Allel va allel genlar va ularning o'zaro ta'sirida belgilarining irsiylanishi reja: Allel genlar va ularning o'zaro ta'sirida belgilarning irsiylanishi


Download 0.54 Mb.
bet1/10
Sana14.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1773245
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Allel va allel genlar va ularning o\'zaro ta\'sirida belgilarining


ALLEL VA ALLEL GENLAR VA ULARNING O'ZARO TA'SIRIDA BELGILARINING IRSIYLANISHI
Reja:

1. Allel genlar va ularning o'zaro ta'sirida belgilarning irsiylanishi
2. Chala dominantlik
3. O'ta dominantlik
4. Kodominantlik hodisasi
5. Noallel genlar va ularning o'zaro ta'sirida belgilarning irsiylanishi
2. Kоmplеmеntar ta’sir
2.3. Epistatik ta’sir
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


ALLEL GENLAR VA ULARNING O'ZARO TA'SIRIDA BELGILARNING IRSIYLANISHI
Genlarning oʻzaro taʼsiri - genlarning belgilar rivojlanishidagi ishtiroki. Bir genning oʻzi bir necha xil belgilar rivojlaiishiga hamda bir necha xil genlar bir belgining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bunday taʼsir bir gen allellari (allelli taʼsir) yoki turli genlarning allellari (allel boʻlmagan taʼsir) orasida sodir boʻladi. Genlarning allelli oʻzaro taʼsirini oʻrganish natijasida Mendel qonunlari kashf etilgan. Organizmlardagi koʻpchilik belgilarning irsiylanishi faqat bir gen emas, balki allel boʻlmagan bir necha genlarning faoliyatiga ham boglik. Allel boʻlmagan Genlarning oʻzaro taʼsiri komplementar, epistaz, polimeriya, kombinirlangan (aralash), pleyotrop taʼsir xillariga boʻlinadi.

1.1-rasm.
1.2 Chala dominantlik
Chala dominantlik. Mendel tajribalarida no‘xat donining sariq rangi yashil rangi ustidan, gulning qizil rangi, oq rang ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Lekin tabiatda ayrim o‘simlik va hayvonlar o‘zaro chatishtirilganda doimo bu hodisa namoyon bo‘lavermaydi. Ba’zan chatishtirishda ishtirok etgan ota-ona belgilari duragaylarda oraliq holda irsiylanishi mumkin. Geterozigota formalarda belgilar ko‘pincha oraliq xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni dominantlik chala bo‘lishi mumkin. Quyida namozshomgul o‘simligining ikki irsiy formasini chatishtirish natijalari ko‘rsatilgan. ulardan birining gullari qizil, ikkinchisiniki – oq. Birinchi avlod duragaylarining hammasi pushti gulli, ya’ni oraliq xarakterda bo‘ladi. Agar olingan birinchi bo‘g‘in pushti gulli o‘simliklar o‘zaro chatishtirilsa, ikkinchi bo‘g‘inda fenotip va genotip jihatdan nisbat 1:2:1 bo‘ladi.
Chala dominantlik, ya’ni oraliq irsiylanish qulupnay mevasining rangi, qushlar patining tuzilishi, andaluz tovuq patining rangi, odamdagi biokimyoviy belgilarda va boshqalarda kuzatiladi.

1.2-rasm
1.3 O'ta dominantlik
O’ta dominantlik bu geterozigota avlod fenotipik belgilarining gomozigota ota-ona fenotipik belgilari chegarasidan tashqarida bo’lishini yuzaga keltiruvchi genetik holatdir. Sodda qilib tushuntirganda geterozigotali organizm ushbu genning gomozigota dominant yoki retsessiv holatidan ko’ra yuqori nisbiy moslashuvchanlikka egaligidir. Ushbu genetik holatni “geterozigota afzalligi” degan atama bilan ham ifodalash mumkin. Bunday holatda genetozigotali avlod gomozigotali ota-ona organizmdan yashovchan, moslashuvchan bo’ladi.
Albatta, bunday holatda fenotipik belgi tashqi ko’rinishda farq qiluvchi xos xususiyatga ega bo’lmaydi, balki organizm ichidagi biokimyoviy o’ziga xoslik bilan farqlanadi.
O’ta dominantlikka bezgak bilan zararlanish ehtimoli yuqori bo’lgan hududlarda yashovchi odamlar populyatsiyasidagi o’roqsimon hujayrali anemiya gen alleli chastotasining yuqori bo’lishi misol bo’la oladi. Ushbu genning mutant alleli organizmni bezgakdan himoya qilish xususiyatiga ega. Anemiya bo’yicha sog’ allelga ega gomozigota odam bezgakka chalinadi va halok bo’ladi. Anemiya bo’yicha kasal allelga ega gomozigota odam esa anemiyacha chalinib halok bo’ladi. Ushbu gen bo’yicha geterozigotali organizm o’roqsimon hujayrali anemiya bilan og’rimaydi, shu bilan birga uning eritrotsitlari bezgak parazitiga qarshi himoyaga ega bo’ladi.
O’ta dominantlik holatini tushuntirish uchun populyatsion genetik Jon Gillespi modelidan foydalaniladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling