Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10
Download 2.84 Mb.
|
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tur muammosi
- «Tur» atamasini
- Morfologikmezon
Populatsiya shu turning boshqa populatsiyalaridan ayrim belgi va xossalari bilan farq qiladigan, nisbatan alohidalashgan tizimdir. Har bir tur tabiatda ma’lum maydonni ishg‘ol qiladi va bu maydon turning areali deyiladi. Odatda turning areali katta maydondan iborat bo‘ladi. Shu sababli tur arealining turli qismlarida yashash muhiti turlicha bo‘ladi. Arealning turli qismlarida yashovchi individlar bir turga kirsa ham o‘z xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Demak, har qanday tur bir-biridan ozmi-ko‘pmi tafovut qilgan individlardan tarkib topgan. Shuning uchun har qanday biologik tur politipik hisoblanadi. Politipik turlar bir-biridan nisbatan alohidalashgan, erkin chatishib nasl beradigan kenja turlar va populatsiyalardan tashkil topadi. Tor arealda yashovchi turlarga nisbatan keng arealda yashovchi turlar politipik sanaladi. Chunki areal qanchalik keng bo‘lsa, areal chekkalaridagi muhit o‘rtasida tafovut ko‘p bo‘ladi.
Tur muammosi evolutsion ta’limotda markaziy o‘rinda turadi. Tabiatda mavjud xilma-xil o‘simlik, hayvonlarni tizimga solishda, ya’ni klassifi- katsiyalashda tur tushunchasi sistematik birlik sifatida qo‘llaniladi. «Tur» atamasini sistematik birlik sifatida fanga birinchi marta ingliz botanigi Djon Rey kiritgan. Tur haqida ko‘plab olimlar turlicha fikr bildirganlar. K. Linney tabiatda turning real mavjudligini tan olgan, lekin tur o‘zgarmas deb hisoblagan. J. B. Lamark turning realligini tan olmagan holda tabiatda faqat individlar mavjud deb hisoblagan. Ch. Darvinning fikriga ko‘ra, tabiatda turlar paydo bo‘ladi, yo‘qoladi, o‘zgaradi, bir tur yangi turning paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi. Turga berilgan ta’rifning ijobiy tomoni shundaki, u o‘zaro chatishib ko‘payadigan alohida organizmlar majmuasini tur sifatida talqin qiladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, hamma organizmlar ham jinsiy yo‘l bilan ko‘payavermaydilar. Tabiatda jinssiz yo‘l bilan ham ko‘payadigan organizmlar mavjud. Bundan tashqari qadimgi eralarda yashab qirilib ketgan turlar bor. Bulardan ma’lum bo‘ladiki, barcha turlarining o‘ziga xos belgi-xossalarini qamrab olgan tur ta’rifi biologiya fanida hali yaratilmagan. Shuning uchun amaliyotda organizm turlarini bir-biridan farqlashda tur mezonlaridan foydalaniladi. Turlar ko‘p belgilari bilan bir-birlari bilan farq qiladi. Tur uchun xos bo‘lgan belgi-xossalar yig‘indisi tur mezonlari deb ataladi. Morfologikmezon. Morfologikmezonbirturgakiruvchiindividlarningtashqivaichkituzilishiningo‘xshashliginiifodalaydi. Qora qarg‘a va ola qarg‘a, karam kapalagi va qichitqio‘t kapalagi har xil turlarga mansub (75-rasm). 30-rasm. 31-rasm. 1 - tojdor chittak; 2 - katta 1 - karam kapalagi; 2 - qichitqio‘t kapalagi. chittak; 3 - lazorevka chittagi;4moskovka chittagi. Ularni siz morfologik xususiyatlari asosida farqlay olasiz. Chittaklar oilasiga mansub turlarni ham morfologik mezon asosida aniqlash mumkin (30-rasm). Bir turga mansub erkak va urg‘ochi jinsli organizmlar o‘rtasidagi jinsiy dimorfizm hodisasini ko‘rish mumkin (31-rasm). Shu bilan bir qatorda morfologik jihatdan bir-biriga juda o‘xshash, lekin o‘zaro chatishmaydigan turlar ham uchraydi. Ular qiyofadosh turlar deyiladi. Chunonchi, drozofilada 2 ta, bezgak chivinida va qora kalamushda ham 2 ta qiyofadosh turlar ma’lum. Qiyofadosh turlar suvda hamda quruqlikda yashovchilar, reptiliyalar, qushlar, hatto sutemizuvchilarda ham aniqlangan. Morfologik mezon turlarni aniqlashda uzoq vaqt asosiy va yagona o‘lchov hisoblangan. Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling