Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10
Download 2.84 Mb.
|
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Restriktazalar.
Polimerazalar. Gen muhandisligi keng qo‘llaniladigan fermentlardan biri DNK polimeraza fermenti bo‘lib, bu ferment birinchi marta 1958-yilda Korenberg va uning hamkorlari tomonidan Esherichia coli (ichak tayoqchasi bakteriyasi)dan ajratib olingan DNK polimeraza komplementar nukleotidlarni biriktirish yo‘li bilan DNK zanjiri reduplikatsiya jarayonida ishtirok etadi.
DNK polimeraza gen muhandisligida yangi DNK molekulalarini sintez- lashda qo‘llaniladi. Viruslarni o‘rganish jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ayrim viruslarning genomi bitta RNK zanjirdan iborat bo‘lib, hujayra ichida rivojlanayotganda o‘z genomini ikki zanjirli DNK ko‘rinishiga o‘tkazib, xo‘jayin hujayra genomiga kiritadi. RNK matritsa asosida komplementar DNK sintezlay oladigan virusning maxsus fermenti, ya’ni teskari transkriptaza yoki revertaza deb nomlanuvchi maxsus ferment ajratib olingan. Revertazalar matritsa RNKga komplementar DNK zanjirini sintezlay oladi. Revertazalar yordamida MRNKning DNK nusxalarini olish mumkin. Ligazalar. Rekombinatsiya jarayoni DNKni bo‘laklarga ajratish va ularni ulashdan iborat ekanligini ko‘rsatdi. Qo‘shni nukleotidlar orasidagi fosfodiefir bog‘larini tiklash orqali DNK bo‘laklarini bog‘lash vazifasini bajaruvchi ferment DNK ligaza deb ataladi. Ligaza yordamida DNKning har qanday bo‘lagining «yopishqoq uchli» yoki «to‘mtoq uchli» qismlari biriktiriladi. Bu eng ko‘p qo‘llaniladigan fermentlardan biridir. Restriktazalar. Gen muhandisligida foydaliligi nuqtayi nazaridan maxsus endonukleazalar alohida guruhni tashkil etadi. Tabiatda biror mikroorganizm hujayrasiga tashqaridan yot genetik material kirsa, u darhol hujayra nukleaza fermentlari ishtirokida parchalab tashlanadi. Genlar ustida bevosita muolajalar o‘tkazish usullarining takomillashtirilishi restriksion endonukleazalar (restrik- tazalar)ning ochilishi bilan bog‘liqdir. Esherichia coli (E.coli)ning alohida shtammi DNKsi boshqa shtamm hujayrasiga kiritilganda, odatda, genetik faollik ko‘rsata olmaydi. Chunki u maxsus fermentlar-restriktazalar bilan tezda bo‘laklarga bo‘lib yuboriladi. Hozirgi vaqtda turli xil mikroorganizmlardan har xil restriktazalar ajratib olingan. RestriktazalarendonukleazalarningDNKnimuayyanmaxsusketma- ketliklarirestriksiyasaytlari (nuqtalari)nitanibkesadigan, gidrolizqiladiganguruhihisoblanadi. YotDNKniparchalaydiganharqandayrestriktazafermentiDNKnio‘zigamos 4-6 tanukleotidketma-ketliginitanibkesadi, natijadato‘mtoqyokiyopishqoquchlibirnechtaDNKbo‘laklarihosilbo‘ladi. YopishqoquchliDNKbo‘laklariningqo‘shzanjiribirnechanukleotidgasilji- ganholdabo‘laklargaajraladi. Xuddi shunday bo‘laklar o‘zaro komplementar juftlar hosil qilib, birikish xususiyatiga ega. Olingan DNK bo‘lagini plazmida yoki bakteriya virusiga kiritish mumkin. Restriktazalarni nomlashda ferment ajratib olingan bakteriya turining lotincha nomini bosh harflari va qo‘shimcha belgilaridan foydalaniladi. Chunki bir turdagi bakteriyalardan bir necha xil restriktazalar ajratib olingan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga qo‘sh zanjir DNK molekulasini «yopishqoq» uchlar hosil qilib kesuvchi restriktazalar (EcoRI), «to‘mtoq» uchlar hosil qilib kesuvchi restriktazalar (Hpal) ham mavjud. Restriktazalar hosil qilgan «yopishqoq» uchlardan foydalanib, har xil DNK bo‘laklarini bir-biriga bog‘lash soddalashadi. Ana shu xususiyati tufayli bu xil restriktazalar gen muhandisligida keng qo‘llaniladi. RestriktazafermentlariningochilishiDNKmolekulasinibo‘laklargabo‘lib, elektroforezqurilmasidao‘taaniqlikbilanbir-biridanajratibolishimkoniniberdi. Bu usulda ajratib olingan DNK bo‘laklaridan gen muhandisligida foydalaniladi. Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling