16-rasm.Drozofila meva pashshasida jinsning irsiylanishi
Jinsni aniqlashni progam, epigam, singam tiplari mavjud. Jinsni aniqlash- ning progam tipida jins urug‘languncha ma’lum bo‘ladi. Masalan, kolovratkalarda sitoplazmaga boy tuxum hujayradan urg‘o- chi, sitoplazmasi kam tuxum hujayradan erkak organizm rivojlanadi.
Jinsni aniqlashning epigam tipida jins tashqi muhitga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ayrim halqali chuvalchanglarning ota- langan tuxum hujayrasi mustaqil hayot kechirsa urg‘ochi, parazitlik qilib hayot kechirsa erkak organizm rivojlanadi. Jinsni aniqlashning singam tipi keng tarqalgan bo‘lib, jins urug‘lanish vaqtida ma’lum bo‘ladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar:
Urg‘ochi organizm gomogametali bo‘lganda jinsga birikkan irsiylanishni misollar bilan yozib tushuntiring.
Urg‘ochi organizm geterogametali bo‘lganda jinsga birikkan irsiylanishni misollar bilan izohlang.
X xromosoma tarqalmaganda belgilarning irsiylanishi drozofila meva pashshasida qanday bo‘ladi?
X xromosoma birikkan holatda bo‘lganda belgilarning irsiylanishiga oid misollar keltiring.
Geterogametali va gomogametali organizmlar yozuvda qanday ifodalanadi?
Mustaqil bajarish uchun topshiriq: Jadvalni to‘ldiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |