Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10
-rasm. Moddalar almashinuvi bosqichlari
Download 2.84 Mb.
|
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
- Uyga vazifa
- Sana:________“___” Biologiya fani Sinf: 10
- III.Darsning usuli
- Dars bosqichlari Vaqt
- VIII.Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism : a)
- Fotosintezning umumiy reaksiyasi
- NADFH ning hosil bo‘lishi
- Qorong‘ilik reaksiyalari
5-rasm. Moddalar almashinuvi bosqichlari
Yangi mavzuni mustahkamlash Savol va topshiriqlar: Moddalar almashinuvi jarayonining mohiyati nimada? Moddalar almashinuvining hujayradagi funksiyasini tushuntiring. Glikoliz bosqichida bo‘lib o‘tadigan jarayonlarni tushuntiring. Kislorodli parchalanish bosqichidagi reaksiyalarni tushuntiring. Plastik almashinuv bilan energiya almashinuvi bir-biri bilan bog‘liqligini izohlang. Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 1-topshiriq.Nafas olish jarayoni bosqichlariga mos ravishda «+» belgisini qo‘ying.
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish _________________________ Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, vaqo`shmcha adabiyotlar. Fan o`qituvchisi______________________________________________ O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________ Sana:________“___” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V 10- Mavzu: Plastik almashinuv. 9 -§ I.Darsning maqsadi: a) ta’limiy: o`quvchilarga oqsillar biosintezi haqida umumiy ma`lumotlar berish. b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish. v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish. d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3 II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. III.Darsning usuli: .Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar. V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar. VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska. VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut: Darsning texnologik xaritasi:
VIII.Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi 2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish v)tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. IX.Yangi mavzu bayoni: Tirik organizm hujayralari hayot faoliyatining doimiyligini saqlash uchun hujayra tuzilmalari bo‘lgan membranalar va organoidlar tarkibiga kiradigan oqsillar, lipidlar, uglevodlar moddalar almashinuvi jarayonida to‘xtovsiz sintezlanadi. Hujayra kimyoviy tarkibi va tuzilishining yangilanib turishini ta’minlaydigan biosintetik reaksiyalar yig‘indisi plastik almashinuv (assimilatsiya, anabolizm) deb ataladi. Organizmlar energiya va uglerodning qanday manbayidan foydalanishiga ko‘ra avtotroflar va geterotroflarga bo‘linadi. Anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlashda anorganik uglerod manbayidan foydalanadigan organizmlar avtotrof organizmlar deyiladi.Organik moddalarni sintezlashda yorug‘lik energiyasidan foydalanadigan avtotrof organizmlar foto- troflar, kimyoviy reaksiyalar energiyasidan foydalanadigan organizmlar xemotroflardir. Fotosintez. Fototrof organizmlarga xlorofill pigmentiga ega organizmlar, yashil o‘simliklar, lishayniklar va ayrim bakteriyalar kiradi. Yashil o‘simliklar hujayrasidagi xloroplastlarda to‘plangan xlorofill pigmenti yordamida yorug‘lik energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi.Yorug‘lik energiyasi hisobiga organik birikmalar sintezlanishi fotosintez deyiladi (23-rasm). Barcha tirik organizmlarning hayotiy faoliyati fotosintez jarayoni bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq. Fotosintez natijasida avtotrof organizm hujayralarida hosil bo‘lgan organik moddalar, birinchi navbatda shu organizm hujayralari hamda barcha geterotrof organizmlar uchun oziqa va energiya manbayidir. Fotosintez jarayonini quyidagi umumiy formula orqali ifodalash mumkin: 6CO2 + 6H2O + quyosh energiyasi C6H12O6 + 6O2 Xlorofillpigmentio‘zigaxoskimyoviytuzilishgavayorug‘likkvantlariniushlabqolishxususiyatigaega.Fotosintezjarayonihujayraningfotosintezqiluvchituzilmalaridaikkibosqichdao‘tadi: yorug‘likvaqorong‘ilikbosqichlari (24-rasm). Yorug‘lik bosqichi xloroplastlarning tila- koidlarida kechadi.Bunda boshlang‘ich mah- sulotlar sifatida yorug‘lik energiyasi, suv, ADF, xlorofill ishtirok etadi. Fotosintez jarayonining yorug‘lik bosqichida oxirgi mahsulotlar sifatida O2, ATF, NADFH hosil bo‘ladi. Molekular kislorod atmosferaga chiqariladi, energiyaga boy ATF va NADFH qorong‘ilik bosqichi reaksiyalariga sarflanadi. Fotosintezning qorong‘ilik bosqichi xloroplastlarning stroma qismida amalga oshadi, bunda boshlang‘ich mahsulotlar sifatida CO2, ATF, NADFH qatnashadi. NADF molekulasi tarkibidagi H atomlari va CO2 molekulalari ATF energiyasi hisobiga birikib, birlamchi uglevod - glukoza sintezlanadi.
Xemosintez. Xemosintez hodisasini 1887-yil rus olimi S. N. Vinogradskiy kashf etgan. Xemotroflar anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlashda, anorganik moddalarning oksidlanish reaksiyalarida hosil bo‘lgan energiyadan foydalanadi. Xemoavtotrof organizmlarning hujayralarida anorganik birikmalar oksidlanishidan hosil bo‘lgan energiya ATFning fosfat bog‘lari energiyasiga aylanadi, ATF organik moddalarning sinteziga sarflanadi. Xemosintezlovchi bakteriyalarning bir necha turlari ma’lum. Temir bakteriyalari ikki valentli temirni uch valentli birikmalargacha oksidlab, hosil bo‘lgan energiya hisobiga uglerodning anorganik birikmalaridan organik moddalarni sintezlaydi. 4 FeCO3 + O2+ 6H2O = 4Fe(OH)3+ 4CO2 + energiya Nitrifikator bakteriyalar organik moddalarning chirishidan hosil bo‘lgan ammiakni nitritlarga (HNO2), nitritlarni nitratlargacha (HN03) oksidlab, shu jarayonda hosil bo‘ladigan energiyadan foydalanadi: 2NH3 + 3O2 = 2HNO2 + 2HjO + energiya 2NHO2 + O2 = 2HNO3 + energiya Azot kislotasi esa tuproqdagi minerallar bilan birikib, o‘simliklar o‘zlashtira oladigan azotli o‘g‘itlar hosil qiladi. Oltingugurt bakteriyalari vodorod sulfidni molekular oltingugurtga yoki sulfat kislotagacha oksidlab o‘z tanasida oltingugurt to‘playdi.Vodorod sulfid yetishmaganida bakteriyalar o‘z tanasida to‘planib qolgan oltingugurtni sulfat kislotagacha oksidlashdan ajraladigan energiyadan foydalanadi. Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling