Sana: 19/09/2022 Mavzu: Kichik Vatan Mashg’ulotning maqsad va vazifalari Maqsadlar: Ta'limiy
Download 0.63 Mb.
|
Sana
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlantiruvchi
- Mashg`ulotning turi
- II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
- III. Yangi mavzu bayoni: Muallif haqida
Sana:19/09/2022 Mavzu: Kichik Vatan Mashg’ulotning maqsad va vazifalari Maqsadlar: Ta'limiy: O'quvchilarning to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish, lug'at boyligini oshirish. Tarbiyaviy: Vatanning o'tmishi, shu Vatanda yashagan, uni e'zozlagan buyuk insonlar haqida ma'lumot berish orqali vatanni muqaddas bilish va u bilan faxrlanish hissini, Vatanga muhabbatni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Vatanparvarlik tuyg'ularini rivojlantirish, e'tiqodni IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.Ravon to'g'ri, ifodali o'qish malakalarini rivojlantirish, Lug'at boyligini rivojlantirish. TK:O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olishi yaxshi fazil;atli bo’lish FK: Adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari maktab kutubxonasidan foydalana oladi, kichik hajmdagi 5 ta she’rni yoddan aytib bera oladi. Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: o’rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi Mashg`ulotning turi: Yangi bilim beruvchi Mashg`ulot. Mashg`ulotning metodi: suhbat, tanishtirish, ko’rgazmali, mustaqil ish, amaliy ishlar, sayr sayohat. Mashg`ulotning jihozi: Mavzuga doir suratlar. Mashg’ulotning borishi. I.Tashkiliy qism: Salomlashish; Davomatni aniqlash; Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish; Mashg’ulotning maqsadini aytish II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. 1. Mustaqillik nima degani? 2. Nima uchun 1991-yilning 31-avgusti Vatanimiz tarixi sahifalariga oltin harflar bilan yozildi? 3. Mustaqillik tufayli Vatanimiz nimalarga ega bo‘ldi? Matnni 3-4 o’quvchiga so’zlataman. III. Yangi mavzu bayoni: Muallif haqida:Ashurali Joʻrayev 1956 yil 8 avgustda Navoiy viloyati Karmana tumani, Jaloyir qishlogʻida ishchi oilasida tugʻildi. Bobur nomidagi oʻrta maktabni bitirgach, ikki yil davomida Toshkent Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodida yigʻuvchi-slesar boʻlib ishladi. 1974–78 yillarda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat Madaniyat (hozirgi Toshkent davlat Sanʼat va madaniyat) institutining kutubxonashunoslik fakultetida, shuningdek, institut qoshidagi umumiy-ijtimoiy fakultetning jurnalistika boʻlimida ham tahsil oldi. A. Joʻrayev oʻqish bilan birga, 1976 yildan Toshkent texnologiya bilim yurtida kechki tarbiyachi boʻlib xizmat qildi. 1983–1996 yillarda “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida boʻlim mudiri lavozimida ishladi. Gazetada uning oʻsha davrdagi ekologik fojialar haqidagi koʻplab maqolalari eʼlon qilindi. Ayniqsa, uning oʻzbek teatri, kino va musiqa sanʼati haqida yozgan maqola va ocherklari, tanqidiy chiqishlari va suhbatlari mutaxassislar tomonidan eʼtirof etilib, oʻquvchilar tiliga tushdi. Shundan soʻng masʼul lavozimlarda xizmat qildi, “Mushtum” jurnali va “Afandi” gazetasida (1997–2007), “Gulxan” jurnalida (2007–2013) bosh muharrir vazifalarida ishladi. 2013 yil 1 apreldan buyon “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling