Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10
Download 2.84 Mb.
|
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars bosqichlari Vaqt
- VIII.Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism : a)
- IX.Yangimavzubayoni
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar. VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska. VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut: Darsning texnologik xaritasi:
VIII.Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi 2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. IX.Yangimavzubayoni: Inson salomatligini saqlash, mustahkamlash va irsiy kasalliklarning oldini olishda genetika fanining tarmog‘i - odam genetikasi muhim o‘rin tutadi. Odam Homo sapiens turiga mansub bo‘lib, biologik nazariyalarga ko‘ra u organik olamning tarkibiy qismi va uzoq davom etgan evolutsiya jarayoni mahsuli. Shu sababli ham tirik organizmlarga qo‘llaniladigan umumbiologik qonuniyatlar odam irsiyatini o‘rganishda qo‘llaniladi. Insonning shakllanishida uning organik olam shajarasining yuqori pog‘onasini egallashiga umumgenetik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Odam ijtimoiy muhitda yashaganligi sababli, ularda oliy nerv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlar - aql, idrok, qobiliyat, nutq, mehnat qilish kabi xususiyatlar paydo bo‘lgan. Odam genetikasini o‘rganishda genetikaning duragaylash metodini qo‘llab bo‘lmaydi. Oilada farzandlar sonining kamligi belgi va xossalarning irsiylanishning xilma- xilligini aniqlash imkonini bermaydi, shu sababli odam irsiyati geneologik, sitogenetik, immunologik, biokimyoviy va populatsion statistik metodlar yordamida o‘rganiladi. Odamgenetikasiinsonsalomatliginimustahkamlashdaamaliyahamiyatgaega, odamdagiirsiyatvao‘zgaruvchanlikqonuniyatlarinimolekula, hujayra, organizmvapopulatsiyadarajalaridao‘rganib, belgivaxususiyatlariningnormalvapatologikholatidagiirsiylanishivao‘zgarishiningqonuniyatlarinikashfetadi. Barcha tirik organizmlar kabi odam irsiyatida ham mutatsion o‘z- garuvchanlik ro‘y beradi. Mutatsiyalarning odam organizmi va hayotiy jarayonlariga ko‘rsatgan ta’siriga ko‘ra foydali, zararli, neytral, letal, yarim letal turlarga ajratiladi. Keyingi yillarda o‘rta yoshdagi odamlarning 70% ida tasodifiy irsiy o‘zgaruvchanlik - mutatsiyalarning ko‘p uchrashi aniqlangan. Mazkur mutatsiyalar jiddiy irsiy o‘zgaruvchanlik, inson hayotining davomiyligini cheklovchi, shuningdek, hayot va ish faoliyatiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadigan kasalliklarni vujudga keltiradi. Bugungi kundagi asosiy muammolardan biri inson genofondini saqlash orqali salomatlikni mustahkamlash sanaladi. Shajaratuzish (geneologik) metodidanodamningnormalvakasallikbelgi-xususiyatlariningsabablarinio‘rganishmaqsadidamumkinqadarko‘proqavlodlariningnasl-nasabihaqidama’lumotto‘plash, tahlilqilishdafoydalaniladi. Mazkur metod yordamida insonning ko‘pgina belgilari, jumladan, gen kasalliklarining nasldan naslga o‘tish qonuniyatlarini aniqlash mumkin bo‘ladi. Shajara tuzish (geneologik) metodi yordamida odamdagi qobiliyat, iste’dod va boshqa fazilatlarning rivojlanishi irsiy omillarga bog‘liq ekanligi geneologik usul bilan aniqlangan. Masalan, musiqa, matematikaga bo‘lgan iste’dod va qobiliyatlar. Shajara tuzishda o‘ziga xos ramziy belgilardan foydalaniladi .
Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling