Innovatsion menejment” fanidan “Korxonalarning innovatsion faoliyatida xodimlarni boshqarish yo’llari
Download 81.49 Kb.
|
108-Назаров М. ИМ курс иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi rahbar i
- KIRISH……………………………………………………………….
- ASOSIY QISM……………………………………………………….
- Xulosa…………………………………………………………………
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI “MUXANDISLIKTEXNOLOGIYALAR” fakulteti “SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI” kafedrasi “INNOVATSION MENEJMENT” fanidan “Korxonalarning innovatsion faoliyatida xodimlarni boshqarish yo’llari” mavzuidagi KURS ISHI Kurs ishi rahbari: kat.oʻq. Urmanova D.T. Bajardi: 4-kurs 108-19(KB) guruh talabasi Nazarov M.I. TOSHKENT - 2022 MUNDARIJA bet
KIRISH Mamlakatimizdagi ijobiy ozgarishlar dunyo hamjamiyatida O‘zbekistonga bolgan qiziqishni oshirib, uning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yoliga otmoqdamiz. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yilga yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab - quvvatlash yili‖ deb nom berish taklif etildi. Innovatsion goyalar va yondashuvlar asosida buyuk kelajakni barpo etish jahondagi rivojlangan davlatlarda oʻz isbotini topgan. Demak, biz ham shu yoʻlni tutishimiz natijasida vatanimizning buyuk kelajagini mustahkamlaymiz. Ma‘lumki, 2017 yil 7 fevralda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mizriyoev “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi. Mazkur Farmon bilan tasdiqlangan “Harakatlar strategiyasi”da mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlar va ulardagi amalga oshirilishi nazarda tutilgan vazifalar hamda chora-tadbirlarning ijrosi orqali salmoqli natigalarga erishildi. Darhaqiqat, 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi va uning natijasida innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni tashkil qilish sohasida muhim qadam bo‘lib, ushbu yo‘nalishda salmoqli ishlarni amalga oshirishga xizmat qildi. Xususan, vazirlikning bevosita ko‘magi bilan 2018-2021 yillarda 342 ta ilmiy ishlanmalar tijoratlashtirildi. Natijada 151,2 milliard so‘mlik yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarildi, 128,7 milliard so‘mlik yangi turdagi mahsulotlar sotildi. Yana shuni ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, dunyo mamlakatlarining innovatsion rivojlanish tendensiyalarini belgilovchi Global innovatsiyalar indeksining 2021 yilgi natijalarida O‘zbekiston 132 mamlakat orasida 86-o‘rinni egalladi. O‘zbekistonning reytingdagi mavqei o‘tgan yilga nisbatan 7 pog‘onaga, 2015 yilga nisbatan esa 46 pog‘onaga oshdi. Bu haqiqatan ham muhim yutuqdir. Jumladan, Prezidentimiz mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirish va rivojlangan davlat qatoriga qoʻshish maqsadida 2022 yil 28 yanvarida "2022-2026 yillarga mshljallangan Oʻzbekistonning taraqqyot strategiyasi toʻgʻrisida"gi PF-60-sonli Prezident Farmonini qabul qildi. Mazkur Farmonda“Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili ilgari surilib, unda 7 ta ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi. Oʻzbekistonda innovatsion faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va rivojlantirish maqsadida 2020 yil 24 iyulda “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida” 630-sonli Qonun qabul qiindi. Mazkur Qonun 6 ta bob va 39 moddadan iborat boʻlib, unda innovatsion faoliyatga doir asosiy tushunchalar, prinsiplar, davlat tomonidan tartibga solinishi, innovatsion faoliyatni amalga oshirish, innovatsion infratuzilma, innovatsion faoliyatni moliyalashtirish, innovatsion faoliyat sohasidagi xalqaro hamkorlik, nizolarni hal etish yoʻllari va ushbu qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. Mamlakatimiz korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish, uning samaradorligini xalqaro standartlar darajasida baholashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish, ushbu faoliyatni qo‘llab- quvvatlash mexanizmini yanada takomillashtirish zarurati, iqtisodiy o‘sish innovatsiyaga bog‘liq ekan, bunda yangi ilmiy bilimlarni yaratishning tadqiqiy jarayoni modellari va yangi intellektual mahsulotlarning paydo bo‘lishi mustahkam o‘rin egallaydi. Shu nuqtai nazardan, korxonalarning innovatsion faoliyatida xodimlarni boshqarish yo’llari boʻyicha kurs ishini bajarish maqsadga mufoviqdir. Kur ishining dolzarbligi korxonaning innovatsion faoliyatida xodimlarni boshqarish yoʻllarini oʻrganish asosida majud muammolarni hal etish yoʻllarini shakllantirish bilan belgilanadi. Kur ishining maqsadi – korxonaning innovatsion faoliyatini tashkil etishda xodimlarni jalb etish, ish rejimini samarali tanlash va ularni boshqarish yoʻllarini tadqiq etishdir. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda, kur ishida quyidagi vazifalarni bajarish belgilanadi: korxonada innovatsion faoliyatni tashkil etish yoʻllarini izohlash; korxonada innovatsion faoliyatga kadrlarni jalb etishni samarali rejalashtirishni bayon etish; korxonaning innovatsion faolitiyada ish rejimi va guruhlarni tashkil etish yoʻllarini bayon etish; korxonalarning innovatsion faoliyatida xodimlarni boshqarish yo’llari boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Kurs ishini bajarishda o‘quv adabiyotlardan, Prezident ma’ruzalaridan, mavzuga doir qonunchilik bazasidan va Internet materiallaridan foydalaniladi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan tashkil topadi. Download 81.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling