Yangi mavzu bayoni: Tirik organizmlar ko‘payish, ya’ni o‘ziga o‘xshaganlarni yaratish xu- susiyatiga ega bo‘lib, bu xususiyat genetik axborotni nasldan naslga o‘tkazish bilan bog‘liq. Ko‘payish xususiyatiga molekula darajada qaralsa, bu hodisa DNK molekulasining ikki hissa ortishi bilan ifodalanadi. Hujayra darajasida bu xususiyat mitoxondriyalar va xloroplastlarning bo‘linib ko‘payishi, mitoz, meyoz jarayonlarida aks etadi. Hujayra o‘z irsiy axborotini barqaror va uzviy ravishda keyingi avlodga o‘tkaza oladigan irsiy birlik bo‘lib, avlodlarning bardavomligini ta’minlaydi. Irsiyatning moddiy asosi bo‘lgan DNK molekulasi o‘z-o‘zini ko‘paytirish xususiyatiga ega, lekin bu jarayon faqat tirik hujayradagina amalga oshadi. Matritsali sintez reaksiyalari.Genetik axborot DNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligida ifodalangan.Genetik axborot asosida biopolimerlar sintezlanishi matritsali sintez reaksiyalari deyiladi.Bu reaksiyalarga DNK sintezi - reduplikatsiya, RNK sintezi - transkripsiya, oqsil biosintezi - translatsiya kiradi.Matritsali sintez reaksiyalari asosida nukleotidlarning o‘zaro komplementarligi yotadi. DNK reduplikatsiyasi.Irsiy axborotni nasldan naslga o‘tkazish DNK molekulasining fundamental xususiyati - reduplikatsiyasi bilan bog‘liq. DNK molekulasining ikki hissa ortishi reduplikatsiya deyiladi.DNK molekulasining dastlabki qo‘sh zanjiri maxsus fermentlar yordamida ikkita alohida zanjirlarga ajraladi. DNKning bir zanjiri yangi zanjirning sintezi uchun matritsa bo‘lib xizmat qiladi. DNK - polimeraza fermenti ishtirokida hujayradagi erkin nukleotidlardan foydalanib, ATF energiyasi hisobiga DNKning yangi komple- mentar zanjiri sintezlanadi. Bu jarayon hujayra sikli interfaza bosqichining sintez davrida sodir bo‘ladi. Hujayrada irsiy axborotning amalga oshirilishi.Organizmlar hayotining asosiy sharti, bu - hujayralar oqsil molekulasining sintezlay olish qobiliyatidir.Har bir tur boshqa turlardan farqlanuvchi, unikal oqsillar to‘plamiga ega. Turli organizmlarda bir xil funksiyani bajaradigan oqsillar ham aminokislotalar soni va izchilligi bilan farqlanadi. Muhim hayotiy funksiyalarni bajaruvchi oqsillar barcha organizmlarda o‘xshash bo‘ladi. Oqsillar strukturasini DNKdagi nukleotidlar ketma-ketligi belgilaydi.Oqsillarning birlamchi strukturasi haqidagi genetik axborotlar DNK zanjirida nukleotidlar izchilligi tarzida birin-ketin joylashgan. DNKning bir polipeptid zanjiridagi aminokislotalar yoki ribosomal va transport RNK molekulalaridagi nukleotidlar izchilligini belgilaydigan bir qismi gen deb ataladi. Oqsillar tarkibiga kiruvchi har bir aminokislotaning nuklein kislotalarda ketma-ket joylashgan uchta nukleotid (triplet, kodon) yordamida ifodalanishi genetik kod deyiladi. DNK tarkibida 4 ta har xil nukleotid bo‘lishi nazarda tutilsa, 43 = 64 ta kod hosil bo‘ladi. Bitta aminokislota 2, 3, 4, 6 ta kod yordamida kodlanar ekan. Genetik kod 1962-yili amerikalik bioximiklar M. Nirenberg va S. Ochaolar tomonidan aniqlangan. Genetik kodning xususiyatlari: Har bir aminokislotani nukleotidlar tripleti kodlaydi. Har bir triplet (kodon) bitta aminokislotani ifodalaydi. Bitta aminokislotani bir necha triplet kodlashi mumkin. Genetik kod barcha tirik organizmlar uchun universal. Genetik kodning 61 tasi «ma’noli», ya’ni ma’lum aminokislotalarni ifodalovchi tripletlardir. UGA, UAA, UAG aminokislotalarni ifodalamaydi. Ular polipeptid zanjirining tugallanishini bildiruvchi terminator kodonlardir (6-rasm).
6-rasm.Genetik kod. Izoh: AUG - start kodon; UAA, UAG, UGA teminator - stop kodonlar. Transkripsiya (RNK sintezi).Bu jarayonda DNK matritsa hisoblanadi.Oqsil tuzilmasi to‘g‘risidagi axborot yadroda, DNKda saqlanadi. Oqsil sintezi esa sitoplazmada, ribosomalarda o‘tadi.(7-rasm) RXK-polimeraza 7-rasm.Transkripsiya. Yangi mavzuni mustahkamlash Savol va topshiriqlar: Replikatsiya, transkripsiya so‘zlarining ma’nosini tushuntirib bering. DNKdan RNKning sintezlanish mexanizmini izohlang. Genetik kod xususiyatlari nimalardan iborat? Matritsali sintez nima? Oqsil sintezida ribosomalar qanday funksiyalarni bajaradi? t-RNKning oqsil biosintezidagi funksiyasini izohlang. Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ______________________ Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, vaqo`shmcha adabiyotlar. Fan o`qituvchisi______________________________________________ O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________ Sana:________“___” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V 12- Mavzu: Hujayra sikli. Xromosoma – genlar tizimi sifatida. 11 -§ I.Darsning maqsadi: a) ta’limiy: o`quvchilarga hujayra sikli, xromasoma, gen haqida tushunchalar berish b) tarbiyaviy: o`quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish. d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3 II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. III.Darsning usuli: .Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar. V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar. VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska. VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut: Darsning texnologikxaritasi:
Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling