Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


VIII.Darsning borishi (reja)


Download 2.84 Mb.
bet22/152
Sana21.11.2023
Hajmi2.84 Mb.
#1793169
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   152
Bog'liq
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]

VIII.Darsning borishi (reja):


1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi


2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v)tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
Tirik organizmlarning irsiy axborotni saqlash va keyingi avlodga o‘tkazishdek eng muhim xususiyati xromosomalardagi DNKga bog‘liq. Bir bo‘linishdan ikkinchi bo‘linishgacha bo‘lgan davrda har bir xromosoma bitta DNKdan iborat bo‘ladi. Yadroning bo‘linishidan avval reduplikatsiya tufayli DNK molekulalari soni ikki hissa ortadi.
Euxromatin - xromatinning spirallashmagan, mikroskopda ko‘rinmay- digan ingichka, genetik jihatdan faol qismi. Geteroxromatin - xromatinning spirallashgan, zichlashgan, genetik jihatdan nofaol qismi.Yadroning bo‘linishidan avval xromatin kuchli spirallashgan, kaltalashgan, yog‘onlashgan strukturani, xromosomani hosil qiladi. Xromosomalar birin- chi marta Fleming (1882) va Strasburger (1884) tomonidan aniqlangan. «Xromosoma» atamasini fanga Valdeyer taklif etgan.
Jinsiy hujayralarda somatik (tana) hujayralarga nisbatan xromosomalar soni ikki hissa kam bo‘ladi. Jinsiy hujayralarda xromosomalar gaploid to‘plamda, somatik hujayralarda esa xromosomalar juft, ya’ni diploid to‘plamda bo‘ladi. Xromosomalar to‘plami n, shu to‘plamga xos DNK soni c harflari bilan ifoda etiladi. O‘lchami, shakli bilan bir-biriga o‘xshash, biri otadan, ikkinchisi onadan o‘tadigan xromosomalar gomolog xromosomalar deyiladi. Masalan, odamning somatik hujayralarida 23 juft xromosoma bo‘ladi. Xromosomalarning miqdor (soni, o‘lchami) va sifat belgilari yig‘indisi kariotip deyiladi. Xromosomalar soni va tuzilishining doimiyligi biologik tur uchun xos xususiyat hisoblanadi.
Hujayraning hayotiy sikli. Ona hujayraning bo‘linib ko‘payishidan hosil bo‘lgan hujayraning bo‘linib ko‘payishi yoki nobud bo‘lgunigacha bo‘lgan davr hayotiy sikl (hujayra sikli) deyiladi. Hujayra hayotiy sikli bir nechta davrlardan iborat:
Bo‘linish davri. Bunda hujayraning bo‘linishi sodir bo‘ladi.O‘sish davri. Hujayra bo‘linib ko‘paygach, ma’lum o‘lchamlarga qadar hajmi ortadi, o‘sa boshlaydi.
Differensiatsiyalanish (ixtisoslashish) davri. Bu davrda hujayra ma’lum tuzilish va funksional xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Yetuklik davri.Hujayra ixtisosligiga mos holda u yoki bu funksiyani bajaradi.
Qarish davri. Bu davr hujayra hayotiy funksiyalarining pasayishi bilan ifodalanadi, hujayraning bo‘linishi yoki nobud bo‘lishi bilan yakunlanadi.
Hujayralar bo‘linishining ikkita usuli bor: mitoz va meyoz.
Mitoz - eukariot hujayralarning bo‘linishi jarayoni bo‘lib, uning natijasida dastlab irsiy material ikki hissa ortadi, so‘ngra qiz hujayralar o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Mitoz sikli - hujayraning bo‘linishga tayyorgarlik - interfaza va mitoz bo‘linish jarayonlarining o‘zaro bog‘langan va ketma-ket keladigan hodisalar majmuasi.
Interfaza deb, hujayraning ikkita bo‘linishi orasidagi vaqtga aytiladi. Interfazaning davomiyligi, odatda, umumiy hujayra siklining 90% ini tashkil etadi. Interfaza uchta davrdan iborat:

  • sintezdan oldingi - presintetik davr (Gx);

  • sintez (S);

  • sintezdan keyingi - postsintetik davr (G2).

Interfazaning Gt - presintetik davri bevosita mitozdan so‘ng boshlanib, davomiyligi 10 soatdan bir necha sutkagacha davom etadigan davr.Shu davrda yosh hujayra kattalashadi, hajm jihatdan ortadi.
Metafaza (meta - keyin)da xromatidalar zichlashib, yo‘g‘onlashib, hujayra markazi bo‘ylab to‘planadi. Xromatidalar sentromerasi ekvator tekisligida joylashadi.Bo‘linish urchug‘i iplari (axromatin iplari) har bir xromosomaning sentromerasiga ikki qutbdan birikadi.
Anafaza (ana - qayta) bosqichi xromosomalardagi sentromeralar bo‘linib, yakka holatdagi xromatidalar bo‘linish urchug‘ining qisqarishi hisobiga qutblarga tarqaladi. Har bir qutbda teng miqdordagi xromosomalar tarqaladi va ularning bo‘linishdan oldingi hujayraning xromosoma soniga muvofiq bo‘ladi.
Telofazada(telos - tugal)xromosomaiplariningyoyilishi, ingichkalashi- shi, uzayishikuzatiladi.Xromosomalarning har bir guruhi atrofida yadro qobig‘i paydo bo‘ladi, yadrocha shakllanadi. Bo‘linish urchug‘i parchalanadi.Shundan so‘ng sitokinez boshlanadi. Hayvon hujayralarining ekvotorial tekisligida botiqlik paydo bo‘lib, u borgan sari chuqurlashib boradi va sitoplazma bo‘linishi tugallanadi.
Meyoz. Meyoz eukariot hujayralarning o‘ziga xos bo‘linishi bo‘lib, bu bo‘linish natijasida hosil bo‘ladigan hujayralarda xromosomalar soni ikki hissa kamayadi. Meyoz ham mitoz singari interfazadan boshlanadi.Interfazada xromosomalar ikki hissa ortadi. Meyoz ikkita ketma-ket bo‘linishdan iborat. Birinchi - reduksion (meyoz I) bo‘linishda xromosomalar soni ikki marta kamayadi. Ikkinchi ekvatsion (meyoz II) bo‘linishda gaploid xromosomali hujayralar hosil bo‘ladi. Reduksion bo‘linish yadroning profaza I dan boshlanib, telofaza I gacha davom etadi. Ekvatsion bo‘linish esa profaza II dan telofaza II gacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.
Profaza I da juft xromatidalardan tuzilgan xromosomalar spirallashib, yo‘g‘onlashib kaltalashadi.So‘ngra gomologik xromosomalar bir-biriga yaqinlashib yonma-yon joylashadi hamda xromatidalar tetradasini hosil qiladi.Bu jarayon konyugatsiya deb ataladi.Gomologik xromosomalarning o‘zaro o‘xshash qismlarining chalkashuvi oqibatida xromatidalarning ayrim qismlari almashishlari mumkin.Bu krossingover hodisasi deyiladi (8-rasm).




Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling