Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


-rasm. Moddalar almashinuvi bosqichlari


Download 2.84 Mb.
bet19/152
Sana21.11.2023
Hajmi2.84 Mb.
#1793169
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   152
Bog'liq
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]

5-rasm. Moddalar almashinuvi bosqichlari
Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar:

  1. Moddalar almashinuvi jarayonining mohiyati nimada?

  2. Moddalar almashinuvining hujayradagi funksiyasini tushuntiring.

  3. Glikoliz bosqichida bo‘lib o‘tadigan jarayonlarni tushuntiring.

  4. Kislorodli parchalanish bosqichidagi reaksiyalarni tushuntiring.

  5. Plastik almashinuv bilan energiya almashinuvi bir-biri bilan bog‘liqligini izohlang.

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1-topshiriq.Nafas olish jarayoni bosqichlariga mos ravishda «+» belgisini qo‘ying.

T/r

Xos xususiyatlar

Nafas olish jarayoni bosqichlari

I

II

III

1

Mitoxondriyalarda sodir bo‘ladi










2

Hujayradan tashqarida sodir bo‘ladi










3

Sitoplazmada sodir bo‘ladi










4

ATFga to‘planadigan energiya miqdori 0 kJ










5

Sintezlanadigan ATF miqdori 2 ta










6

Sintezlanadigan ATF miqdori 36 ta










7

Aerob sharoitda sodir bo‘ladi










8

Anerob sharoitda sodir bo‘ladi










9

Amilaza, pepsin, lipaza fermentlari ishtirokida kechadi










10

Glukozaning parchalanishi hisobiga boradi










11

Sut kislotaning parchalanishi hisobiga boradi










12

Biopolimerlar monomerlarga parchalanadi










13

Ajralgan energiyaning 100% i issiqlik tarzida tarqaladi










14

Sut kislota hosil bo‘ladi










15

H2O va CO2 hosil bo‘ladi










Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish _________________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, vaqo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi______________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________
Sana:________“___” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V


10- Mavzu: Plastik almashinuv. 9 -§


I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilarga oqsillar biosintezi haqida umumiy ma`lumotlar berish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3


II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: .Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:


Darsning texnologik xaritasi:



Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar






VIII.Darsning borishi (reja):


1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi


2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v)tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.


IX.Yangi mavzu bayoni:
Tirik organizm hujayralari hayot faoliyatining doimiyligini saqlash uchun hujayra tuzilmalari bo‘lgan membranalar va organoidlar tarkibiga kiradigan oqsillar, lipidlar, uglevodlar moddalar almashinuvi jarayonida to‘xtovsiz sintezlanadi. Hujayra kimyoviy tarkibi va tuzilishining yangilanib turishini ta’minlaydigan biosintetik reaksiyalar yig‘indisi plastik almashinuv (assimilatsiya, anabolizm) deb ataladi.
Organizmlar energiya va uglerodning qanday manbayidan foydalanishiga ko‘ra avtotroflar va geterotroflarga bo‘linadi. Anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlashda anorganik uglerod manbayidan foydalanadigan organizmlar avtotrof organizmlar deyiladi.Organik moddalarni sintez­lashda yorug‘lik energiyasidan foydalanadigan avtotrof organizmlar foto- troflar, kimyoviy reaksiyalar energiyasidan foydalanadigan organizmlar xemotroflardir.
Fotosintez. Fototrof organizmlarga xlorofill pigmentiga ega organizmlar, yashil o‘simliklar, lishayniklar va ayrim bakteriyalar kiradi. Yashil o‘simliklar hujayrasidagi xloroplastlarda to‘plangan xlorofill pigmenti yordamida yorug‘lik energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi.Yorug‘lik energiyasi hisobiga organik birikmalar sintezlanishi fotosintez deyiladi (23-rasm).
Barcha tirik organizmlarning hayotiy faoliyati fotosintez jarayoni bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq. Fotosintez natijasida avtotrof organizm hujayralarida hosil bo‘lgan organik moddalar, birinchi navbatda shu organizm hujayralari hamda barcha geterotrof organizmlar uchun oziqa va energiya manbayidir.
Fotosintez jarayonini quyidagi umumiy formula orqali ifodalash mumkin: 6CO2 + 6H2O + quyosh energiyasi C6H12O6 + 6O2
Xlorofillpigmentio‘zigaxoskimyoviytuzilishgavayorug‘likkvantlariniushlabqolishxususiyatigaega.Fotosintezjarayonihujayraningfotosintezqiluvchituzilmalaridaikkibosqichdao‘tadi: yorug‘likvaqorong‘ilikbosqichlari (24-rasm).
Yorug‘lik bosqichi xloroplastlarning tila- koidlarida kechadi.Bunda boshlang‘ich mah- sulotlar sifatida yorug‘lik energiyasi, suv, ADF, xlorofill ishtirok etadi.
Fotosintez jarayonining yorug‘lik bosqichida oxirgi mahsulotlar sifatida
O2, ATF, NADFH hosil bo‘ladi. Molekular kislorod atmosferaga chiqariladi, energiyaga boy ATF va NADFH qorong‘ilik bosqichi reaksiyalariga sarflanadi.
Fotosintezning qorong‘ilik bosqichi xloroplastlarning stroma qismida amalga oshadi, bunda boshlang‘ich mahsulotlar sifatida CO2, ATF, NADFH qatnashadi. NADF molekulasi tarkibidagi H atomlari va CO2 molekulalari ATF energiyasi hisobiga birikib, birlamchi uglevod - glukoza sintezlanadi.

Fotosintezning umumiy reaksiyasi

12H2O + 6CO2 = C6H12O6 + 6O2 + 6H2O

Suvning fotolizi

12H2O = 6O2 + 24H + 24 e

NADFH ning hosil bo‘lishi

24NADF + 24H + 24 e = 24 NADFH

Fotofosforlanish

18ADF + H3PO4= 18ATF

Yorug‘lik reaksiyalari

12H2O + 24NADF + 18ADF + 18H3PO4= 6O2 + 24NADFH + 18ATF

Qorong‘ilik reaksiyalari

6CO2 + 24NADFH + 18ATF =
C«HO + 24NADF + 18ADF +18HPO + 6H O



Xemosintez. Xemosintez hodisasini 1887-yil rus olimi S. N. Vinogradskiy kashf etgan. Xemotroflar anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlashda, anorganik moddalarning oksidlanish reaksiyalarida hosil bo‘lgan energiyadan foydalanadi. Xemoavtotrof organizmlarning hujayralarida anorganik birikmalar oksidlanishidan hosil bo‘lgan energiya ATFning fosfat bog‘lari energiyasiga aylanadi, ATF organik moddalarning sinteziga sarflanadi. Xemosintezlovchi bakteriyalarning bir necha turlari ma’lum.
Temir bakteriyalari ikki valentli temirni uch valentli birikmalargacha oksidlab, hosil bo‘lgan energiya hisobiga uglerodning anorganik birikmalaridan organik moddalarni sintezlaydi.
4 FeCO3 + O2+ 6H2O = 4Fe(OH)3+ 4CO2 + energiya
Nitrifikator bakteriyalar organik moddalarning chirishidan hosil bo‘lgan ammiakni nitritlarga (HNO2), nitritlarni nitratlargacha (HN03) oksidlab, shu jarayonda hosil bo‘ladigan energiyadan foydalanadi:
2NH3 + 3O2 = 2HNO2 + 2HjO + energiya 2NHO2 + O2 = 2HNO3 + energiya
Azot kislotasi esa tuproqdagi minerallar bilan birikib, o‘simliklar o‘zlashtira oladigan azotli o‘g‘itlar hosil qiladi.
Oltingugurt bakteriyalari vodorod sulfidni molekular oltingugurtga yoki sulfat kislotagacha oksidlab o‘z tanasida oltingugurt to‘playdi.Vodorod sulfid yetishmaganida bakteriyalar o‘z tanasida to‘planib qolgan oltingugurtni sulfat kislotagacha oksidlashdan ajraladigan energiyadan foydalanadi.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling