Dars mavzusi: Suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfi


Download 102.5 Kb.
Sana08.02.2023
Hajmi102.5 Kb.
#1176457
Bog'liq
Baqaning-tuzilishi1


Dars mavzusi: Suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfi. Baqaning tashqi tuzilishi va skeleti.
Darsning ta'limiy maqsadi: O'quvchilarni suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining umumiy tavsifi, baqaning tashqi tuzilishi va skeleti bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O'quvchilarni baqalarning suvda ham quruqlikda yashashga moslashishini tushuntirish orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ekologik tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O'quvchilarning tirik organizmlarning xilma-xilligi, yashash muhitiga moslashish belgilari haqidagi bilimlari darslik ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi (komandada o'qitish metodi).
Darsning borishi:
I. Tashkiiiy qism.
II. O'tgan mavzu yuzasidan o'quvchilarbilimlarini test savollari yordamida
aniqlash va baholash.
III. O'quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va
ularning faoliyatini o'quv topshiriqlarini bajarishga yo'llash.
IV. Yangi mavzuni o'rganish:
a) o'quvchilarni komandaga ajratib bir necha kichik guruhlarni tashkil etish lamda, har bir komanda a'zolari tomonidan belgilangan o'quv topshiriqlarini nustaqil ravishda sifatli bajarilishiga erishish;
Topshiriqning didaktik maqsadi: Suvda ham quruqlikda yashovchilarning jmumiy tavsifi, baqaning yashash muhiti, hayot kechirishi, tashqi tuzilishi va ikeleti bilan tanishish.


N


O'quvchlar o’zlashtirishi lozim bo'lgan o'quv materialiga oid topshiriqlar

Topshiriqlarni bajarish bo'yicha ko'rsatmalar

1
2

Darslikdagi matnni diqqat bilan o'qing va quyidagi savollarga javob tayyorlang.
Suvda ham quruqlikda yashovchilarning umumiy tavsifini o'rganing. Baqaning yashash muhiti va hayot tarzidagi o'ziga xoslikni toping.

O'quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang

3

4
5

6
7.

8.


Baqaning tashqi tuzilishini o'rganing.Undagi o'ziga xoslikni tushuntiring.
Baqa quruqlikda va suvda qanday harakatlanadi?
Baqa skeletini baliq skeleti bilan taqqoslang, O'xshashlik va farqlarni aniqlang.
Bosh skeletidagi o'ziga xoslikni aniqlang.
Oldingi va orqa oyoqlari, chanoq suyagining tuzilishini o'rganing.
Baqalarda qaysi muskullar kuchli rivojlangan?

O'quvchilar guruhi
bilan o'tkaziladigan
savol-javobda faol
ishtirok eting.

9. O'zlashtirgan bilimlaringiz asosida, darslik va rasmlardan foydalanib quyidagi jadvalni to'ldiring.
Baqa skeletining tuzilishi va funksiyasi (bo'yalmagan qismini o'quvchilar to'ldiradi)

Skelet bo'limlari

Suyaklari та tuzllash xususiyallari

Funksiyasi


l.Bosh
2. Umurtqa pog'onasi
3.Oldingi oyoq
4.Yelka kamari
5.Orqa oyoq
kamari
6.Orqa oyoq

Miya qutisi, jag' suyaklari 9 ta umurtqalar
Kurak, o'mrov, to'sh, ko'krak-tirgak
Yelka, bilak, panja
Umurtqa pog'onasi bilan birikkan chanoq
Son, boldir, tovon

Bosh miyani himoya qilish, oziqlanish
Orqa miyani himoya qilish, organlar uchun tayanch Oidingi oyoq suyaklari uchun
Tayanch Harakatlanish
Orqa oyoqlar uchun tayanch Harakatlanish

b) o'quv materialini yaxlit holda qayta ishlab chiqilishini amalga oshirish.


V. Yangi mavzu yuzasidan komandalar o'rtasida savol-javob, o'quv bahsi
uyushtirish.
VI. O'quvchilar bilimini test savollari yordamida o'z-o'zini nazorat qilish va
baholash.
VII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
VIII. Uyga vazifa berish.



Download 102.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling