Innovatsion menejment” fanidan “Korxonalarning innovatsion faoliyatida xodimlarni boshqarish yo’llari


Korxonaning innovatsion faolitiyada ish rejimi va guruhlarni


Download 81.49 Kb.
bet8/11
Sana18.06.2023
Hajmi81.49 Kb.
#1576868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
108-Назаров М. ИМ курс иши

3. Korxonaning innovatsion faolitiyada ish rejimi va guruhlarni
tashkil etish
Korxonaning innovatsion faolitiyadagi xodimlar tarkibini muhandislar, texniklar va laborantlar tashkil etadi. Innovatsion faolitidagi xodimlarning ish rejimi universal bo’lmasligi mumkin. Har bir innovatsion faoliyat uchun ish grafigini joriy etishda nafaqat mutaxassislarning bajaradigan ishining xarakteriga, balki iqtisodiy samaraga (isitish, yoritish, tadqiqot o’tkaziladigan joyni ijaraga olish, xodimlarni ovqatlantirish, jihoz va uskunalarga sarf qilinadigan xarajatlarning ko’payib ketmasligiga), texnik imkoniyatlar(telefon, faks, personal kompyuterlar bilan ta’minlanish darajasi)ga katta e’tibor beriladi.
Odatda, innovatsion faoliyatidagi xodimlar 5 kun ishlaydi. Haftada esa ish kuni 40 soatni tashkil etadi. Biroq bu ish rejimining qator afzalliklariga qaramasdan kamchiliklari ham mavjud. Xodimlar ko’pincha ishga kelishdan oldin ruhiy zarbalarga duch kelishi, ishga kechikishi, boshliqlar va xodimlar o’rtasida nizo paydo bo’lishi mumkin. Odatda innovatsion faoliyatda egiluvchan ish rejimi, qisqartirilgan ish haftasi, qisman bandlik kabi ish rejimlari mavjud.
Egiluvchan ish rejimida - xodimning ishga kelib ketish vaqti ma’lum chegarada rahbariyat tomonidan o’rnatiladi va tasdiqlanadi.
Qisqartirilgan ish haftasida - xodim haftada belgilangan ish soatlarini har xil kunlarda ishlab beradi. Masalan, odatda soatlar sonini xodim 5 kun davomida emas, 4 kunda (har kuni 10 soatdan) yoki 3 kunda har kuni 12 soatdan ishlab beradi.
Qisman bandlik – bajariladigan vazifalarni kamroq vaqtda amalga oshirish ko’zda tutiladi. Ilmiy tashkilotlarda egiluvchan ish rejimi eng ko’p tarqalgan ish rejimidir. U har xil usullar yordamida o’rnatiladi, ya’ni: belgilangan kundalik ish vaqti; ish soatlari davomiyligining o’zgarishi; umumiy ish vaqti belgilangan bo’lib, bu vaqt rahbar tomonidan o’rnatilgan bo’lib, barcha xodimlar o’rnatilgan ish vaqtida ish joyida bo’lishlari kerak.
Ish rejimining egiluvchanlik darajasiga qarab turli turlarga ajratish mumkin. Quyidagi ish rejimlarining barchasi amaliyotda qo’llaniladi. Egiluvchan sikl – bunda xodimlar tomonidan ish vaqtining boshlanishi va tugallanishi tanlab olinadi, hamda shu jadval bo’yicha belgilangan vaqt oralig’i ham kelishib olinadi.O’zgaruvchan ish rejimida ish vaqtini boshlanishi va tugallanishini o’zgartirishga ruxsat beriladi, shu bilan birga xodim kunda to’liq 8 soat ishlashi kerak.O’zgaruvchan kun rejimida ish kunning vaqt davomiyligini o’zgartirishga ruxsat beriladi (masalan, bir kunda 10 soat, boshqa kun 6 soat, umuman bir haftada ish davomiyligi 40 soatni yoki bir oyda 160 soatni tashkil etish kerak).
Innovatsion faoliyatda qat’iy belgilangan ish rejimi va egiluvchan joylanishdan foydalaniladi. Qat’iy belgilangan ish rejimi – xodimlarning umumiy ish vaqtida bo’lishini taqozo etadi. Masalan, barcha xodimlar ertalab soat 9 dan 17 gacha ishda bo’lishlari kerak. Egiluvchan joylanish – faqat soatlarni o’zgartirmasdan ish joyini o’zgartirishni ko’zda tutadi. Masalan, uyda, kutubxonada, filiallarda, tadqiqot obyektlarida va h.k. Bu turdagi ish rejimlarini amaliyotda istiqbolli deb tan olingan, chunki bunda ilmiy xodim bosh ofis bilan elektron qurilma yordamida bevosita bog’lanadi.
Innovatsion faoliyatda optimal ish rejimini tanlash xodimlar uchun ish vaqtidan samarali foydalanish imkonini beradi. Xodimlarga ortiqcha ish yuklatilishining uchta sababi bo’lishi mumkin: boshqaruvdagi xatoliklarga yo’l qo’yish; innovatsion faoliyatdagi ustuvorlikni noto’g’ri tanlash; xodimlarning kundalik hayotida ortiqcha tashvishlar bilan band bo’lishi.Ish vaqtidan foydalanishni optimizatsiyalashda Pareto va Eyzenxauer prinsipini qo’llash katta ahamiyatga egadir. 1897 yil italyan iqtisodchisi V.Pareto moddiy mablag’larining notekis taqsimlanishini ko’rsatuvchi daromad taqsimoti qonunini kashf etdi. Aksariyat hollarda daromadning eng ko’p qismi yoki moddiy mablag’ kam sonli odamlarga tegishli bo’ladi. Pareto prinsipini ish vaqtini rejalashtirishda ham qo’llash mumkin. Bu yerda asosiy e’tiborni muhim faoliyatga qaratish kutiladigan natijaga erishishda muhim rol o’ynaydi. Bundan vaqtning 20% ini eng muhim muammolarni hal etishga, 80%ini esa natijaga erishishga qaratish kerak degan g’oya ilgari suriladi. Shu 80% vaqt sarfi 20% vaqt ajratilgan muammolarni hal etishda ham natijaga erishishini ta’minlaydi. Vazifalarning muhimligini aniqlashda Eyzenxaur prinsipini qo’llash mumkin. U vazifalarning muhimligi va bajarish tezligiga qarab, A,B,S kabi uch guruh ajratgan. “A- vazifalar” – juda muhim va tezkor, darhol bajarilishi lozim. “B – vazifalar” – muhim, tezkor emas, lekin uni bajarish muddati aniqlangan bo’ladi. “S – vazifalar” – muhim emas, lekin bajarishni tezkor taqsimlash orqali bajariladi.
Yuqorida qayd etilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda turli mutaxassis xodimlar o’rtasida optimal nisbatni aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Optimal nisbat shunday bo’lishi kerakki, innovatsion faoliyatdagi xodim funksiyasiga oid bo’lmagan vazifalarni bajarmasligi lozim.
Innovatsion faoliyatdagi ilmiy tadqiqot yo’nalishiga mos guruhlarning tashkil etilishi katta ahamiyatga egadir. Bunday guruhlarda xodimlarning birlashuvi qator vazifalarni hal etish imkonini beradi: ijodiy potensialdan maksimal foydalanish; boshqarish jarayoniga malakali xodimlarni jalb etish; xodimlarning mas’uliyatini yuqori darajaga ko’tarish; malakani oshirish va h.k. Quyidagi guruhlarni alohida ajratish mumkin: Rahbarlar guruhi – rahbarlar va ularga bevosita bo’ysunuvchilardan tashkil topgan bo’ladi. Qo’mitalar – tashkilot bo’linmalari bo’lib, qaysidir topshiriqni yoki vazifani bajarishga vakillik huquqi berilgan bo’ladi. Ularni ba’zida komissiya yoki maslahatchilar ham deb atashadi. Maqsadli guruhlar – bir topshiriqni bajaruvchi mutaxassislar va ishchilardan (vaqtinchalik ilmiy jamoa, sifat nazorati guruhi, dasturlash guruhi va boshqalar) tashkil topgan bo’lishi mumkin.
Korxonaning innovatsion faoliyatida tadqiqotni bajarish bo’yicha maqsadli guruhlarda murakkab maqsadlarni amalga oshirish asosida shakllangan vazifalar bajariladi va bu faoliyat vaqtinchalik xarakterga egadir. Guruhning samaradorligiga uning hajmi, tarkibi, guruh me’yori, o’zaro munosabat, guruh a’zolarining funksional o’rni kabi omillar ta’sir etadi. Maqsadli guruhni tashkil etishdan oldin (vaqtinchalik guruhni) morfologik tahlil o’tkazish maqsadga muvofiq. Buning natijasida guruh oldiga qo’yilgan umumiy vazifa qator kichik vazifalarga ajratiladi va ularning muqobil yechim imkoniyatlari paydo bo’ladi. Har bir kichik vazifa bajarilish bo’yicha bosqichlarga ajratiladi. Chunki ijrochi jamoa ushbu vazifalarni bajarishdagi xususiyatlar bo’yicha tashkil etiladi. Ishni bajarish jarayonida har bir ish tasnifiga ko’ra aniq potensial ijrochisi aniqlanadi. Bundan tashqari, ishni bajaruvchilar barcha imkoniyatlar haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lishlari kerak. Yangiliklar yaratishdagi jarayonlarda vaqtinchalik tashkiliy struktura tuzish zaruriyati uchun ishtirok etuvchi kadr xizmatini ajratish yangi yo’nalish hisoblanadi. Bu kadrlar xizmati vaqtinchalik xarakterga ega bo’lib, loyihani amalga oshirish bosqichlariga mos ravishda bir bo’linmadan ikkinchi bo’linmaga o’tishi mumkin. Bu guruh rahbari har bir kichik vazifani bajaruvchilar sonini aniqlaydi. Bunda har bir bajaruvchi ishning ikki yoki uch bosqichini bajaradi. Maqsadli guruhlar tavsiya etgan g’oyalarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish jarayonida, ba’zida loyiha guruhlar tashkil etishi mumkin. Bu guruhlar ish hajmi va uni bajaruvchilar sonining ko’pligi bilan farq qilishi mumkin. Har qanday maqsadli guruhga potensial imkoniyatga ega bo’lgan mutaxassislar tanlanadi. Hatto berilgan vazifani bajarishga tayyorgarlik va uni bajarish darajasi bo’yicha ham kadrlar farqlanadi. Shuning uchun bunday guruhlarni tashkil etish iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion faoliyatni tashkil etish, amalga oshirish va o’zlashtirishda katta ahamiyatga egadir.



Download 81.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling